ETNA

ETNA

ETNA (yun. — alangalamoq) — Sitsiliya o. ning shim. sharqiy qismidagi harakatdagi vulkan, Italiyada. Bal. 3340 m (Yevropada eng baland vulkan). Shakli yassi konussimon. Yon bagʻrida juda koʻp mayda krateri, bazalt va andezitli lava oqimlari hamda qalin vulkan kuli qatlami bor. E. faol vulkan. 1669-yilda quchli, 1983-yilda soʻnggi bor otilgan. 800—900 m balandlikkacha bogʻ va tokzor hamda dalalardan, undan yuqorisi butazor va oʻrmonlardan iborat. Turizm rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
ETNA