EYZENXAUER Duayt Deyvid

EYZENXAUER Duayt Deyvid

EYZENXAUER Duayt Deyvid (1890.14.10, Denison, Texas shtati — 1969.28.3, Vashington) — AQSHning 34prezidenti (1953—61). Respublikachilar partiyasidan saylangan. Armiya generali (1944). Ittifoqchilarning Gʻarbiy Yevropadagi ekspeditsion qoʻshinlari oliy bosh qoʻmondoni (1943-yil, dek.); AQSHning Germaniyadagi okkupatsion qoʻshinlari qoʻmondoni (1945-yildan); NATO qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondoni (1950—52). Eyzenxauer 1961 yil harbiysanoat kompleksi taʼsirining kuchayishi xavfini oldini olishga chaqirgan. AQSH hukumatining Yaqin va Oʻrta Sharqdagi tashqi siyosatini ifodalovchi Eyzenxauer doktrinasi tashabbuskori.

Ensiklopediya.uz
EYZENXAUER Duayt Deyvid