FALASTIN
FALASTIN — Gʻarbiy Osiyodagi tarixiy viloyat (qad. yahudiycha pelishtim — «filistinliklar» soʻzidan olingan). Oʻrta dengizning sharqiy sohilidajoylashgan. Mayd. 26 ming kv. km. Falastinning asosiy qismi Isroil bilan Iordaniyaga qarashli. Mil. av. 5—4 ming yillikda Falastinga somiy qabilalari kirib kelgan. Mil. av. 3—2 ming yillikda Falastinda xanaaneylarning ilk shahardavlatlari paydo boʻlgan (mil. av. 2ming yillikda Falastin va Finikiya hududi Xanaan deb atalgan). Mil. av. 16 — 13-a. larda Falastin Misr tasarrufida boʻlgan. Mil. av. 13a. oxirida Falastinda filistimliklarning hukmronligi oʻrnatilgan. Oʻsha vaqtdayoq mamlakatning aksariyat qismi mil. av. 11-a. da tashkil boʻlgan Isroilyahudiy podsholigi hududida istiqomat qiluvchi qabilalar tomonidan zabt etilgan. Dovud va Sulaymon podsholar davrida Isroil qudrati avjiga chiqqan. Taxm. 935-y. da bu davlat ikkita podsholik — Isroil va Iudeya (Yaqudiya)ga boʻlingan. Mil. av. 8-a. oxirida Falastinning shim. hududi — Isroil podsholigi Ossuriya tomonidan bosib olingan. Jan. Falastin (Iudeya podsholigi)ni mil. av. 6-a. da bobilliklar, soʻngra axomaniylar, mil. av. 4-a. da makedoniyalik Aleksandr oʻzlariga boʻysundirganlar. Mil. av. 3—2-a. larda Falastin Ptolemeylar (Misr) bilan Salavkiylar oʻrtasida talash boʻlgan. Falastin mil. 1-a. da (63 y.) rimliklar tomonidan bosib olingan. Lekin fakat Iudeya urushlari (66—73 y. lar) va Bar Koxba qoʻzgʻoloni (132 — 135) bostirilganidan soʻnggina Falastin Rim imperiyasining viloyatiga aylangan.
Ensiklopediya.uz
FALASTIN