Fanlardan olimpiada testlari (javoblari bilan)

Fanlardan olimpiada testlari (javoblari bilan)

1) Inglizcha kitob, jurnal, gazeta o‘qing

Olimpiada javoblari ingliz tili

O‘QISh

O‘qish mahoratini rivojlantirish, grammatika va til qurilishini anglash, so‘zlarni yodda saqlash, ularning ifoda hamda talaffuzini o‘rganish muhim ahmiyatga ega. Bu ko‘nikmani egallash uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin.

1) Inglizcha kitob, jurnal, gazeta o‘qing

Xorijiy til o‘rganishning oltin qoidasi – ko‘p o‘qishdir. Unutmang: bu ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, og‘zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o‘rganish masalasida qat’iy fikrda ekansiz, internetdan o‘zingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o‘qib boring.

  • onlinenewspapers.com
  • gutenberg.org

2) Qo‘l telefoningiz va kompyuteringizning tilini inglizchaga o‘tkazing

Telefoningiz, kompyuteringiz dasturini inglizchaga o‘zgartirish, bajaradigan amalingizni ma’lum bir so‘z bilan bog‘lash va buni har kuni bajarish so‘z boyligingizni orttiradi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tilini ham o‘zgartirish yangi bilimlar o‘rganishingizda yordam beradi.

3) Mobil ilovalardan foydalaning

Mobil jihozlar va ilovalar ingliz tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun cheksiz imkondir. Texnika taraqqiyoti yashin tezligida ildamlab borayotgan bir vaqtda bu imkondan foydalanish tamoman sizning ixtiyoringizda. O‘qishdan yoki ishdan uyga qaytar ekansiz, telefonga yuklangan bir qancha bepul ilovalar yordamida so‘z yodlashingiz o‘qish va anglash ko‘nikmangizni orttiradi.

  • learnenglishbritishcouncil.org
  • duolingo.com
  • busuu.com

YoZISh

Inglizcha yozish o‘zlashtirilishi eng qiyin malakalardan biridir. Odatda, xorijiy oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlardan esse, motivatsion maktub yozish talab qilinadi. Yozish davomida qisqa ifodalar o‘rniga bog‘lovchilar va yordamchi jumlalarni qo‘llash, fikrni kengaytirilgan holda ifodalay olish juda muhimdir.

4) Blog yozing

Bugungi kunda blog yozish, fikrlar, qiziqishlar, biror mavzu yuzasidan mulohazalarni bildirish keng tarqalgan. O‘zingiz uchun inglizcha bir blog oching. Boshida qiynalishingiz tabiiy, ammo xotirangizdagi so‘zlarni «uyg‘otish» uchun bu usul juda katta yordam beradi.

5) Yangi so‘zlarni e’tiborda tuting

Bu sizga anchayin tanish usul. Yangi so‘zlarni yozilgan qog‘oz parchalarini tez-tez ko‘zingiz tushadigan yerga yopishtiring va ularni har kuni o‘qib boring. Buning natijasini esa bir necha kunda o‘zingiz ko‘rasiz!

6) Forumlardagi bahslarda ishtirok eting

Tasviriy san’at, musiqa, teatr, adabiyot kabi san’at turlari, shuningdek, siyosat, texnologiya, moda olami, pazandachilik kabi mavzularga qiziqishingiz bo‘lsa, demakki, forumlar aynan siz uchun. Qiziqishlari sizga yaqin bo‘lgan insonlar bilan bu mavzular haqida fikr almashish, bahslashish yangi so‘zlar va iboralarni qo‘llashingizga turtki beradi.

TINGLASh

Bu ko‘nikmani rivojlantirib borish muhim hamiyatga ega. Ayniqsa, xorijda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar borgan mamlakatlarida qiynalmasliklari, darslar, seminarlar yoki bahslarda faol qatnashishlari uchun bu ko‘nikmani rivojlantirishlari lozim.

7) Inglizcha qo‘shiq tinglang

Xorijiy tilini rivojlantirmoqchi bo‘lganlarga ilk tavsiyalardan biri o‘rganayotgan tillarida ko‘p qo‘shiq eshitishdir. Bu esa ham so‘zlarni, ham ularning talaffuzini o‘rganishingizda, shuningdek, qulog‘ingiz notanish so‘zlarga moslashishida asqotadi. Qo‘shiqni tinglar ekansiz, uning turiga, oson tushunilishiga, qo‘shiq matnining qancha qismini qog‘ozga tushira olishingizga ham diqqat qilib boring.

8) Inglizcha TV-kanallarini tomosha qiling

Amerika va Angliya TV kanallarida efirga uzatiladigan seriallarni, shoularni, xabarlarni, filmlarni ko‘rish eng foydali usullardan biridir. Dastlabki bosqichda subtitr bilan tomosha qilib, keyin yozuvsiz holda anglashga urinib ko‘ring.

9) Musobaqalarda qatnashing

Turli millatga mansub nomzodlar qatnashuvchi simpozium va musobaqalarda ishtirok etib, tajriba orttiring. Talaffuzingiz tozalanib borishiga e’tibor qarating.

10) Podkast tinglang

Podkastlar muayyan bir mavzudagi ovozli yoki tasvirli materiallardir. Internet – podkastlariga osonlik bilan yetishishda asosiy vosita. Sevgan mavzularingizdagi efirlarni tinglash asta-sekin bu boradagi mahoratingizni oshiradi, sizga motivatsiya beradi.

MULOQOT

«Tushunaman, ammo gapira olmayman» degan gaplar bot-bot qulog‘imizga chalinadi. Xorijdagi ish beruvchi tashkilotlar ham TOYeFL yoki IYeLTS kabi sinovlardan olgan sertifikatlaringizga emas, nutq mahoratini qay darajada egallaganingizga e’tibor qaratadi. Demak, bu muhim.

11) O‘zingiz gaplashing va yozing

Muloqot qilish mahoratini rivojlantirish uchun eng samarali usullardan biri so‘nggi paytlarda mashhur bo‘lgan onlayn va bepul ovoz yozish dasturlaridir. Nutqingizni yozib olib, ona tili inglizcha bo‘lgan do‘stingizga tinglatishingiz, xatolaringiz bo‘lsa, ulardan yordam so‘rashingiz mumkin.

  • Online Voice Recorder
  • Voice Spice Recorder

12) Inglizzabon do‘stlar orttiring

Muloqot qila olish mahoratingizni rivojlantirish uchun inglizzabon do‘stlar orttiring. Internetdagi ko‘plab saytlar madaniyatlar bilan tanishuv, xorijiy til o‘rganish, dunyoning turli mamlakatlaridan do‘st orttirish uchun mo‘ljallangan platformalardir. Shuningdek, Telegram, WhatsApp, Skype kabi ilovalar yordamida o‘rtoqlaringiz bilan jonli suhbat qurish imkoningiz bor.

Otabek Tillayev tayyorladi

Fanlardan olimpiada testlari (javoblari bilan)

Informatika, ingliz tili, rus tili, nemis tili, fransuz tili, tarix, biologiya, o’zbek tili, geografiya, iqtisod, kimyo, ona tili va adabiyot, matematika fanlaridan 9, 10- sinflar uchun olimpiada testlari.

Fayl turi: zip

Fayl mb: 2.6

Xujjatlar soni: Tahminan 14 ta

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

При публикации информации из моего веб сайта на другие сайты обязательно указывать адрес сайта www.sadikov.uz. © Sadikov.Uz

Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo.com

Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz

Для контактов: uzbeknasim@yahoo.com

Telegram: @sadikovuz

Oʻzbekiston: 18 yoshgacha boʻlganlar uchun: ingliz tilidan olimpiadada qatnashib, Macbook yutib oling!

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va yoshlarning xorijiy tillar boʻyicha savodxonlik darajasini oshirish maqsadida “Aqlliavlod.uz” taʼlim platformasi jamoasi tomonidan Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti Respublika miqyosida 4-bosqichli “Aqlli avlod” onlayn olimpiadasi tashkil etilmoqda. Mazkur olimpiada ingliz tilidan boʻlib oʻtadi. Olimpiadada ingliz tili darajasi B1 darajada boʻlgan, 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashishi mumkin.

Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar mustaqil ravishda @aqlliavlodbot tizimida roʻyxatdan oʻtadilar va olimpiada sinov-shartlari bilan oldindan tanishadilar. Birinchi bosqichdan uchinchi bosqichgacha boʻlgan ishtirokchilar @aqlliavlodbot rasmiy bot yuborgan havola orqali saralanadi.

Olimpiada ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtish vaqtida shaxsiy maʼlumotlarining toʻgʻri va aniq toʻldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Olimpiadada 3 saralashdan oʻtgan har bir nomzodning telefon raqamiga maxsus ID kod yuboriladi. Ushbu kod orqali ishtirokchining (shaxsiy kabineti) faollashtiriladi.

Olimpiada 5 bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich (20-sentyabrdan 20-oktyabrgacha): Saralash (onlayn shaklda). Olimpiadada ishtirok etuvchi nomzodlar @aqlliavlodbot orqali yuborilgan maxsus havoladagi 30 ta test savollari boʻyicha oʻz bilimlarini sinaydi. Ishtirokchi nomzodlarning natijalari 50 balldan yuqori boʻlganda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Tuzilgan savollar hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.

2-bosqich (10-15-noyabr): Saralash (onlayn shaklda) jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar @aqlliavlodbot orqali yuborilgan maxsus havoladagi 40 ta test savollari boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazadilar, shuningdek, qoʻshimcha tarzda yozish koʻnikmalarini (writing skills) sinovdan oʻtkazish maqsadida maʼlum mavzuda 300 soʻzdan iborat insho matnini yuboradilar. Ishtirokchi nomzodlarning natijalari 70 balldan yuqori boʻlganda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Tuzilgan hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.

3-bosqich (10-15-yanvar): Saralash (onlayn shaklda) jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar @aqlliavlodbot orqali yuborilgan maxsus havoladagi 25 ta test savollari boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazadilar, shuningdek, qoʻshimcha tarzda oʻqish koʻnikmalarini (reading skills) sinovdan oʻtkazish maqsadida oldindan belgilab qoʻyilgan mavzuda matn bilan tanishib, matndagi 5 ta savolga aniq va kreativ javoblar matnini yuboradilar. Ishtirokchi nomzodlarning natijalari 80 balldan yuqori boʻlganda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi. Tuzilgan savollar hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.

4-bosqich: Yakuniy bosqich (oflayn shaklda) saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan belgilangan viloyatda 3 kunlik xorijiy tillarga ixtisoslashgan oromgohda ishtirok etadilar, ishtirokchilar oromgohda “AqlliAvlod” onlayn olimpiadasining yakuniy bosqichi uchun oʻz bilimlarini Reading, Writing, Speaking va Grammar koʻnikmalari boʻyicha sinovdan oʻtkazadilar. Oliy sovrinni qoʻlga kiritish (5-bosqich) uchun ishtirokchilar belgilangan maʼlum mavzuda motivatsion 300 soʻzli insho yozadilar. Tuzilgan savollar hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.

Olimpiada gʻoliblarini ragʻbatlantirish

Olimpiadada qatnashib sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlarga I, II, II darajali QR kodli diplom hamda quyidagi sovgʻalar taqdim etiladi.

1-oʻrin: Macbook hamda maxsus medal.

2-10-oʻringacha egallagan barcha ishtirokchilarga Cefr imtihonlari uchun toʻlov miqdori toʻlab beriladi, shuningdek, maxsus medallar taqdim etiladi.

Olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etgan har bir ishtirokchiga maxsus QR-kodli sertifikatlar, olimpiadaning logolari aks etgan maxsus soat, xorijiy tillardagi sara adabiyotlar toʻplami, polo-futbolka va sumkalar taqdim etiladi.

Qiziqarli malumotlar
Fanlardan olimpiada testlari (javoblari bilan)