ETIL SPIRTI
ETIL SPIRTI (vino spirti, etanol) , S2N5ON — bir atomli alifatik spirtlarning muhim vakili. Mol. m. 46,069. Rangsiz, oʻtkir taʼmli, spirtlarga xos hidli suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi — 114,5°, qaynash t-rasi 78,39°, zichligi 789,27° kg/m3 (20°da). Suv bilan cheksiz aralashadi va tarkibida 95,57% spirt, 4,43% suv boʻlgan azeotrop aralashma hosil qiladi. Absolyut sof spirt olishda 2 usuldan foydalaniladi. 1usulda suvli spirtga ozroq benzol qoʻshiladi va hosil boʻlgan aralashma fraksiyalab haydaladi. Bunda avval suv, spirt va benzol aralashmasi, keyin spirtning benzol bilan aralashmasi va nihoyat, oxirida sof spirt haydaladi. 2usulda 96% li spirtni kalsiy (P)oksid yoki qizdirilgan mis (P)sulfat bilan isitiladi. Bunda suvning asosiy massasi chiqib ketadi, spirt tarkibida ushlanib qolgan 0,2 — 0,3% suvni spirtga metall holdagi kalsiy yoki magniy qoʻshib haydash yoʻli bilan ajratiladi.
Ensiklopediya.uz
ETIL SPIRTI