EYFEL MINORASI
EYFEL MINORASI — A. G. Eyfel loyihasi boʻyicha Parijda qurilgan metall minora. 19-asr texnikasi yutugʻi ramzi sifatida Jahon koʻrgazmasi (1889) uchun qurilgan. 1931-yilgacha dunyoning eng baland va ogʻir inshooti hisoblangan (bal. 300 m ga yaqin, massasi 9 ming tonna, shundan 7,3 ming tonnasi metall konstruksiyalar). Minoraning quyi qismi kvadrat piramida shaklida, uchida pavilyon va mayoq bor, tepasida. diametri 1,7 m li maydoncha qurilgan. Radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarning muhim markazi hisoblanadi. Eyfel minorasini qurishda metall konstruksiyalarni montaj qilishning oʻsha davr uchun eng ilgʻor hisoblangan usullari qoʻllangan. Eyfel minorasi Parij aholisi va sayyohlar uchun eng qiziqarli koʻngilochar maskan hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
EYFEL MINORASI