FAN

FAN

«FAN»Oʻzbekiston FAning ilmiy nashriyoti. Akademiya tizimidagi i. t. lar natijalarini toʻplamlar, monografiyalar, ilmiyommabop risolalar, mukammal va tanlangan asarlar hamda jur. maqolalari tarzida ilmiy jamoatchilikka va ommaga yetkazib beradi. Nashriyot Oʻzbekiston Fan qoʻmitasi xuzuridagi boʻlim sifatida 1934-y. da tashkil topgan. «Fan» nomi oʻz tarixi davomida bir necha bor oʻzgargan: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi nashriyoti (1943—63), Oʻzbekiston SSR «Nauka» nashriyoti (1964—66); 1966-y. dan Oʻzbekiston FAning «Fan» nashriyoti. 1940-y. dan nashriyotning maxsus bosmaxonasi ishga tushirildi. Nashriyot 2004-y. da qariyb 150 nomda kitob va jur. lar nashr etdi (umumiy qajmi 2000 bosma tabokdan ortiq). Kitob nashrlarining asosiy turini koʻp jildli mukammal va tanlangan asarlar, i. t. natijalari, monografiya va ilmiyommabop asarlar tashkil etadi. «Fan»da Alisher Navoiyning 10 j. li «Tanlangan asarlar»i ilk bor rus tilida nashr etildi. T. N. KrriNiyoziyning 8 j. li, H. M. Abdullayevning 7 j. li, Oybekning 20 j. li, Hamzaning 5 j. li, Hamid Olimjonning 10 j. li, Gʻafur Gʻulomning 12 j. li, SV. Starodubsevning 6 j. li «Tula asarlar toʻplami», I. M. Moʻminov, V. P. Shcheglov va b. olimlarning koʻp jildli «Tanlangan asarlar»i chop etildi. Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600-yilligi munosabati bilan uning 60 bosma tabokdan iborat «Ziji Koʻragoniy» asari; Sohibqiron Amir Temurning 660-yillik yubileyiga Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» asari hamda I. M. Moʻminovning «Amir Temurning Urta Osiyo tarixida tutgan urni va roli» kitobi, «Alpomish» xalq qahramonlik eposi (oʻzbek va rus tillarida) nashr etildi. 2004-y. da Alisher Navoiyning 20 j. li «Mukammal asarlar tuplami» nashri nihoyasiga yetkazildi.

Ensiklopediya.uz
fan.