FAOL HARORAT
FAOL HARORAT, foydali haporat — q. x. ekinlarining rivojlanishiga qulay taʼsir koʻrsatadigan havo harorati. Q. x. ekinlari faol vegetatsiya davrining issiqlik bilan taʼminlanganligi koʻrsatkichi hisoblanadi. Yer sharining turli hududlarida ekinlar rivojlanishi uchun yillik harorat (issiqlik) resurslarining qulaylik darajasini baholashda vegetatsiya davridagi 10° dan yuqori boʻlgan Faol harorat yigʻindisi qoʻllaniladi. Faol harorat yigʻindisi 10° dan yuqori boʻlgan barqaror oʻrtacha sutkalik haroratlarni qoʻshish yoʻli bilan topiladi.
Ensiklopediya.uz
FAOL HARORAT