FARGʻONA AZOT ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI
FARGʻONA «AZOT» ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI – davlataksiyadorlik kompaniyasi, kimyo sanoatining yirik korxonasi. «Oʻzkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Fargona viloyatidagi Qirgʻuli va Margʻilon t. y. styalari yaqinida joylashgan. Asosiy yoʻnalishi — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini ishlab chiqarish. Suyuq texnik ammiak, karbamid, ammiak selitrasi, sellyuloza diatsetati, sirka angidridi, natriy xlorat, magniy xlorat defoliantlari, quruq, muz, texnik kislorod, karbonat kislota va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1962-y. avg. da Fargona azotli oʻgʻitlar z-di nomi b-n ishga tushirilgan. 1964-y. da korxonada birinchi ammiak mahsuloti ishlab chiqarildi. 1965-y. dan ammiak suvi, texnik kislorod, magniy xlorat, 1967-y. dan kuchsiz azot kislotasi ishlab chikarila boshlandi. 1968-y. da korxonaning 2-navbati ishga tushirildi va mahsulotlar turi va hajmi koʻpaydi. 1994-y. dan davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. 1999—2002-y. ning 1 choragida defoliantlar i. ch. sexi qayta jihozlanib ishga tushirildi. Quyultirilmagan azot kislotasi va ammiak selitrasi sexlari Rossiya va Chexiyadan keltirilgan uskunalar bilan jihozlandi. Yangi zamonaviy ammiak agregatini qurish, karbamid i. ch. sexini qayta jihozlash va melamin sexini qurish ishlari davom etmokush (2004).
Ensiklopediya.uz
FARGʻONA AZOT ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI