FARGʻONA HAQIQATI
«FARGʻONA HAQIQATI» — Fargʻona viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 1917-y. okt. dan Qoʻqon shaqrida «El bayrogʻi» nomi bilan nashr etila boshlagan. Keyinchalik «Mehnat bayrogʻi» (1918 — 22), «Fargʻona» (1922—26), «Yangi Fargʻona» (1926 — 32), «Kommuna» (1932—90), «Oltin vodiy» (1991—93) nomlari bilan chiqqan; 1993-y. noyabrdan hoz. nomda.
Ensiklopediya.uz
FARGʻONA HAQIQATI