Facebook’ga ishga kirish intervyu jarayoni

Facebook’ga ishga kirish intervyu jarayoni

Facebook'ga ishga kirish intervyu jarayoni

Barchaga Salom! 14-Sentabrdan beri men Facebook (Pro Unlimited @ Facebook kompaniyasi orqali) kompaniyasida Product Growth Specialist — Central Asia (O’rta Osiyoda Mahsulot Mutaxassisi) lavozimida ishlayapman. Quyida intervyu jarayoni haqida qisqacha yozib o’tmoqchiman.

facebookga ishga kirish intervyu jarayoni 65e4b69a08600

1-qism. Recruiter bilan suhbat — Screening

Kunlardan bir kun, yuqorida turgan emailni qabul qildim. Unda rekruiter Linkedinimni ko’rgani va menga ish taklif qilayotgani yozilgandi. To’g’risini aytaman, boshida sal ishonmadim, firibgarlik bo’lishi ham mumkin deb o’yladim. Chunki talab qilinadigan qobilyatlarni(skillarni) barchasiga ham meni profilim mos kelmasdi.

Yana bir qiziq tomoni huddi shunday taklifni Singapurdagi boshqa recruiter ham menga yubordi. Men ulardan biriga bu taklif menga qiziqligini va keyingi qadamlarga o’tishga qiziqishimni aytdim.

Shundan keyin u men bilan 30 daqiqalik screening qo’ngiroq qildi. Bu ko’p intervyularda boshlang’ich qism bo’lib, kandidat, ish, mas’uliyatlar haqida savollar gaplashiladi.

2-qism — Screening — Hiring Manager bilan suhbat.

Oradan 15 kunlar o’tgandan so’ng recruiter Hiring manager bilan suhbatni rejalashtirdi. Meni hozirgi kundagi menejerim Londondagi Facebook xodimi suhbat qildi. Bu qismda biz Facebookda ishlash qanaqaligi, meni tajribam haqida gaplashdik. Keyin esa Product Sense bo’yicha savol bo’ldi.

Product Sense bu mahsulotni loyihalash va strategiya ko’nikmalaringiz bo’yicha sinovdir. Savollarni chop etish mumkinmasligi tufayli aniq savollarni yozib qoldira olmayman.

3-qism. On-site interview.

Odatda katta kompaniyalarda intervyu strukturasi 2ta qo’ng’iroq va onsite intervyu ko’rinishida bo’ladi, ya’ni oxirgi qismda sizni kompaniya bosh ofisiga taklif qilib intensiv intervyu kuni o’tkaziladi.

Lekin xabaringiz bor, hozir karantin tufayli ofislar yopiq, sayohat qilish esa juda cheklangan. Shu tufayli bizni on-site intervyu’imiz 1kun emas 1 hafta davomida bo’ldi.

Meni 4 kun davomida hozirgi jamoadoshlarim, menejerlar va boshqa xodimlar intervyu qilishdi. Intervyu 4 xil yo’nalishda bo’lib, meni Product Sense, Analytical, Culture and Team fit, Execution mavzulari bo’yicha bilimlarimni va qarashlarimni sinashdi.

Facebookdagi PM intervyular odatda quyidagi yo’nalishlarda bo’ladi:

  • Product Sense — mahsulotni loyihalash va strategiya ko’nikmalari;
  • Execution — mahsulotni ishlab chiqarish (development) jarayonida ijro qilish qobilyatlari;
  • Leadership & Drive — Mahsulot rivojlantirishga qanchalik qiziqish bor va sardorlik qobilyatlari.

Batafsil: https://cdn.shopify.com/s/files/1/0417/7869/files/FB_PM_interview_guide.pdf?697

4 kun davomidagi intervyularni o’tkazdim, o’zimda qoniqish 50% edi, 2 ta intervyudan qoniqdim, qolgan 2 tasidan unchalik yaxshi topshirolmadim deb o’ylagandim.

Keyin orada eng qiyin payt boshlandi — kutish. 12-iyunda hamma intervyularimni tugatgandim, shundan keyin iyul oyini birinchi haftasigacha juda yangiliklar passiv kela boshladi. So’rasam, bu hafta aytamiz, keyingi hafta aytamiz deb rosa cho’zishdi 🙂

Keyin aytishlaricha bu orada 4 ta boshqa kandidatlarni shunday on-site intervyudan o’tkazishgan. Shu bilan iyulni birinchi haftasida bir yaxshi, bir yomon xabar keldi. Ularni aytishicha barcha kandidatlarni ichidan 2ta kandidat men va yana boshqa kandidat bu bosqichga yetib kelishdi, lekin intervyu qilayotganlar 50/50 men va u kandidatga yon bosishayotganini shuning uchun yana bir qo’shimcha, oldin rejalashtirilmagan intervyu bo’lishini aytishdi.

15-iyulda men oxirgi bosqich intervyuimni o’tkazdim. Yuqoridagi mavzulardan birozdan gaplashdik, Braziliyalik intervyuchi bilan mazza qilib suhbatlashdim. Oxirida u menga omad tiladi, men unga rahmat aytdim shu bilan intervyular tugadi.

Yana 10-12 kun kutishga to’g’ri keldi, bu orada rekruiter menga ko’nglimni to’q qilishimni va javoblar yaxshi bo’lishiga ishontirdi. Va nihoyat 27-iyulda rasman ishga qabul qilinganimni aytishdi. 31-iyulda esa men job offerga qo’l qo’ydim. 1-avgustda Super Dispatchdan ishdan ketdim.

Yana bir narsani ta’kidlash kerakki, men hozirda rasman Facebook kompaniyasini ishchisi emas, Pro Unlimited @ Facebook kompaniyasini ishchisi hisoblanaman. Facebookda esa kontraktor sifatida ish olib boraman.

Shu bilan uzoq va stresslarga boy ishga kirish jarayoni tugadi. Intervyuga tayyorlanish jarayonida ko’p narsa o’rgandim va on-site intervyu bosqichiga kelganimda men o’zimdan qaysidir ma’noda rozi edim. Chunki 1.5 yillik ish tajribam bilan men bu bosqichga yetib boraman deb hattoki kutmagan ham edim.

Agar sizga Facebookda ishlash qiziq bo’lsa, resumeingizni yaxshilang, LinkedIn profilingizni yangilab katta kompaniyalarga bemalol qo’rqmasdan Internship yoki to’liq ishlash uchun topshiring.

Sizga maqola yoqqan bo’lsa, do’stlaringiz bilan ulashing.

https://t.me/nuruddins

Foydali linklar:

Manba:

Ta‘lim
Facebook’ga ishga kirish intervyu jarayoni