FAGʻNAVIY
FAGʻNAVIY, Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy [12-a. oxiri — Vobkent tumani Anjir Fagʻnav (qoz. Anjirbogʻ) qishlogʻi — 1286] — xojagonnaqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning uchinchisi. Gilkorlik bilan shugʻullangan. Xoja Orif Mohitobon — Revgariyyayan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik silsilasini boshqargan. «Silsilai sharif» da 12halqanint piri hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr bilan jahriya (baland tovushli) zikrga baravar amal etgan. Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon) gaustozlik qilgan. Fagʻnaviy tugʻilgan qishlogʻida dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara mustaqillik davrida taʼmirlanib, maqbara yonida hovuz va jomeʼ masjid qurilgan. Bu joy hozir ziyoratgohga aylantirilgan.
Ensiklopediya.uz
FAGʻNAVIY