Faoliyat va motivatsiya mavzusida referat to’liq malumot oling

Faoliyat va motivatsiya mavzusida referat to’liq malumot oling

                                     Faoliyat va motivatsiya
Mundarija скрыть
Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‘ylab olishga kiradi. Qanday harakat qilishni o‘ylayotgan inson qanday yo‘l tutadi? Qandaydir harakatning ro‘yobga chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Ularga qarab, o‘zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. YOki boshqa misol, ko‘p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, vaqtdan o‘zib, o‘sha hodisani bo‘lib o‘tganday tasavvur qiladi. Natijada o‘zini yuzida baxtli tabassum bilan o‘tirganini ko‘radi. Bu misollar insonning ichki faoliyatiga misol bo‘la oladi. U o‘zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat codir bo‘lish shakli bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar yordamida uyg‘otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o‘zining muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga oshirilishidan, real mahsulot o‘rniga g‘oyaviy natija hosil bo‘lishidan iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga o‘tkazilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‘zlashtirib olib, real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o‘yinida donalarning yurishi o‘zlashtirilib, ularning oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‘ylab olish imkoniyati tug‘iladi.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga — predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat — birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki — aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o‘zicha gapirishga o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvafikiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. SHu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so‘ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.[3]

REJA:

Faoliyatning haqida tushuncha.

Faoliyatning tuzilishi va turlari.

Motiv va motivatsiya tavsifi.

Motivlarning turlari.

Motivatsiya nazariyalari (A. Maslou, A.Adler, Z.Freyd)

TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Faoliyat — odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan  faollik.

Interiorizatsiya tashqi real ishdan ichki ideal ishga  o‘tish jarayoni.

Eksteriorizatsiya – oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni.

Harakat –  maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon.

Ehtiyoj –  tirik organizmlar faolligining boshlang‘ich shakli.

Maqsad – inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘lib, ehtiyojlarni amalga oshirilishi.

Motiv –  harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.

Odamning asosiy xususiyatlaridan biri uning mehnat qilish qobiliyatidir, mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo‘lib hisoblanadi

 

1.     Faoliyat haqida tushuncha

.

Faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. SHuningdek, u L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.YA. Galperin va boshqa ko‘pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.[2]

Faoliyat – bu sub’ektning olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning ob’ektda ifodalanishi, shuningdek, sub’ektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’ekt faolligining ifodalanish  shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini bildiradi.

Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan  faollik  sifatida ta’riflash mumkin.

Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi.

Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog‘liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo‘lib, moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi.[1]

Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi:

— faollikning ichki motivga ega shaklidir;

— inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk mahsulotning yaratilishi;

— insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;

— insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo‘ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi.

Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan,  «Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan.

Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi.

Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. YUqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. SHunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri.

Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin.

Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo‘yish va uni ushlab qolish ko‘rinishidagi ong aktini o‘z ichiga oladi.

Ikkinchi xususiyat: harakat – bu bir vaqtning o‘zida hulqatvor akti ham bo‘lib hisoblanadi .

Shunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi konsepsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko‘rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat.[2]

Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini «harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo‘ygan holda tasdiqlaydi. Faollik  va ta’sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelib chiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang‘ich nuqtasi tashqi muhitga yoki sub’ekt organizmiga joylashtirilishi lozim.

To‘rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy  va jismli dunyoga  «olib chiqadi».

Harakat doimo maqsad bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, harakat esa maqsadning amalga oshishini ta’minlaydi. Maqsadning xususiyati orqali harakat xususiyatini aniqlash mumkin. Inson maqsadlarini tahlil qilib, nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa keng hajmliligini keltirish mumkin.

Yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo‘linadi, ular ham o‘z o‘rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo‘linishi mumkin va h.k. SHunga mos ravishda har bir etarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning harakatlar tizimida turli darajalarga o‘tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar bilan telefon orqali bog‘lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo so‘zlashuv telefon tarmog‘iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz lozim va h.k. Kabinaga kirgandan so‘ng, abonent bilan bog‘lanishingiz kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi (III tartib): tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo‘ladi va h.k.

Muolaja – bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. Muolaja deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi. Masalan, ikkita ikki xonali sonlarni ko‘paytirish amalini xotirada va  misolni ustuncha shaklida yozgan holda echish mumkin.  Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal bo‘ladi.[1]

Qo‘llaniladigan muolajalarning xususiyati nimaga bog‘liq bo‘ladi? Avvalambor, ular harakat amalga oshiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Agar harakat maqsadning o‘ziga javob bersa, muolaja maqsad qo‘yilgan sharoitlarga javob beradi. Bunday sharoitlarga tashqi vaziyatlardan tashqari, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi.

Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad masala deb ataladi. Masala echish jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni ham, muolajalarni ham ko‘rsatish lozim.

Muolajalarning asosiy xossasi ularning kamroq anglanganligi yoki umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar ongli maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab beradigan harakatlardan tamomila farq qiladi.

Muolajalar ikki turga bo‘linadi: ba’zilari adaptatsiya, moslashish, bevosita taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlarni avtomatlashtirish vositasida paydo bo‘ladi. Birinchi turdagi muolajalar anglanmaydi, ularni ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil qilish mumkin emas. Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida joylashadi. Ular osongina dolzarb anglanuvchilarga aylanishi mumkin.[1]

Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to‘shaluvchi» muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo‘lgan ongli va anglanmagan faoliyatlar o‘rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo‘nalgan harakati muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o‘zgarishini anglatadi. CHegaralarning pastga harakatlanishi esa, aksincha, muolajalarning harakatga aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq  birliklarga bo‘linishini bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz.  Munozara vaqtida sizda yangi g‘oya tug‘ildi, va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan, mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz ko‘plab, ya’ni, aqliy, nutqli va h.k. muolajalar bilan ta’minlangan harakatni amalga oshirgan bo‘lasiz. Ularning barchasi birgalikda g‘oyani bayon qilish faoliyatini amalga oshirgan bo‘ladilar.

Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja – psixofiziologik vazifalarni ko‘rib chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlarning fiziologik ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo‘lgan his etish, o‘tmish taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor vazifalar haqida so‘z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam o‘rin tutgan tug‘ma va hayotning birinchi oylarida yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga tug‘ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat tomonidan belgilangan bo‘ladi.[1]

Psixofiziologik vazifalar psixik vazifalarni amalga oshirish uchun faoliyat vositalarini zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Masalan, biror ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab qolishning maxsus  usullaridan foydalanamiz. Lekin agarda biz yodda saqlab qolish layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega bo‘lmaganimizda, bu faoliyatni amalga oshira olmagan bo‘lardik. Mnemik vazifalar tug‘ma bo‘ladi. Bola tug‘ilishi bilanoq  katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, bu oddiy axborot bo‘lib, keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada saqlanishi zarur bo‘lgan axborot hajmidan tashqari, yodda saqlashning sifat ko‘rsatkichlari ham o‘zgaradi.

      «Korsakov sindromi» deb ataladigan (uni ilk marotaba o‘rgangan mashhur rossiyalik psixiatr S.S. Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda aynan mnemik vazifa oqsaydi. Bu kasallikda voqealar, hatto, bir necha daqiqa avval sodir bo‘lganlari ham umuman yodda saqlanib qolmaydi. Bunday bemorlar, masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun ovqatlanganmi yoki yo‘qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor  onasiga kitobiy  asarning o‘ziga yoqib qolgan parchasini hozirgina o‘qib berganini yodidan chiqarib yuborib, beto‘xtov o‘qib berardi va, shu asnoda bir necha o‘n martalab takrorlardi. Agar bunday bemor biror matnni yod olishga urinib ko‘rsa, u shu zahotiyoq matn bilan birga yod olishningrni o‘zini ham yodidan chiqarib yuborishi mumkin.

Shunday qilib, psixofiziologik vazifalar faoliyat jarayonlarining organik ustqurmasini tashkil etadi, deb xulosa yasash mumkin. Ularga tayanmay turib, harakatlar va muolajalarning bajarilishidan tashqari vazifalar belgilanishining ham imkoniyati mavjud emas.[2]

Istalgan faoliyat tuzilishida ichki va tashqi tarkibiy qismlarni ajratish mumkin. Ichki tarkibiy qismlarga markaziy asab tizimi tomonidan boshqariladigan faoliyatlarda ishtirok etadigan anatomik va fiziologik tuzilmalar hamda jarayonlar, shuningdek, faoliyatni boshqarishga taalluqli psixologik jarayonlar va holatlar kiradi. Tashqi tarkibiy qismlarga esa faoliyatni amaliyotda bajarish bilan bog‘liq turli harakatlarni kiritish mumkin (N.A. Bernshteyn).

Faoliyatning taraqqiy etib va o‘zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy qismlarning ichkilariga tizimli o‘tishi amalga oshiriladi. Bunda interiorizatsiya, avtomatizatsiya va eksteriorizatsiya ham kuzatiladi.

      Shunday qilib, tashqi faoliyatdan tashqari ichki, aqliy faoliyatni ham ajratish mumkin. Bunday faoliyatning vazifalari nimalardan iborat? Avvalambor, bu vazifalar ichki harakatlarning tashqi harakatlarni tayyorlashidan iborat. Ular zarur harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib, inson kuchini tejashga, shuningdek, qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradilar. Masalan, odam kitob javonlarini devorga qoqib qo‘yish uchun joyni mo‘ljallaydi. Bir yo‘lni tanlab olib, baholaydi, so‘ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, uchinchisiga o‘tadi, nihoyat, o‘ziga mos  va qulay holatda to‘xtaladi. Garchi bu vaqt ichida bir marta ham «barmog‘ini  qimirlatib» qo‘ymaydi, ya’ni, biror bir amaliy harakatni amalga oshirmaydi.[2]

Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‘ylab olishga kiradi. Qanday harakat qilishni o‘ylayotgan inson qanday yo‘l tutadi? Qandaydir harakatning ro‘yobga chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Ularga qarab, o‘zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. YOki boshqa misol, ko‘p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, vaqtdan o‘zib, o‘sha hodisani bo‘lib o‘tganday tasavvur qiladi. Natijada o‘zini yuzida baxtli tabassum bilan o‘tirganini ko‘radi. Bu misollar insonning ichki faoliyatiga misol bo‘la oladi. U o‘zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat codir bo‘lish shakli  bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar yordamida uyg‘otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o‘zining muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga oshirilishidan, real mahsulot o‘rniga g‘oyaviy natija hosil bo‘lishidan iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga o‘tkazilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‘zlashtirib olib, real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o‘yinida donalarning yurishi o‘zlashtirilib, ularning oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‘ylab olish imkoniyati tug‘iladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan to‘qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko‘ra, psixik jarayonlar faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon o‘z vazifalari va muolajaviy-texnik tuzilishiga ega bo‘lib, ma’lum maqsadda amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o‘zaro farqlari va mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog‘liq perseptiv maqsad va vazifalariga ega. Perseptiv vazifaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini keltirish mumkin. Bunday vazifalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko‘z bilan chamalash masalalarini hal etishda, chehralarni, ovozlarni tanib olishda va h.k.da bajarishga to‘g‘ri keladi. Barcha vazifalarni hal etish uchun har biriga mos ravishda farqlash, aniqlash, o‘lchash, tanish va boshqa harakatlar ko‘rinishidagi perseptiv harakatlar amalga oshiriladi.

 Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va h.k.)ni  faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o‘rganib, ma’lum axborotlar  –  faoliyatning umumiy tuzilishi, darajalari, kechish shakllari va h.k.ni qo‘llash mumkin va zarurdir.[2]

 
2. Faoliyatning tuzilishi va turlari

 Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga — predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat — birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki — aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o‘zicha gapirishga o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.

         Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi — muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy — motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, hattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan — misol uchun, uzum ko‘chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan bog‘bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.[1]

 Aqliy harakatlar — shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:

perseptiv – ya’ni, bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;

mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;

fikrlash faoliyati — aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;

imajitiv — («image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.

         YUqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.[2]

Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni  ko‘nikmalar  deb ataymiz. Ko‘nikmalar — doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko‘nikma va malakalar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham o‘quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko‘nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida  mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yo‘llari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

oddiy namoyish etish yo‘li bilan;

tushuntirish yo‘li bilan;

ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.

Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni engillashtiradi. O‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.

 Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan usuli — bu barcha insonlarga xos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yicha tabaqalashdir. Bu — muloqot, o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlaridir.[2]

         Muloqot — shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri — inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. SHaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.

         O‘yin — shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab etolmaydi.

         O‘qish  faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.

         Mehnat  qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.

         Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo‘lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo‘lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar — sabablar muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir.[1]

Inson hulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi.[1]

 «Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega.  «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani inson  hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.[1][3]

LET’S STEP BACK NOW AND CONSIDER four perspectives psychologists have used in their attempt to understand motivated behaviors. Instinct theory (now replaced by the evolutionary perspective) focuses on genetically predisposed behaviors. Drive- reduction theory focuses on how our inner pushes and external pulls interact. Arousal theory focuses on finding the right level of stimulation. And Abraham Maslow’s hier¬archy of needs describes how some of our needs take priority over others.

Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda bandliklarini ta’minlashga urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin nega har qanday ishchi yuqori standart yoki qiyin maqsadga erishishi mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz.

O’sish imkoni bo’lgan har qanday ishda muvaffaqiyatga intiluvchi siz bilgan odamni eslang. Endi undan kamroq harakat qilayotganni eslang.

Psixolog Genri Myurrey(1938) birinchi odamning erishuv motivatsiyasini malaka va g’oyalarni egallash uchun, boshqaruv uchun, shuningdek tezda yuqori standartga erishish uchun ahamiyatli yutuqlarga intilishi sifatida ko’rsatgan.

Ularning qat’iyligi va real vazifalarni amalga oshirishini kutishingiz mumkin, yuqori darajadagi motivatsiyali odamlar ko’p narsaga erishadi.

Intellekt testi 1foizning yuqorisida bo’lgan 1528ta kaliforniyalik bolalar hayoti davomida o’rganilgan. Qirq yil o’tgach tadqiqotchilar ko’proq va kamroq kasbiy muvaffaqiyat qozonganlarni solishtirganida motivatsion farqlarni topishdi. O’sha muvaffaqiyatliroqlar izzattalab, quvvatga to’la va qat’iyatliroq edi.Bolaligida ularning faol mashg’ulotlari ko’p bo’lgan. Ulg’ayganida ko’p guruhlarda qatnashishgan va tomoshabindan ko’ra sport musobaqalarining ishtirokchisi  bo’lgan ( Golmen,1980). Iqtidorli bolalar  qobilyatli o’rganuvchilardir. Tajribali kattalar matonatli ijrochilardir.

         O’rta maktab va universitet talabalari birgalikda tadqiq qilinganda o’zlashtiish,davomat va obro’ uchun intizomlilik intellektdan ko’ra yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan. Buyumlar, g’oyalar va odamlarni egallash, yuqori standartga erishish uchun “Intizom iste’doddan ustun” degan xulosaga kelishdi tadqiqotchilar.

Anjela Dakvort va Martin Seligman nima uchun qiz bolalar ular bilan bir xil iqtidordagi o’g’il bolalardan ko’ra maktabda yuqori baho olishini tushuntiradilar(2005,2006).

Biroq intizom iqtidorni takomillashtiradi. Ularning 20-yillari boshida top-skripkachilar o’qituvchi bo’lish niyatidagi boshqa skripkachi talabalardan ikki marta ko’p – 10000soat jamg’arishgan(Erikson va b., 2001,2006,2007). Iqtisod bo’yicha Nobel mukofotini olgan psixolog Gerbert Saymon(1998)ning tadqiqotlaridan 10yil qoidasi deb nomlangan qoida yuzaga keldi: jahon ekpert-klasslari sohasi bo’yicha o’n yildan kam bo’lmagan vaqt ya’ni haftasiga qirq soat, yiliga ellik hafta ishlashgan.Katta olimlar, sportchilar va rassomlar o’rganilganida aniqlandiki ularning barchasi yuqori motivatsiyaga va shaxsiy intizomga ega, o’z maqsadiga erishish uchun kuniga soatlab vaqt sarflashga tayyor ( Blum,1985). Bu yorqin yulduzlar nafaqat o’zining noodatiy talanti, balki kundalik intizomi bilan ajralib turgan. Yuqori natija gallon(4,5litr) ter bilan bir choy qoshiq ilhomning aralashmasiday tuyuladi.[2][3]

Human motivation aims not to eliminate arousal but to seek optimum levels of arousal. Having all our biological needs satisfied, we feel driven to experience stimu¬lation and we hunger for information. We are «infovores,» say neuroscientists Irving Biederman and Edward Vessel (2006), after identifying brain mechanisms that re¬ward us for acquiring information. Lacking stimulation, we feel bored and look for a way to increase arousal to some optimum level. However, with too much stimulation comes stress, and we then look for a way to decrease arousal.

Dakvort va Seligman qayd etganidek, o’ta omadli odamlarni o’zi qatori iqtidorli tengdoshlaridan jasorat – uzoq muddatli buyuk maqsadga nisbatan jo’shqin sadoqat ajratib turadi. Shunga qaramay intelligent qo’nq’iroqsifat egrilikdek namoyon bo’ladi,balki yutuq emas. Bu bizga muvaffaqiyat xom iste’doddan-da ko’p narsani qamrab olishini aytadi. Shuning uchun tashkilotchi psixologlar oddiy ishda ishlovchi oddiy odamlani jalb qilish va motivatsiyalash yo’llarini qidirmoqdalar.

Hulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi.

       «Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi.

Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari sifatida sub’ekt hulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida so‘z yuritiladi. Ba’zan inson hulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs  dispozitsiyalari deb ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida hulq-atvorni determinatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so‘z yuritiladi. SHuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion va vaziyatli determinatsiya sifatida ko‘rib o‘tiladi.

Dispozitsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra motivlardir. Motiv  motivatsiyadan farqli o‘laroq,  – bu hulq-atvor sub’ektining o‘ziga tegishli bo‘lgan, uning ma’lum harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik  dispozitsiyalarni ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.

Mavjud bo‘lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma’lum sharoitlarda ularga normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun etishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qoniqmaslik hissi bilan bog‘liq

Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo bo‘lishining davriyligi va usuli kiradi. SHaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga bog‘liq mazmuni, ya’ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma’naviy madaniyat ob’ektlarining yig‘indisidir.

Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha – bu maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning motivatsiyali qo‘zg‘atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.

Ko‘rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari bo‘lib hisoblanadi.

SHaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mumkin. Motivatsion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida keltirilgan dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillarning sifat jihatidan turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik rivojlangan hisoblanadi.

Motivatsion sohaning egiluvchanligi  motivatsiya jarayonini quyidagicha xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko‘proq qo‘llanilgan holatda motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo‘ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivatsion soha egiluvchanroq bo‘lib sanaladi.

Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) boshqalaridan kuchliroq bo‘lib tez-tez hosil bo‘lib turadi; boshqalari kuchsizroq bo‘ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum darajadagi motivatsion hosilalarningdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori qo‘zg‘atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar ham ko‘rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir xil, ayni damda dolzarb bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘lanmagan,  alohida motivatsion holatga aytiladi.  Muammo ma’lum maqsadga erishishga yo‘naltirilgan harakatni bajarishda organizm engib o‘tishi zarur bo‘lgan to‘siqlarga duch kelganida paydo bo‘ladi. Tilaklar va maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va ko‘pincha bir-birini almashtirib turadigan,  harakat bajarish sharoitlarining o‘zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub’ektiv holat.[2]

Inson hulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu inson hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.

SHunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. SHaxs yo‘nalganligi shakllanishidagi asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.

 
4. Мotivlarning turlari

Turli               kasb       egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. SHunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi.  Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqka erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar — tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar.[1]

Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvafikiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. SHu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so‘ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.[3]

The semistarved men’s preoccupations illustrate the power of activated motives to hijack our consciousness. When we are hungry, thirsty, fatigued, or sexually aroused, little else may seem to matter. When you’re not, food, water, sleep, or sex just doesn’t seem like that big a thing in your life, now or ever. (You may recall from Chapter 8 a parallel effect of our current good or bad mood on our memories.) In University of Amsterdam studies, Loran Nordgren and his colleagues (2006, 2007) found that people in a motivational «hot» state (from fatigue, hunger, or sexual arousal) become more aware of having had such feelings in the past and more sympathetic to how fa¬tigue, hunger, or sexual arousal might drive others’ behavior. Similarly, if preschool children are made to feel thirsty (by eating salty pretzels), they understandably want water; but unlike children who are not thirsty, they also choose water over pretzels for «tomorrow» (Atance & Meltzoff, 2006). Motives matter mightily. Grocery shop with an empty stomach and you are more likely to think that those jelly-filled doughnuts are just what you’ve always loved and will be wanting tomorrow

Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda qayg‘uradilar, hattoki, qo‘rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. YAna uchinchi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va  faoliyatning samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga o‘rinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan tortishmaydilar ham.

 

 

 

Mavzu  yuzasidan adabiyotlar ro‘yhati:

Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-358-364.

Safayev N.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B.42-64.

David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-479-497.

 

Mavzu  yuzasidan internet tarmog‘i bo‘yicha veb-saytlar ro‘yhati:

 

www.psychology.net.ru 

2. [1] David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan  2010 y. p.-489

[2] Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan  .492 p

[3] David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan  2010 y. p.-497

Darsliklar
Faoliyat va motivatsiya mavzusida referat