FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI

FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI

FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTIfan bilan texnikaning oʻzaro bogʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv 16—18-a. larda manufaktura i. ch. i bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy i. ch. empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham i. ch. ga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala borgan.

Ensiklopediya.uz
FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI