Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati

Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati 65ca875b8b58b

sddefault

Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati

Mundarija скрыть
Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
DO`STLARGA ULASHING:
Axloqshunoslik — bu axloq nazariyasi bo‘lib, kishilarning axloqiy hayotini o‘rganadigan, axloqiy hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U o‘z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar ekan, faqat axloqning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, funkstiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Axloqshunoslik mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar, filosofiyaning tarkibiy qismi, hattoki, uning yadrosi hisoblanar edi. Faylasuflar dunyoqarash muammolari (insonni o‘rab olgan olam, odamning shu olamdagi o‘rni), dunyoni bilish yo‘llariga javob berish jarayonida ular jamiyatda odam qanday yashamog‘i va faoliyati qanday bo‘lmog‘i kerak, uning ijtimoiy burchi, vazifasi nimadan iborat bo‘lishi kerak, insonning turmush kechirish normalari va boshqa shu kabi savollarga ham javob topishga uringanlar. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Bu fanni Yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘lgan. Birinchi guruhga- falsafa va matematikani ; Ikkinchi guruhga — axloqshunoslik va siyosatni; Uchinchi guruhga esa- sanat , hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritgan. -Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq xaqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Axloqshunoslik» deb ataganlar. Hozirgi kunda bu fan ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb yuritilmoqda Xo‘sh, «axloq» iborasi nimani anglatadi? Modomiki, axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganar ekan, biz dastlab «axloq» iborasining mazmun va mohiyatini anglab olishimiz kerak. «Axloq» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va hatti-harakatining keng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, keng qamrovli qismini axloq egallaydi Odob — inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Xulq — oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy hatti-harakatlarning majmui. Axloq esa — jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig‘indisidir. Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‘tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro‘parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O‘tiring, otaxon», deb joy bo‘shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo‘ladi: chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan» deb qo‘yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o‘zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‘shatmasa, g‘ashimiz keladi, ko‘nglimizda: «Buncha beodob, surbet degan tasavvurni uyg‘otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‘shatgani yoki bo‘shatmagani oqibatida vagondagi yo‘lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi. Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo‘ni-qo‘shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko‘ngil, ochiq qo‘l, doimo o‘z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz Xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, u qo‘ni-qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, tuy-ma’rakalarda janjal ko‘tarsa, sal gapga o‘dag‘aylab, musht o‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin hatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o‘tkazmaydi. Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori o‘zi mas’ul hududda doimo qonun ustivorligini, adolat qaror topishini ko‘zlab ish yuritadi, lozim bo‘lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi: oddiy fuqaro nazdida nafaqat o‘z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi U umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag‘ishlagan yuksak axloq egasi: u o‘zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo‘lib, o‘sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun ximoyachisi bo‘laturib, o‘zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‘lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo‘ladi. Oddiy fuqaro nazdida birgina kishi prokuror adolatsiz emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‘onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o‘sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi. Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o‘z yakka hukmronligi yo‘lida millionlab begunoh insonlarni o‘limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Gitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari hatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi. Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik-xushxulqlilikka, xushxulqlilik esa yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan badxulqlilikka, badxulqlilikdan esa axloqsizlikka o‘tadi. Axloqshunoslik fani etik relyativizm (vakillari Protogor, Georgiy), etik rastionalizm (vakillari Suqrot, Aflotun, Arastu, epikur), evdemonizm, Gedonizm, Asketizm, Kiniklar va Stoik maktabi, shuningdek, Ongli egoizm nazariyasi (namoyondalari Spinoza, Gelvestiy, Golbax) ko‘rinishlarda faoliyat yuritganlar. Bu oqim va maktablarda ijod qilgan buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda Sharq mo‘tafakkirlari tomonidan yaratilgan Kaykovusning «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub-ul-qulub», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag‘ishlangan asarlar ham ma’naviy tafakkur xazinasida o‘z mustahkam o‘rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o‘ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning omuxtaligidadir. Biz bu o‘rinda ayrim axloqiy ta’limotlarga qisqacha bo‘lsada izoh berib o‘tamiz. Gedonizm — (grekcha, hedone – huzur-halovat) – axloqshunoslik nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash prinsipi bo‘lib, bu prinsipga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob-uqubatdan qutkazuvchi narsa yaxshilik deb, azob-uqubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb ta’rif qilinadi. Insondagi unga tabiat tomonidan jo qilingan va uning ish amalini belgilaydigan bosh harakatlantiruvchi ibtido huzur-halovatdan iborat, degan tasavvur gedonizmning asosini tashkil etadi. Huzur-halovatga erishish maqsadi birdan bir ishtiyoq va shu bilan birga axloqiy talab deb e’lon qilinadi. Gedonizm axloq-odob prinsipi sifatida kishilarga dunyoning shod-xurramligiga, o‘zlari uchun va boshqalar uchun maksimal rohat-farog‘at olishga intilishni buyuradi. Gretsiyada Aristipp axloqshunoslikning muxlislari bo‘lgan va huzur-halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. Hozirgi zamon burjua nazariyalarida gedonizm odatda faqat metodologik prinsip yaxshilikni ta’riflash usuli sifatidagina mavjuddir. Bugungi kunda axloqshunoslik olimlarining ko‘pchiligi yaxshilikni huzur-halovat orqali ta’riflashni axloq problemalarni qo‘pol sayqallashtirish va vulgarlashtirish deb hisoblamoqdalar. Asketizm (grekcha askeo – Mashq qilayotibman) – zohidlik – dunyoning huzur-halovatidan o‘zini haddan-tashqari tiyish yoki diniy kamolotga erishish uchun noz-ne’matlardan nihoyat darajada voz kechish bilan xarakterlanuvchi prinsip. Dastlabki vaqtlarda, qadimgi Gretsiyada asketizm ezgulik fazilatini mashq qilish deb atalgan. Asketizm qadimgi Sharq diniy ta’limotlarida keyin esa Pifagor ta’limotida nazariy jihatdan asoslab berilgan. Ilk xristianlikda umrini halovatdan va riyozatdan, ro‘za tutib va namoz zohid) deb atalgan. Reformastiya davrida asketizmning ilk xristianlik va o‘rta asrchilik ideali o‘zgardi. Protestantizm «dunyoviy asketizm» talabini ilgari surdi. Ilk dehqon va proletar harakatlari asketizmga da’vat qilgan edilar. Bu, hukmron sinfini zeb-ziynat ichida va bekorchilik bilan yashashiga qarshi norozilik formasi edi. Keyinchalik axloqshunoslik ilmida asketizmni aqlga to‘g‘ri kelmaydigan va oqlab bo‘lmaydigan fidoiylik deb, axloqiy kamolot haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarning natijasi deb qaraldi. Yevdemonizm (grekcha, eudamonia – rohat-farog‘at, baxt-saodat) – axloqshunoslikning gedonizmga yaqin metodologik prinsipi. evdemonizm antik dunyo axloqiy nazariyalaridayoq eng to‘liq ravishda namoyon bo‘lgan edi. (Demokrit, Suqrot, Aristotel). Baxtga intilishni evdemonizm axloq-odobning mezoni va inson axloqiy hatti-harakatining asosi deb hisoblaydi, shaxsiy baxtga intilish–individualistik evdemonizm, ijtimoiy baxtga intilish–sostial evdemonizm deyiladi. XVIII asrdagi fransuz materialistlari (Gelvestiy, Didro) ham evdemonizm tarafdori edilar, ular inson baxti–har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub maqsadidir, deb e’lon qilgan edilar. evdemonistik axloqshunoslik o‘z aktivligi va insonparvarligi bilan xristianlik axloqshunosliksidan beqiyos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki yerda baxtga erishishga da’vat etadi. Biroq evdemonizm baxt tushunchasiga qandaydir umuminsoniy, g‘ayri tarixiy ma’no beradi, vaholangki antagonistik sinflarga bo‘lingan jamiyatda insonning vazifasi haqida yagona bir tasavvur bo‘lmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas. Baxt ham o‘sha sostial sharoitga bog‘liqdir. Binobarin, axloq-odobni evdemonistik asoslash ilmiy emasdir. Egoizm (lotincha, ego – men)–xudbinlik, hayotiy prinsip va axloqiy sifat, ular insonni uning jamiyatga va boshqa kishilarga munosabati nuqtai nazaridan tavsiflaydi. egoizm shunda ifodalanadiki, inson o‘z hatti-harakatida faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi, jamiyatning va tevarak-atrofdagilarning manfaatlari bilan hisoblashmaydi. U individualizmning ko‘rinishlaridan biridir. egoizm xususiy mulkchilik munosabatlari uchun juda xarakterlidir. Axloqiy sifat tariqasida egoizm, insoniyatning axloqiy ong tarixida odatda salbiy baholanib kelgan, ammo shunisi ham borki, feodal jamiyatning hukmron tashkilotlariga qarshi kurash davrida egoizm har bir shaxsning baxtiga intilish huquqini asoslashda muayyan rol o‘ynagan. egoizmni targ‘ib qiluvchi nazariyalar tobora ko‘proq antisostial yo‘nalish (Shtirner), so‘ngra esa reakstion mazmun kasb etgan (Nistshe), soxta axloqiy prinsip sifatida egoizmga ongli ixlosmandlik esa aynib amoralizmga aylanib ketgan. Stoiklar nuqtai nazaridan axloq olamiy kosmos qonun bilan olamiy aqlning tarkibiy qismidir. Axloqqa muvofiq yashash ommaviy qonun bilan kelishib yashash, demakdir. Tabiiy olam tartiboti aqlga, maqsadga muvofiq bo‘lgani kabi shu olam tartibotining bir qismi bilan odam tabiati ham aqlga muvofiqdir. Lekin bu mukammal holat faqat donishmandlargagina ayon bo‘ladi. Demak, odam dono va axloqli bo‘lmog‘i uchun o‘zini doimo tarbiyalab bormog‘i lozim. Faqat axloqiy mukammal shaxsgina tashqi muhitning axloqiyligiga hamisha qarshi turishi mumkin. Ularning fikricha tabiatda hamma narsa bir-birini taqozo qiladi va oldindan belgilangan, olamda muqarrar zaruriyat hukmron. Shu sababli odam mutloqo beye’tiroz unga bo‘ysunmog‘i lozim. Aks holda u o‘z hatti-harakatlari va intilishlari asoratiga to‘shadi va o‘zining ichki erkinligidan mahrum bo‘lib azobga duchor bo‘ladi. Odam faqat o‘zining ruhiy dunyosini o‘zgartirishi, uni mukammallashtirishi va shu yo‘l bilan erkinlikni qo‘lga kiritishi lozim. Axloqshunoslik ilmi falsafa fani bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so‘ng) alohida falsafiy yo‘nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni keng ma’noda quyidagicha talqin etish mumkin. Ma’lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chiqkan holda falsafaning tadqiqot obyektini tafakkur taraqqiyoti tashkil etadi va u amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois, uni «axloq falsafasi» yoxud «ezgulik falsafasi» deb atash mumkin. Hozir u falsafiy fan sifatida uch yo‘nalishda ish olib boradi, ya’ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etar ekan, u axloqni: birinchidan, bayon qiladi; ikkinchidan, tushuntiradi; uchinchidan, o‘rgatadi. Shunga ko‘ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va rasmona-me’yoriy tabiatga ega. qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero, sof nazariy axloqshunoslikning bo‘lishi mumkin emas. U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etib, axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi. Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning nafosatshunoslik (estetika) bilan aloqasi qadimiy va o‘ziga xos. Avvalo, insonning har bir hatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go‘zallik), ham nafosat (tashqi go‘zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. Shu bois Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ko‘p hollarda axloqiylikni ichki go‘zallik, nafosatni tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ma’lumki, san’at nafosatshunos-likning asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko‘tariladi va san’atkor doimo o‘zi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, nafosatshunoslik axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo‘ladi.
Axloqshunoslikning dinshunoslikbilan aloqasi shundaki, Har ikkala fan ham bir xil muammo-axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo‘lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqka ana shunday ta’sir o‘tkazganlar. Chunonchi, islom dinini oladigan bo‘lsak, qur’oni Karim, Hadisi Sharif, Ijmo’ va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi. Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda ko‘p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, axloqni jamoatchilik asosdagi huquq, huquqni esa qonunlashtirgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot obyektlari ko‘p jihatdan o‘xshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi. Huquq me’yorlarining bajarilishi odatda maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orqali majburiy sankstiyalar asosida yo‘lga qo‘yiladi: axloq me’yorlari esa umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar yordamida emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muhim bo‘lgan amaliy axloq jihatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi. Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas bog‘liq. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini, pand-nasihatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bois axloqshunoslik o‘zining nazariy ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, maorif tizimidagi ta’lim-tarbiya o‘zini har bir kadamida axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. qadimdayoq axloqshunoslikning ruhshunoslik bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar hatti-harakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini o‘rganadi. Lekin bu o‘rganish ikki xil nuqtai nazardan olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu hatti-harakat, fe’l-atvor, sababiy asos (motiv)larning va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi. Axloqshunoslik ruhshunoslik tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi. Axloqshunoslikning sotsiologiya bilan aloqasi o‘ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy muruvvatlaridan bo‘lmish axloqni o‘rganadi. Lekin axloqshunoslikning miqiyosi bu borada keng. Ma’lumki, sostiologiya insonlarning ommaviy hatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. Axloqshunoslik esa, o‘z mohiyatiga ko‘ra, lozim bo‘lganda, muayyan ijtimoiy tuzum davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug‘i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli hatti-harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini o‘rganadi. Axloqshunoslikning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, o‘ziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqozo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarning mosligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari o‘rtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajaga axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo‘ladi. Bu hozirgi kunda axloqshunoslik ham, siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy muammolardan biridir. Shuningdek, rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi maxsus sohalari ham, siyosatshunoslik bilan chambarchas bog‘liq. Bundan tashqari, keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko‘prok insonning o‘zi, o‘zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarni tahlil etish bilan shug‘ullangan, uning tabiatiga bo‘lgan munosabati diqqat markazidan chetga qolib ketgan. Lekin, keyingi davrlarda, ayniqsa, XX asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo‘lgan ekologik muammolar ko‘proq bu manzarani o‘zgartirdi. endilikda global ekologik muammolar ko‘proq odamlarning ijtimoiy axloqiy nuqtai nazarlari bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘lib qoldi. Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etish axloqshunoslikka borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu — axloqshunoslik ekologiyani to‘lik o‘z ichiga oladi, degan so‘z emas. Chunki bunda axloqiy baholash va boshqarish obyekti sifatida tabiatning o‘zi emas, balki odamning tabiatga bo‘lgan munosabati maydonga chiqadi. Axloqshunoslik hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm-zo‘ravonlikka, adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina yolg‘onga bo‘ysundirilgan, soxtalashtirilgan hamda shu yo‘l bilan uning ahamiyati pasaytirilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan yana axloqshunoslik yangi jamiyatda tobora o‘z yuksak mavqeini egallab bormoqda. Shu o‘rinda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirish joiz: «Aslini olganda, axloq-ma’naviyatning o‘zagi»,«Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomalalikdangina iborat emas. Axloq — bu, avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik degani». Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik ko‘rinishlariga loqayd qarovchilarga va axloqshunoslikni yengil-yelpi, ikkinchi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolatli zarba bo‘lsa, ikkinchi tomondan axloqning yangi jamiyatimizdagi ulkan mavqeini hamda axloqshunoslikning jiddiy nazariy tadqiqotlariga suyanishi kerakligini ta’kidlaydi. Zero, hozirgi sharoitda totalitar tuzum ta’qiqi yoxud ta’qibiga uchragan milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar hamda qadimiy urf-odatlarimiz, an’analarimiz yangi zamon ma’naviy qadriyatlarini yaratishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ana shu yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o‘z o‘rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo‘lib kelgan axloqka yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi. Ayni paytda, ularni axloqshunoslik fani oldida turgan vazifalarning bir qismi, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy axloqshunoslik vazifalari deb atash mumkin. Zero, fanimizning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarini hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqida alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Ulardan biri, eng muhimi sayyoramizda «etosfera — axloqiy muhit davr»ni yaratish bilan bog‘liq. Ma’lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va hukmron qismi sifatida yashab keldi. XIX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda u o‘z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy inqiloblar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani — texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz, yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz. Ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, lift, kompyuter, poyezd, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, kimyoviy dori-darmonlar va h.k. Bugun video telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak, necha kunlab yo‘l bosish kerakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i bu esimizga ham kelmaydi. Chunki, texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan. Faqat bugungina emas, inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata boshladi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan geologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Bu haqda noosfera ta’limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy shunday degan edi: «Bugun geologik davr mobaynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o‘zgarishga kirishdi. Aftidan, inson ilmiy tafakkuri harakatining bu tomoni tabiiy hodisa bo‘lsa kerak. Hozir biz biosferadagi yangi geologik zvolyustion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga kirib boryapmiz. Ammo noosfera faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kalliballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari noosferaning vujudga kelishi atmosferaning olamiy okeani, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib keldi. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlari jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay okeanda kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson ko‘ra-bila turib, o‘zi o‘tirgan shoxga bolta urishni to‘xtatmayotir. Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, eng avvalo global ma’noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorenst: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasining asosiy sababi sivilizastiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy tuposlikdir», degan so‘zlari shu nuqtai nazardan ayni haqiqat. Shuningdek, yana bir muhim muammo bu — biologik axloqshunoslik. Mazkur hodisa so‘nggi bir necha o‘n yillik ichida sof tabobat muammosidan to‘laqonli axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a’zosini boshqa bemorga jarrohlik operastiyasi yo‘li bilan o‘tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki, tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to‘xtaganda isbotlab berdi. Dastlab miya qobig‘i, undan keyin miya tanasi halok bo‘ladi. Shundan keyingina insonni o‘lgan deb isbotlash mumkin. Zero, hozir toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom ettirishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurakning yoki buyrakning ko‘chirib o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir. Buning ustiga, amerikalik kardioxirurg Pol Person o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka o‘tkazilganida, yoki 20 yashar qizning yuragi va o‘pkasi 36 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga kelgan, hatto, kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash mumkin? Biologik axloqshunoslikning anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi, bu — abort. Ma’lumki, to‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo‘ladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday abort xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir. Xo‘sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi? Bu savollarga ham axloqshunoslik javob topmog‘i lozim. Bizning fanimiz oldida ana shunday global vazifalar turibdi. Aynan shu vazifalarni bugungi kunda axloqshunoslikning ahamiyatini belgilab beruvchi barometrlar, deyishimiz mumkin. Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘zining boy tushunchalari sistemasiga ega bo‘lib, ular vositasida o‘z xulosalarini shakllantiradi, to‘plagan bilimlarini ifodalaydi va umumiy axloqshunoslik nazariyasi, tarixiy axloqshunoslik, normativ axloqshunoslik, professional axloqshunoslik, axloqiy tarbiyaning axloqshunoslikviy nazariyasiga bo‘linadi. Umumiy axloqshunoslik nazariyasi metodologik muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi, axloqning tabiati, mohiyati, spestifikastiyasi, uning tarkibiy elementlari va bu elementlarning o‘zaro aloqadorligini izohlaydi, axloqiy ong rivojlanish xususiyatlarini, axloq taraqqiyotidagi ijtimoiy-sinfiy sabablarni, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini, uning hozirgi holatini taraqqiyot tendenstiyalarini o‘rganadi. Tarixiy axloqshunoslik axloqning tarixiy formalarini, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini va sinfiy jamiyatda axloqda sinfiylikning qaror topishini, axloqiy nazariyalarning tarixiy taraqqiyoti va ularning tarixdagi o‘rnini tadqiq etadi. Normativ aksiologik axloqshunoslik axloqiy normalarni axloqiy zaruriylik (majburiylik) talablarini axloqiy ongning asosiy tushunchalari sifatida qarab, ularning ijobiy ahamiyati, qimmati jihatidan o‘rganish va asoslash bilan qiziqadi. Kasbiy axloqshunoslik u yoki bu kabi faoliyat doirasida kishilarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan ma’lum bir axloq normalari sistemasini yaratish va asoslash vazifalari bilan shug‘ullanadi. Axloqiy tarbiyaning axloqshunoslikviy nazariyasi tarbiya jarayonida axloqiy omillardan samarali foydalanish vositalarini belgilab, dunyoqarash ta’limi masalalari bilan shug‘ullanadi. 1. Ilm dunyosidagi, xar qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo‘lmaydi, degan xikmat, ayniqca, axloqshunoslikka taaluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakko‘rninr vujudga kelishi xamda uning taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi, ma’naviy merosning ulkan, qismi bo‘lmish axloqiy ta’limotlar, xikmatlar, pandlarni zamonaviy jamiyat xayotiga tadbiq etish va targ‘ib qilish yo‘llarni tahlil etadi. Garchand xar bir axloqiy kopsepsiya ma’lum bir mutafakkir muloxazalari va faoliyatining mevasi bo‘lsa-da, u, moxiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, to‘rli odob va etiket qonun- qoidalarini o‘z ichiga oladigan axloqiy targ‘ibot muammolari, axloqiy pand-o‘gitlar va me’yorlar talablarni bajarish, axlokiy boshqarish soxasiga kiradi xamda axloqshunoslikning odatda “amaliy axloq” deb ataladigan qismini tashkil etadi. Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo‘lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (Shumer) alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo‘lganlari uchun xam madhetiladi. Chunonchi, yosh ma’budi Utu axloqiy me’yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma’buda Nanshe esa, ba’zi matnlarda haqiqat adolat va shafqathomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma’budlar tomonidan o‘rnatilran “Me” deb atalran qonunlar ro‘yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr to‘xtovsiz va uyg‘un bo‘lishini taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birralikda – “yolg‘on”, ”nifoq”, “gina”, “kudupat”, “qo‘rquv” tushunchalari xam o‘rin olgan. Shuningdek somiriylarning maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning ko‘pchiliri umuminsoniy xikmatlar darajasiga ko‘tarilgan va Sharqda bir oz boshqacharoq shaklda hozir qo‘llaniladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar esa “Gilgamesh” eposi dostonlarida ko‘tarilgan. Somirliklar erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal “Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, yetim-yesir va kam6ag‘allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi. Qadimri Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida “Pxatotep o‘gitlari bizgacha yetib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz yetti nas’hatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki quldorlik davri talablarini chetlab o‘ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so‘z, xolbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan bir nechaming yil keyingi qadimgi Yunonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin. 2.QadimgiTuronzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq Taxminan bundan XXX asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab o‘tiladi, talqin etiladi. Unda Zardushtiylik iloxi Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi: ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy ko‘rashining ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”, kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo‘ladi, ular Axura-Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning aksi esa Axriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir. Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto” ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din ayg‘omchisi Zardushtning “Avesto”dagi Asha alqovidan joy olgan quyidagi so‘zlarni yaqqol ko‘rish mumkin: Quvonsin Axura-Mazda – “Eng loyiq haqning irodasi ro‘yobga chiqib”, Axriman daf bo‘lsin. Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu ishlarni alqayman, o‘zimni butkul ezgu uy, ezgu so‘z va ezgu amallarga baxshida etaman, Barcha qabih uy, yomon so‘z va yomon ishlardan tiyaman, Yukunchim, maqtovim, ezgu fikrim, Ezgu so‘z (savobli) ezgu ishlarim “tanamdagi jonim” bilan birga sidqi dildan Sizlarga (baxshida) bo‘lsin, ey o‘lim bilmas Valiylar. haqni sharaflab (deyman): “haqiqat – Oliy ne’mat. Bu ne’matdan ul kishi bahramandkim, savob unga bo‘lgay, kim agar xaq yo‘lida savob (ishdan) qolmasa, savob ishdan qolmasa, savob ishdan qolmasa” “Avesto”dagitalqinlar insonning real hayoti bilan bog‘liq ekanligidiqqatga sazovor. Undagi ezgulik ruhi – yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, Yovuzlik esa, buzish va buzg‘unchilik kuchi tarzida namoyon bo‘ladi. Axura-Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, yerni inson, hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. Axriman qiyofasidagi yovuzlik esa, qo‘rg‘oqchilik, ocharchilik, kasallik, mollar qirg‘inini, jisman va ruhan halokat singari halokatlarni keltirib chiqaradi. “Avesto”da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyilari bilan birga odam o‘lgandan so‘ng uning ruhi rohat-farog‘atda bo‘lishi, gunohkor, fosih kishiniki esa aksincha: azob-uqubat hamda xunuklik komiga maxkum etilishi aytiladi. Buni professor Tilab Maxmudov o‘zining “ Avesto” haqida” degan katta maqolasida atroflicha yoritadi: solih odam o‘lgach, ruhining joni uch kun uning boshida zavq-shavq, rohat-farog‘at og‘ushida turadi, keyin xushbo‘y o‘simliklar yuziga qalqib chiqadi. Uni ajib bir shabada, muattar nasim qarshilaydi. Shabada qo‘ynida 15 yoshar barcha go‘zllikdan ham go‘zal qiz namoyon bo‘ladi. Bu go‘zal qiz ezgulik va poklik, savob ishlarning timsoli. U ruhga qarata: “Muloyim edim, yanada muloyimroq qilding, chiroyli edim yanada go‘zal qilding, balandda edim, ezgu o‘y, ezgu so‘z va ezgu a’mol bilan meni yanada balandga ko‘tarding” – deydi. Gunoxkor, yovuz odamning ruhi esa, vujud ustida uch kun qolib, tengsiz azoblarni boshidan kechiradi. Uch kundan so‘ng u o‘zi yaratgan barcha yovuzliklar ustida parvoz qiladi. So‘ng tirikligida hech qachon uchratmagan barcha xunukliklardan ham xunukroq qizni uchratdi, “Ey qora yurak, zahar tilli, munofiq gunoxkor – deydi qiz, — men qiz emasman sening tiriklik paytingda qilgan a’mollaringman. Sen tirikligingda Xudoga e’tiqod qilganlarni ko‘ra – bila turib, devlarga sig‘ingansan. Yaqin – uzoqdan kelgan musofirlarga bosh pana berganingda, mexnat kildirganingda xayr-sadaqa ulashganingda, ularni kamsitgansan, yaxshi odamlarni haqorat qilgansan, ularning yuziga eshigingni yopib qo‘ygansan. Men – sen o‘ylagan yomon o‘y, sen aytgan yomon so‘z, sen qilgan yomon a’mollaringman. Nomussiz edim, sen tufayli battar orimni yo‘qotdim, jirkanch edim, yanada jirkanchli bo‘ldim, sharman edim, battaroq sharmisor bo‘ldim”. Bu yerda rux va vujud muammosi ifoda topganini ilg‘ab olish qiyin emas. Zero “Avecro”da jon-rux tushunchasi o‘ta ilohilashtirilmaydi, ma’lum ma’noda “dunyoviy”lashtipiladi va o‘z erasi bilan muloqot qiluvchi vijdon sifatida namoyon bo‘ladi. Shuni aloxida ta’kidlash joizki, “Avesto”da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda yeru ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas bo‘rchi hisoblanadi. Ozodalik, tozalik gigiyenik tyshynchadan axloqni va ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi: suvni, atrof-myxitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o‘tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik — ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo‘lishi keraq Bularning xammasi “Avesto”da ekologik axloqshunoslikning dastlabki ko‘rtaklari xam mavjudligini ko‘rsatadi. Bu muqaddas kitobdagi to‘rli tuman ma’budlar, bizning tushunchamizdagi pir darajasidadir (masalan, temirchilikning piri — hazrati Dovud v.h). Iloh esa- bitta: Axura-Mazda, faqat ungagina sajda qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavxidni targ‘ib etishda xam birinchilik “Avesto”ga mansub. “Avesto”dagi ba’zi bir o‘rf-odatlar va irimlarning xozirgi kunda ham saqlanib qolganini ko‘rishimiz mumkin. Isiriq tutatish, qurbonliq uchun so‘yilgan jon kallasini davradagi o‘tag‘asilar oldiga qo‘yish odatlari xamda sevimli Navro‘z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Xullas, “Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy estetik qomusi, qadimiy urf-odatlarimizning o‘ziga xos majmui sifatida qimmatlidir. 3. Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Xindiston axloqiy tafakkuri alohida o‘ringa zga. U tarixan vedachilik, yoga, jaynchilik, Buddachilik, “Bxagavadgita” va “Artxashastra” xamda lokoyata oqimlaridan tahsil topgan. Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyarini to‘rt tabaqa — varnaga buladi; braxmanlar(koxinlar), kshatariylar(xarbiylar), vayshchilar(dexqonlar, kosiblar), shchudralar (qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti- ta’lim berish, Vedani o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuxfalar olish, kshatariylar fuqarolarni ko‘riqlaydilar vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dexqonchilik bilan shug‘yllanadilar; shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruxga xizmat qiladi. “Xotin, o‘g‘il va qul — uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bulsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulkidir” – deyiladi. “Manu qonunlari”da. Vedachilik axloq ko‘ra, braxmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar, shudralar esa tug‘ma-tuban axloq egalari hisoblanadi. Lekin keyingi oqimlapda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, Buddachilik axloqshunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bulish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsni kamoloti bilan bog‘liq degan fikr ilgari suriladi. Budda ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutilishning yo‘lini topish. Naql qilinishicha, uz tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko‘radi. Xar bir kishini kasallik, qarilik va o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo qiladi va to‘rt ezgu haqiqatni anglab yetadi hamda uni odamlarga yetkazadi. Uning qisqacha bayoni shunday: 1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la. 2. Bu iztiroblarning sabablari bor. Z. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. . 4. Iztiroblarga barham bershga oli6 boradigan yo‘llar mavjud. Buddaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U Budda o‘tgan va hammaning o‘tishi mumkin bulgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik bilan so‘nib bo‘lgandan keyingi holatga) yetishish yo‘lidir. U sakkiz fazilatga erishuvdan iborat: 1) to‘g‘ri qarashlar; 2) to‘g‘pi jo‘r’at; Z) to‘g‘ri xatti-harakat; 4) to‘g‘ri nutq; 5) to‘g‘ri hayot tarzi; 6) to‘g‘ri jahd-jadal; 7) fikrni to‘g‘ri yo‘naltirish; 8) diqqatni to‘g‘ri qaratmoq. Shunday qilib, sakkiz yo‘l bir-birini taqozo etuvchi uch omil — bilish, xatti -harakat va diqqatning birligidan iborat. Bilim va axloq bu o‘rinda yaxlitlikka ega; fazilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib chiqadi, shu sababdan bilimni fazilatsiz takomilashtirish mumkin emas. Bu axloqiy komillikka yetishishning tygallangan konsepsiyasi “Sochlarining fatilasi, sulolasi yoki zoti tufayli brahman bulmaydi. Kimdaki xaqiqat va dhamma bo‘lsa, o‘sha baxtli va o‘sha brahman”, — deyladi Buddachilik axloqiy qoidalari jamlangan kitobda. Shunday qilib, Buddachilik tomonidan vedalar obrusi, braxmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo‘lish qoralandi. Shubxrsiz, bu axloqiy taraqqiyot ko‘rinishlaridan biri edi. Buddachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi Xitoyda xam o‘ziga xos mavqe egalladi. Lekin u yerda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi katta amiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri daochilik. Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI — V asrlar) yipik namoyondasi Chjuan-szi (miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Lao-sziga nisbat beriladigan “Dao de szin” kitobida daochilikdagi asosiy yunalishlarning moxiyat aks etgan. “Dao — xamma narsadan ustun”, “ildiz”, “Yer va osmonning onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “si” esa moddiy asos, dao “de” ni — fazilatni undan yaratadi. Shuningdek, “dao” yo‘l ma’nosini ham anglatadi. “dao de szin”ni “Fazilat yo‘li” deb ham atash mumkin. Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. har qanday suniy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdadir. Shu sababli Lao-szi nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili “uvey” — faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyat. Ayni paytda, Lao-szining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni odamlarga tarqatmaydi, faqat xalqning farovonligi uchun ishlatadi; “Xalqning bilimi kuchli bo‘lsa, uni boshqarib bo‘lmaydi. Uning yemagini Totli, kiyimini chiroyli, uy-joyini tinch, hayotini quvonchli qilish kerak”. Ana o‘shanda, ya’ni ilm fan taraqqiy etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat qo‘shni davlatga ko‘z olaytirmaydi, urush bo‘lmaydi. Xullas, donishmand ibtidoiy davrlarni ideallashtiradi. Xulosa qilib aytadigan bulsak, daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqcad- odamlarning tabiat ko‘rsatgan yo‘ldan borishiga erishish; tamoyili-faoliyatsizliq xalqning baxti — uning urug‘chilik, qabilachilik munosabatlaridagi tenglik va soddalikka qaytishda donishmandlarning baxti esa mo‘tadilliq xotirjamlik, tabiatga yaqinlikdadir. Daochilikning asosiy raqibi hicoblanmish konfutsiychilik esa qora xalqdan nodonligi uchun jirkanadi, uni axloqiy xayotra nomunosib deb biladi. Zero, konfytsiychi.likninr axloqiy ideali szyun-szi himmatli jo‘mard. Uning yuksak fazilatlari — fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U muomala bobida muloyim, yuksak martabalilarga ho‘rmat bilan mo‘rojaat qiladi, xalqqa nisbatan esa himmatli, adolatli munosabatda buladi: Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy. axloqiy tushuncha-jen (insoniylik).“Lun yuy” ( “Xikmatlar”) kitobida shunday deyiladi; “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”. “Uzingga ep ko‘rmagan napsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda xam, oilada xam o‘zinga nisbatan yovlik his qilmaysan”.Demak, jen — xam jamiyat, xam oila a’zolapi orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” — ota-onani, kattalarni xo‘rmat qilish, “li” — o‘rf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustaxkam bog‘liq. Ayni paytda “li” tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Xoqon (imperator) — Osmon o‘g‘li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa kuyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”. Fazilat erasi bo‘lishning konfytsiychilikda ikki xil yo‘li aniq ko‘zga tashlanadi: xalq uchun — urf-odatlarga so‘zsiz, o‘ylab o‘tirmasdan bo‘ysunish; himmatli jo‘mard uchun esa o‘zini axloqiy jihatdan takomillashtipa borish va axloqiy bo‘rchini ongli ravishda bajarish. Konfutsiychilikning himmatli jo‘mard tarbiyasi; tizimidan hikmatlari xozir xam o‘z axamiyamni yo‘qotran emas.“Ustoz debdi: Yu, sen olti illatning olti bosqichini bilasanmi?” Szin-lu: “Yo‘q” deb javob beribdi. Ustoz debdi; “Unday bo‘lsa, o‘tir, aytib beraman. Insonparvarlikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shyndaki bu — befarosatlikka olib keladi,. donishmandlikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik illat shundaki, bunda inson o‘z umrini mayda ishlarga sarflaydi, xaqiqatgo‘likni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, bu – o‘ziga zarar yetkazishga olib keladi, to‘g‘rilikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, bu — qo‘pollikka olib keladi; mardlikni sevish-u ilm olishni sevmaslik, bu — isyonkorlikka olib keladi, qat’iylikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, bu — boshboshdoqlikka olib keladi”. Konfutsiy qarashlarini uning izdoshlari Men-szi, Syun-szilar davom etgirdilar. Bu ta’limot Xan davridan (miloddan avvalgi II asrdan milodning II asri) boshlab, to XX asrning boshlarigacha Xitoy mafkurasiga asos bulib xizmat qilib keldi.Bundan tashqari konfytsiychilikka qarshi to‘rgan Mo-szi, Xan Fey-szi, Van Chun singari axloqshunoslarning qarashlari xam Xitoy axloqiy tafakko‘ri tarixida o‘z o‘rniga zga. Qadimgi Sharq axloqshunosligi zrishgan yutuqlar shunchaki tarix bulib qolmadi. Ularni o‘zlashtirish natijasida, Sharq bilan yaqin aloqa qilish uchun jyg‘pofiy kulayliklarga ega bo‘lgan Qadimgi Yunonistonning polislarida (shaxardavlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga ko‘tarildi. Keyinchalik qadimgi Sharqda ilgari so‘rilgan g‘oyalar, qo‘llangan tushunchalar, nazariy-amaliy tajriba bilvosita bugun Ovro‘po uchun ham ahamiyat kasb etdi. Chunonchi, Mashhur afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan talim oldi. U zardyshtiylik dini xaqida fikr yuritar ekan, Axo‘ra-Mazdani “Ularning xudosi Oramazdaning qalbi xaqiqatdan, vujudi no‘rdan iborat”, deb tariflaydi. Shuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu singari Qadimgi Yunon allomalari xam qadimgi Sharqdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlardan keng foydalanganlar.Masalan, ruxning ko‘chib o‘tishi borasidagi Aflotun nazariyasining falsafiy va axloqiy asoslari Qadimgi Hindiston falsafasiga borib taqaladi. 4. Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk faylasufning nomini tilga olish odat bulib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulargacha xam Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilingan. Chunonchi, Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Demokritning (taxminan miloddan avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik, u donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa axloqiy xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida tariflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun xayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynanshular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi. Demokrit Kadimgi Yunon faylasuflari ichida, birinchi bo‘lib insonning ichki dunyosiga murojaat qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda, “Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi balki niyati orqali xam bilib olsa bo‘ladi”, deydi mutafakkir. Demokpit hayo va ishonchni insonni qing‘ir ishlardan qaytarib turuvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruhan zaif va gumrroh odamlargina o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir va tasodifdan ko‘radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda xayotning maqsadi haqida noto‘g‘pi tasavvo‘rga ega bo‘lgani uchun o‘zini baxtsizlikka mubtalo qiladi. Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq.bilan hyqyqni bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, o‘sha adolatdandir”. Ikkala mutafakkir xam xukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog‘laydi, jacopat va betama’ xizmat namunalarini uz davlatlari o‘tmishidan topadi. Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas, ular ota bilan o‘g‘ilga o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati — o‘zgarmas va abadiy ayol fazilat bo‘lmish donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruxni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o‘lmas deb xisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qizikuvchanlik zararli. Chunki ma’budlar o‘zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarninr tadqiq etilishini yoqmaydi. Suqrotdan farqli o‘laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427- 347) axloqshunosligi uchun aksincha, g‘oyalar va rux xaqda ta’limotlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko‘ra, bizga ko‘rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli ojizlik qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilib ko‘yilgan tutkunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan mangu- o‘lmas rux mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop yerga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb, jon) g‘oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tyg‘iladi. Insonning tyg‘ilishi , shunday qilib, ruhning gynoxga botishi barobarida voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlariiing bazilarini eslaydi va vujuddagi xayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan. Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon bo‘lishi deb biladi va davlatni boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. Yovqurlik — qo‘riqchilarga davlatni ximoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning — xirsli qismi bilan bog‘liq bo‘lgan mo‘tadillik xunarmand-kosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo‘ysunishi shart. Ulardan so‘ng qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko‘ra, adolat — shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. Shu sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan shyg‘ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi. Shuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan soxa bo‘lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shyg‘ullanishi kerak. Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unta iqtido qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi. Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul qilingan) “Etika” degan nomni berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z aksini topgan. Arastu qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari ma’naviy soxa bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intilyvchan(ixtiyoriy) qismi — sof axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. “Fazilat, — deydi Arastu — ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”. Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo. Shuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard ma:qsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida bo‘lmaydi. Arastu Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi, inson kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, xirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik mavqeiga ega. Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko‘radi, maqsad vositani belgilaydi, shu sababli maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad axloqsiz vositalarni talab qiladi. Arastu aql — idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca bilan qiyoslab bo‘lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida subyekt va obyekt, fikr va fikrning narsa xodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xydo) tafakkur xaqidagi tafakkurdir. Garchand inson xech qachon iloxiy xayot darajasiga yetisha olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak, inson erishgan komillik doimo nisbiy bo‘ladi. Shunday qilib Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo‘g‘rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk beradigan, o‘zini tutolmaydigan inson, ularda extiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar, shuning uchun xam donishmandlik ularga xos emas, xotin erga bo‘ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm fan ozod kishilar uchun, qul, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot, qullarni past tabaqali kishilar, xatto jonli narsalar qatoriga kiritish Arastuning inson moxiyatini ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan, qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi odam yo Xudo, yoki xayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega bo‘lmagan qullar odam xisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi. Arastu yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo‘yadi va bu bilan mushoxadakor hayotni, nazariyara, ijodga bag‘ishlangan xayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga ko‘ra, buyuk mutafakkir antik, dunyo fuqarosining an’naviy fazilatlari bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning xozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va xayrixoxlikni tan oladi. Epikur esa o‘z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi: “Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so‘zlari ma’nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan xech qanday foyda bo‘lmagani kabi, puh (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan xam foyda yo‘q.” Epikurning fikriga ko‘ra insonda tanlov ixtiyori bor. U xam Demokrit kabi ezgulik xaqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhim ruhiy xotirjamlik. Do‘stlaridan birini u shunday deb yozadi; — “3arrin to‘shagu to‘kin dasto‘rxoning bo‘lib, bexalovat yashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda xotirjam yotganing afzal!” Fazilatlar orasida Epikyp adolat bilan donishmandlikka aloxida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik xollari mavjudligini ta’kidlab o‘tadi: “Umuman, adolat xamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning o‘ziga xosligi nyqtai nazaridan va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bulolmay qoladi” Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan, xotirjamlikka hamda ruxning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan yuzaga keladi. O‘lim qarshisidagi qo‘rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning o‘lmasligi va iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto‘ri tasavvurlarda deb xisoblaydi. Zero ruh ham vujud singari atomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo‘lgan ularning parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi; “Yovuzlikning eng dahshatlisi bulmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud bo‘lmaymiz. Shunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”. Epikur iztirobdan qochishni emas uni yengish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak, uning axloq ideali — yerdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga baxt manbai — faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan mustahkam va uzoq muddatli lazzatda ekani ayon. Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka yetishishga olib keladi. Qadimgi Sharq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara ko‘targan Qadigi Yunon axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsni, inson xatgi-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar. Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari davom ettirdilar. Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy ta’limotining izchil himoyachisi sifatida, mashhur “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yurigadi, insonning o‘lim qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no borligini aytib o‘tadi. Ulim qo‘rquvidan va ma’budlar oldidagi qo‘rkuvdan xalos bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql –idrok va his-tuyg‘ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi. Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam axloqsh:unos faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari axloqsh:unoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar” asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi ahamiyati yo‘q. Muhimi shuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zini o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan bog‘liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? Yo‘q odamlar. Ular qullarmi? Yo‘q, ular yyingdagi qo‘shnilar. Ular kullarmi? Yo‘q, sening itoatkor do‘stlaring. Ular qullarmi? Yo‘q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular xam taqtsirning qullarisiz”. Albatga, bu o‘rinda Seneka ijgimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi — shaxs uchun o‘z-o‘zini qadrlash na g‘urup-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqdir ko‘rgiliklariga bo‘ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi. Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha taqdir muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga katiyan bog‘liq ichki dunyo insonning hukmi ostida; xaqiqiy donishmandning erki shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘zga bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan chalkashtiri6 yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo‘lga kiritish; unga eltadigan yo‘l bitga — ma’budlar irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish. Epiktetning fikriga ko‘ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning ijodidir, zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o‘zing yoqtirmaydigan sharoitni o‘zgalarga ravo ko‘rma, agar qul bo‘lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari suradi. Shunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari muammosini o‘rtaga tashlaydi va insonning olamdagi o‘rni xamda xayotning maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday-intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz axloqshunoslariga xosdir. Xullas, Qadimgi dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o‘gitlar va hikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. Shy meros xanuzgacha o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko‘p xollarda o‘sha tushunchalar va tamoyillarga yangicha yondoshuv asosida taraqqiy etib kelmoqda. Shu o‘rinda yana bir, xozirgacha yetarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu — Qadimgi Yunon tafakkuri bilan o‘rta acplap musulmon Sharqi falsafasining — xususan axloqshunosligining bog‘liqligi masalasi. Nima uchun bizning alloma ajdodlarimiz Qadimgi Sharq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi mutafakkirlari izidan emas, Ovro‘palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o‘rgandilar, ko‘klarga ko‘tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb atadilar? Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda — yakkaxudolikda.Olloh yagona, uning sherigi yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavxid yo‘lidan bordilar. Birinchi bo‘lib bu masalani Suqrot aniq o‘rtaga tashladi. U o‘limga maxkum etilganida, unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo‘lga (aslida tavxid yo‘liga) burib yuborayotgani ayb qilib qo‘yiladi. Suqrotning o‘limi oldidagi so‘nggi gapi xam shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A Sh.) yoniga ketyapman!”, deydi u. Shuningdek, Aflotunning g‘oyalar, olamiy puh emanatsiya xaqidagi fiqplari xam to‘g‘ridan-to‘g‘ri yakka xudolik masalasiga borib takaladi, lekin Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy nyqtai nazardan isbatlashni uz oldiga vazifa qilib qo‘ymadilar, bunga urinmadilar. Bu ishni Arastu uddaladi. U uzining mashhur “Metafizika” asarida Xudoning yakkaligini jismsiz, xech narsa tomonidan xarakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi xarakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni “Oliy shakl” (forma) deb ataydi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi xisoblanadi, u yuqorida keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir. O‘rta asrlar, musulmon Sharqi mytafakkirlarining qadimgi Yunon tafakkuriga, xususan, axloqshunosligiga ulkan e’tiborining taqlidining asl sababi ana shunda.

DO`STLARGA ULASHING:

“Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati.
Qadimgi dunyo axloqshunosligi
Reja:
1. Etikaning predmeti, vazifalari va jamiyat hayotidagi ahamiyati.
2. Gedonizm va evdemonizmtushunchalarining axloqiy ahamiyati.
3. Qadimgi dunyo axloqshunosligi
Axloqshunoslik — bu axloq nazariyasi bo‘lib, kishilarning axloqiy hayotini o‘rganadigan, axloqiy hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U o‘z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar ekan, faqat axloqning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, funkstiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Axloqshunoslik mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar, filosofiyaning tarkibiy qismi, hattoki, uning yadrosi hisoblanar edi. Faylasuflar dunyoqarash muammolari (insonni o‘rab olgan olam, odamning shu olamdagi o‘rni), dunyoni bilish yo‘llariga javob berish jarayonida ular jamiyatda odam qanday yashamog‘i va faoliyati qanday bo‘lmog‘i kerak, uning ijtimoiy burchi, vazifasi nimadan iborat bo‘lishi kerak, insonning turmush kechirish normalari va boshqa shu kabi savollarga ham javob topishga uringanlar.
Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Bu fanni Yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘lgan.
Birinchi guruhga- falsafa va matematikani ;
Ikkinchi guruhga — axloqshunoslik va siyosatni;
Uchinchi guruhga esa- sanat , hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritgan.
-Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq xaqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Axloqshunoslik» deb ataganlar. Hozirgi kunda bu fan ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb yuritilmoqda
Xo‘sh, «axloq» iborasi nimani anglatadi?
Modomiki, axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganar ekan, biz dastlab «axloq» iborasining mazmun va mohiyatini anglab olishimiz kerak. «Axloq» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va hatti-harakatining keng qamrovli qismini bildiradi.
Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, keng qamrovli qismini axloq egallaydi
Odob — inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq — oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy hatti-harakatlarning majmui. Axloq esa — jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig‘indisidir.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‘tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro‘parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O‘tiring, otaxon», deb joy bo‘shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo‘ladi: chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan» deb qo‘yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o‘zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‘shatmasa, g‘ashimiz keladi, ko‘nglimizda: «Buncha beodob, surbet degan tasavvurni uyg‘otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‘shatgani yoki bo‘shatmagani oqibatida vagondagi yo‘lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi.
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo‘ni-qo‘shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko‘ngil, ochiq qo‘l, doimo o‘z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz Xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, u qo‘ni-qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, tuy-ma’rakalarda janjal ko‘tarsa, sal gapga o‘dag‘aylab, musht o‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin hatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o‘tkazmaydi.
Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori o‘zi mas’ul hududda doimo qonun ustivorligini, adolat qaror topishini ko‘zlab ish yuritadi, lozim bo‘lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi: oddiy fuqaro nazdida nafaqat o‘z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi U umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag‘ishlagan yuksak axloq egasi: u o‘zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo‘lib, o‘sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun ximoyachisi bo‘laturib, o‘zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‘lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo‘ladi. Oddiy fuqaro nazdida birgina kishi prokuror adolatsiz emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‘onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o‘sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi.
Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o‘z yakka hukmronligi yo‘lida millionlab begunoh insonlarni o‘limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Gitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari hatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik-xushxulqlilikka, xushxulqlilik esa yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan badxulqlilikka, badxulqlilikdan esa axloqsizlikka o‘tadi.
Axloqshunoslik fani etik relyativizm (vakillari Protogor, Georgiy), etik rastionalizm (vakillari Suqrot, Aflotun, Arastu, epikur), evdemonizm, Gedonizm, Asketizm, Kiniklar va Stoik maktabi, shuningdek, Ongli egoizm nazariyasi (namoyondalari Spinoza, Gelvestiy, Golbax) ko‘rinishlarda faoliyat yuritganlar. Bu oqim va maktablarda ijod qilgan buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda Sharq mo‘tafakkirlari tomonidan yaratilgan Kaykovusning «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub-ul-qulub», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag‘ishlangan asarlar ham ma’naviy tafakkur xazinasida o‘z mustahkam o‘rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o‘ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning omuxtaligidadir.
Biz bu o‘rinda ayrim axloqiy ta’limotlarga qisqacha bo‘lsada izoh berib o‘tamiz.
Gedonizm — (grekcha, hedone – huzur-halovat) – axloqshunoslik nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash prinsipi bo‘lib, bu prinsipga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob-uqubatdan qutkazuvchi narsa yaxshilik deb, azob-uqubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb ta’rif qilinadi. Insondagi unga tabiat tomonidan jo qilingan va uning ish amalini belgilaydigan bosh harakatlantiruvchi ibtido huzur-halovatdan iborat, degan tasavvur gedonizmning asosini tashkil etadi. Huzur-halovatga erishish maqsadi birdan bir ishtiyoq va shu bilan birga axloqiy talab deb e’lon qilinadi. Gedonizm axloq-odob prinsipi sifatida kishilarga dunyoning shod-xurramligiga, o‘zlari uchun va boshqalar uchun maksimal rohat-farog‘at olishga intilishni buyuradi.
Gretsiyada Aristipp axloqshunoslikning muxlislari bo‘lgan va huzur-halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. Hozirgi zamon burjua nazariyalarida gedonizm odatda faqat metodologik prinsip yaxshilikni ta’riflash usuli sifatidagina mavjuddir. Bugungi kunda axloqshunoslik olimlarining ko‘pchiligi yaxshilikni huzur-halovat orqali ta’riflashni axloq problemalarni qo‘pol sayqallashtirish va vulgarlashtirish deb hisoblamoqdalar.
Asketizm (grekcha askeo – Mashq qilayotibman) – zohidlik – dunyoning huzur-halovatidan o‘zini haddan-tashqari tiyish yoki diniy kamolotga erishish uchun noz-ne’matlardan nihoyat darajada voz kechish bilan xarakterlanuvchi prinsip. Dastlabki vaqtlarda, qadimgi Gretsiyada asketizm ezgulik fazilatini mashq qilish deb atalgan. Asketizm qadimgi Sharq diniy ta’limotlarida keyin esa Pifagor ta’limotida nazariy jihatdan asoslab berilgan. Ilk xristianlikda umrini halovatdan va riyozatdan, ro‘za tutib va namoz zohid) deb atalgan. Reformastiya davrida asketizmning ilk xristianlik va o‘rta asrchilik ideali o‘zgardi. Protestantizm «dunyoviy asketizm» talabini ilgari surdi. Ilk dehqon va proletar harakatlari asketizmga da’vat qilgan edilar. Bu, hukmron sinfini zeb-ziynat ichida va bekorchilik bilan yashashiga qarshi norozilik formasi edi. Keyinchalik axloqshunoslik ilmida asketizmni aqlga to‘g‘ri kelmaydigan va oqlab bo‘lmaydigan fidoiylik deb, axloqiy kamolot haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarning natijasi deb qaraldi.
Yevdemonizm (grekcha, eudamonia – rohat-farog‘at, baxt-saodat) – axloqshunoslikning gedonizmga yaqin metodologik prinsipi. evdemonizm antik dunyo axloqiy nazariyalaridayoq eng to‘liq ravishda namoyon bo‘lgan edi. (Demokrit, Suqrot, Aristotel). Baxtga intilishni evdemonizm axloq-odobning mezoni va inson axloqiy hatti-harakatining asosi deb hisoblaydi, shaxsiy baxtga intilish–individualistik evdemonizm, ijtimoiy baxtga intilish–sostial evdemonizm deyiladi. XVIII asrdagi fransuz materialistlari (Gelvestiy, Didro) ham evdemonizm tarafdori edilar, ular inson baxti–har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub maqsadidir, deb e’lon qilgan edilar. evdemonistik axloqshunoslik o‘z aktivligi va insonparvarligi bilan xristianlik axloqshunosliksidan beqiyos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki yerda baxtga erishishga da’vat etadi. Biroq evdemonizm baxt tushunchasiga qandaydir umuminsoniy, g‘ayri tarixiy ma’no beradi, vaholangki antagonistik sinflarga bo‘lingan jamiyatda insonning vazifasi haqida yagona bir tasavvur bo‘lmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas. Baxt ham o‘sha sostial sharoitga bog‘liqdir. Binobarin, axloq-odobni evdemonistik asoslash ilmiy emasdir.
Egoizm (lotincha, ego – men)–xudbinlik, hayotiy prinsip va axloqiy sifat, ular insonni uning jamiyatga va boshqa kishilarga munosabati nuqtai nazaridan tavsiflaydi. egoizm shunda ifodalanadiki, inson o‘z hatti-harakatida faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi, jamiyatning va tevarak-atrofdagilarning manfaatlari bilan hisoblashmaydi. U individualizmning ko‘rinishlaridan biridir. egoizm xususiy mulkchilik munosabatlari uchun juda xarakterlidir. Axloqiy sifat tariqasida egoizm, insoniyatning axloqiy ong tarixida odatda salbiy baholanib kelgan, ammo shunisi ham borki, feodal jamiyatning hukmron tashkilotlariga qarshi kurash davrida egoizm har bir shaxsning baxtiga intilish huquqini asoslashda muayyan rol o‘ynagan. egoizmni targ‘ib qiluvchi nazariyalar tobora ko‘proq antisostial yo‘nalish (Shtirner), so‘ngra esa reakstion mazmun kasb etgan (Nistshe), soxta axloqiy prinsip sifatida egoizmga ongli ixlosmandlik esa aynib amoralizmga aylanib ketgan.
Stoiklar nuqtai nazaridan axloq olamiy kosmos qonun bilan olamiy aqlning tarkibiy qismidir. Axloqqa muvofiq yashash ommaviy qonun bilan kelishib yashash, demakdir. Tabiiy olam tartiboti aqlga, maqsadga muvofiq bo‘lgani kabi shu olam tartibotining bir qismi bilan odam tabiati ham aqlga muvofiqdir. Lekin bu mukammal holat faqat donishmandlargagina ayon bo‘ladi. Demak, odam dono va axloqli bo‘lmog‘i uchun o‘zini doimo tarbiyalab bormog‘i lozim.
Faqat axloqiy mukammal shaxsgina tashqi muhitning axloqiyligiga hamisha qarshi turishi mumkin. Ularning fikricha tabiatda hamma narsa bir-birini taqozo qiladi va oldindan belgilangan, olamda muqarrar zaruriyat hukmron. Shu sababli odam mutloqo beye’tiroz unga bo‘ysunmog‘i lozim. Aks holda u o‘z hatti-harakatlari va intilishlari asoratiga to‘shadi va o‘zining ichki erkinligidan mahrum bo‘lib azobga duchor bo‘ladi. Odam faqat o‘zining ruhiy dunyosini o‘zgartirishi, uni mukammallashtirishi va shu yo‘l bilan erkinlikni qo‘lga kiritishi lozim.
Axloqshunoslik ilmi falsafa fani bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so‘ng) alohida falsafiy yo‘nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni keng ma’noda quyidagicha talqin etish mumkin. Ma’lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chiqkan holda falsafaning tadqiqot obyektini tafakkur taraqqiyoti tashkil etadi va u amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois, uni «axloq falsafasi» yoxud «ezgulik falsafasi» deb atash mumkin.
Hozir u falsafiy fan sifatida uch yo‘nalishda ish olib boradi, ya’ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etar ekan, u axloqni: birinchidan, bayon qiladi; ikkinchidan, tushuntiradi; uchinchidan, o‘rgatadi. Shunga ko‘ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va rasmona-me’yoriy tabiatga ega. qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero, sof nazariy axloqshunoslikning bo‘lishi mumkin emas. U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etib, axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi.
Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning nafosatshunoslik (estetika) bilan aloqasi qadimiy va o‘ziga xos. Avvalo, insonning har bir hatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go‘zallik), ham nafosat (tashqi go‘zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. Shu bois Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ko‘p hollarda axloqiylikni ichki go‘zallik, nafosatni tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ma’lumki, san’at nafosatshunos-likning asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko‘tariladi va san’atkor doimo o‘zi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, nafosatshunoslik axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo‘ladi.
Axloqshunoslikning dinshunoslikbilan aloqasi shundaki, Har ikkala fan ham bir xil muammo-axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo‘lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqka ana shunday ta’sir o‘tkazganlar. Chunonchi, islom dinini oladigan bo‘lsak, qur’oni Karim, Hadisi Sharif, Ijmo’ va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi.
Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda ko‘p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, axloqni jamoatchilik asosdagi huquq, huquqni esa qonunlashtirgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot obyektlari ko‘p jihatdan o‘xshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi. Huquq me’yorlarining bajarilishi odatda maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orqali majburiy sankstiyalar asosida yo‘lga qo‘yiladi: axloq me’yorlari esa umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar yordamida emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muhim bo‘lgan amaliy axloq jihatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi.
Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas bog‘liq. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini, pand-nasihatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bois axloqshunoslik o‘zining nazariy ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, maorif tizimidagi ta’lim-tarbiya o‘zini har bir kadamida axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi.
qadimdayoq axloqshunoslikning ruhshunoslik bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar hatti-harakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini o‘rganadi. Lekin bu o‘rganish ikki xil nuqtai nazardan olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu hatti-harakat, fe’l-atvor, sababiy asos (motiv)larning va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi. Axloqshunoslik ruhshunoslik tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi. Axloqshunoslikning sotsiologiya bilan aloqasi o‘ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy muruvvatlaridan bo‘lmish axloqni o‘rganadi. Lekin axloqshunoslikning miqiyosi bu borada keng. Ma’lumki, sostiologiya insonlarning ommaviy hatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. Axloqshunoslik esa, o‘z mohiyatiga ko‘ra, lozim bo‘lganda, muayyan ijtimoiy tuzum davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug‘i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli hatti-harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini o‘rganadi.
Axloqshunoslikning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, o‘ziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqozo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarning mosligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari o‘rtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajaga axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo‘ladi. Bu hozirgi kunda axloqshunoslik ham, siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy muammolardan biridir. Shuningdek, rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi maxsus sohalari ham, siyosatshunoslik bilan chambarchas bog‘liq.
Bundan tashqari, keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko‘prok insonning o‘zi, o‘zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarni tahlil etish bilan shug‘ullangan, uning tabiatiga bo‘lgan munosabati diqqat markazidan chetga qolib ketgan. Lekin, keyingi davrlarda, ayniqsa, XX asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo‘lgan ekologik muammolar ko‘proq bu manzarani o‘zgartirdi. endilikda global ekologik muammolar ko‘proq odamlarning ijtimoiy axloqiy nuqtai nazarlari bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘lib qoldi. Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etish axloqshunoslikka borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu — axloqshunoslik ekologiyani to‘lik o‘z ichiga oladi, degan so‘z emas. Chunki bunda axloqiy baholash va boshqarish obyekti sifatida tabiatning o‘zi emas, balki odamning tabiatga bo‘lgan munosabati maydonga chiqadi.
Axloqshunoslik hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm-zo‘ravonlikka, adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina yolg‘onga bo‘ysundirilgan, soxtalashtirilgan hamda shu yo‘l bilan uning ahamiyati pasaytirilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan yana axloqshunoslik yangi jamiyatda tobora o‘z yuksak mavqeini egallab bormoqda.
Shu o‘rinda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirish joiz: «Aslini olganda, axloq-ma’naviyatning o‘zagi»,«Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomalalikdangina iborat emas. Axloq — bu, avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik degani». Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik ko‘rinishlariga loqayd qarovchilarga va axloqshunoslikni yengil-yelpi, ikkinchi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolatli zarba bo‘lsa, ikkinchi tomondan axloqning yangi jamiyatimizdagi ulkan mavqeini hamda axloqshunoslikning jiddiy nazariy tadqiqotlariga suyanishi kerakligini ta’kidlaydi. Zero, hozirgi sharoitda totalitar tuzum ta’qiqi yoxud ta’qibiga uchragan milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar hamda qadimiy urf-odatlarimiz, an’analarimiz yangi zamon ma’naviy qadriyatlarini yaratishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ana shu yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o‘z o‘rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo‘lib kelgan axloqka yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi. Ayni paytda, ularni axloqshunoslik fani oldida turgan vazifalarning bir qismi, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy axloqshunoslik vazifalari deb atash mumkin. Zero, fanimizning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarini hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqida alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Ulardan biri, eng muhimi sayyoramizda «etosfera — axloqiy muhit davr»ni yaratish bilan bog‘liq.
Ma’lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va hukmron qismi sifatida yashab keldi. XIX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda u o‘z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy inqiloblar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani — texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz, yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz. Ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, lift, kompyuter, poyezd, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, kimyoviy dori-darmonlar va h.k. Bugun video telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak, necha kunlab yo‘l bosish kerakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i bu esimizga ham kelmaydi. Chunki, texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
Faqat bugungina emas, inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata boshladi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan geologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Bu haqda noosfera ta’limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy shunday degan edi: «Bugun geologik davr mobaynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o‘zgarishga kirishdi. Aftidan, inson ilmiy tafakkuri harakatining bu tomoni tabiiy hodisa bo‘lsa kerak.
Hozir biz biosferadagi yangi geologik zvolyustion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga kirib boryapmiz. Ammo noosfera faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kalliballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari noosferaning vujudga kelishi atmosferaning olamiy okeani, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib keldi. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlari jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay okeanda kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson ko‘ra-bila turib, o‘zi o‘tirgan shoxga bolta urishni to‘xtatmayotir. Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, eng avvalo global ma’noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorenst: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasining asosiy sababi sivilizastiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy tuposlikdir», degan so‘zlari shu nuqtai nazardan ayni haqiqat. Shuningdek, yana bir muhim muammo bu — biologik axloqshunoslik. Mazkur hodisa so‘nggi bir necha o‘n yillik ichida sof tabobat muammosidan to‘laqonli axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a’zosini boshqa bemorga jarrohlik operastiyasi yo‘li bilan o‘tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi.
Chunki, tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to‘xtaganda isbotlab berdi. Dastlab miya qobig‘i, undan keyin miya tanasi halok bo‘ladi. Shundan keyingina insonni o‘lgan deb isbotlash mumkin. Zero, hozir toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom ettirishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurakning yoki buyrakning ko‘chirib o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir. Buning ustiga, amerikalik kardioxirurg Pol Person o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka o‘tkazilganida, yoki 20 yashar qizning yuragi va o‘pkasi 36 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga kelgan, hatto, kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash mumkin?
Biologik axloqshunoslikning anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi, bu — abort. Ma’lumki, to‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo‘ladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday abort xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir. Xo‘sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi? Bu savollarga ham axloqshunoslik javob topmog‘i lozim. Bizning fanimiz oldida ana shunday global vazifalar turibdi. Aynan shu vazifalarni bugungi kunda axloqshunoslikning ahamiyatini belgilab beruvchi barometrlar, deyishimiz mumkin.
Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘zining boy tushunchalari sistemasiga ega bo‘lib, ular vositasida o‘z xulosalarini shakllantiradi, to‘plagan bilimlarini ifodalaydi va umumiy axloqshunoslik nazariyasi, tarixiy axloqshunoslik, normativ axloqshunoslik, professional axloqshunoslik, axloqiy tarbiyaning axloqshunoslikviy nazariyasiga bo‘linadi.
Umumiy axloqshunoslik nazariyasi metodologik muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi, axloqning tabiati, mohiyati, spestifikastiyasi, uning tarkibiy elementlari va bu elementlarning o‘zaro aloqadorligini izohlaydi, axloqiy ong rivojlanish xususiyatlarini, axloq taraqqiyotidagi ijtimoiy-sinfiy sabablarni, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini, uning hozirgi holatini taraqqiyot tendenstiyalarini o‘rganadi.
Tarixiy axloqshunoslik axloqning tarixiy formalarini, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini va sinfiy jamiyatda axloqda sinfiylikning qaror topishini, axloqiy nazariyalarning tarixiy taraqqiyoti va ularning tarixdagi o‘rnini tadqiq etadi.
Normativ aksiologik axloqshunoslik axloqiy normalarni axloqiy zaruriylik (majburiylik) talablarini axloqiy ongning asosiy tushunchalari sifatida qarab, ularning ijobiy ahamiyati, qimmati jihatidan o‘rganish va asoslash bilan qiziqadi.
Kasbiy axloqshunoslik u yoki bu kabi faoliyat doirasida kishilarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan ma’lum bir axloq normalari sistemasini yaratish va asoslash vazifalari bilan shug‘ullanadi. Axloqiy tarbiyaning axloqshunoslikviy nazariyasi tarbiya jarayonida axloqiy omillardan samarali foydalanish vositalarini belgilab, dunyoqarash ta’limi masalalari bilan shug‘ullanadi.
1. Ilm dunyosidagi, xar qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo‘lmaydi, degan xikmat, ayniqca, axloqshunoslikka taaluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakko‘rninr vujudga kelishi xamda uning taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi, ma’naviy merosning ulkan, qismi bo‘lmish axloqiy ta’limotlar, xikmatlar, pandlarni zamonaviy jamiyat xayotiga tadbiq etish va targ‘ib qilish yo‘llarni tahlil etadi. Garchand xar bir axloqiy kopsepsiya ma’lum bir mutafakkir muloxazalari va faoliyatining mevasi bo‘lsa-da, u, moxiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, to‘rli odob va etiket qonun- qoidalarini o‘z ichiga oladigan axloqiy targ‘ibot muammolari, axloqiy pand-o‘gitlar va me’yorlar talablarni bajarish, axlokiy boshqarish soxasiga kiradi xamda axloqshunoslikning odatda “amaliy axloq” deb ataladigan qismini tashkil etadi.
Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo‘lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (Shumer) alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo‘lganlari uchun xam madhetiladi. Chunonchi, yosh ma’budi Utu axloqiy me’yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma’buda Nanshe esa, ba’zi matnlarda haqiqat adolat va shafqathomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma’budlar tomonidan o‘rnatilran “Me” deb atalran qonunlar ro‘yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr to‘xtovsiz va uyg‘un bo‘lishini taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birralikda – “yolg‘on”, ”nifoq”, “gina”, “kudupat”, “qo‘rquv” tushunchalari xam o‘rin olgan. Shuningdek somiriylarning maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning ko‘pchiliri umuminsoniy xikmatlar darajasiga ko‘tarilgan va Sharqda bir oz boshqacharoq shaklda hozir qo‘llaniladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar esa “Gilgamesh” eposi dostonlarida ko‘tarilgan.
Somirliklar erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal “Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, yetim-yesir va kam6ag‘allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi.
Qadimri Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida “Pxatotep o‘gitlari bizgacha yetib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz yetti nas’hatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki quldorlik davri talablarini chetlab o‘ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so‘z, xolbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan bir nechaming yil keyingi qadimgi Yunonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.
2.QadimgiTuronzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq Taxminan bundan XXX asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab o‘tiladi, talqin etiladi. Unda Zardushtiylik iloxi Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi: ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy ko‘rashining ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”, kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo‘ladi, ular Axura-Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning aksi esa Axriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir.
Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto” ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din ayg‘omchisi Zardushtning “Avesto”dagi Asha alqovidan joy olgan quyidagi so‘zlarni yaqqol ko‘rish mumkin:
Quvonsin Axura-Mazda –
“Eng loyiq haqning irodasi ro‘yobga chiqib”, Axriman daf bo‘lsin.
Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu ishlarni alqayman,
o‘zimni butkul ezgu uy, ezgu so‘z va ezgu amallarga
baxshida etaman,
Barcha qabih uy, yomon so‘z va yomon ishlardan tiyaman,
Yukunchim, maqtovim, ezgu fikrim,
Ezgu so‘z (savobli) ezgu ishlarim
“tanamdagi jonim” bilan birga
sidqi dildan Sizlarga (baxshida) bo‘lsin,
ey o‘lim bilmas Valiylar.
haqni sharaflab (deyman):
“haqiqat – Oliy ne’mat. Bu ne’matdan ul kishi
bahramandkim, savob unga bo‘lgay,
kim agar xaq yo‘lida savob (ishdan) qolmasa,
savob ishdan qolmasa, savob ishdan qolmasa”
“Avesto”dagitalqinlar insonning real hayoti bilan bog‘liq ekanligidiqqatga sazovor. Undagi ezgulik ruhi – yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, Yovuzlik esa, buzish va buzg‘unchilik kuchi tarzida namoyon bo‘ladi.
Axura-Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, yerni inson, hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. Axriman qiyofasidagi yovuzlik esa, qo‘rg‘oqchilik, ocharchilik, kasallik, mollar qirg‘inini, jisman va ruhan halokat singari halokatlarni keltirib chiqaradi.
“Avesto”da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyilari bilan birga odam o‘lgandan so‘ng uning ruhi rohat-farog‘atda bo‘lishi, gunohkor, fosih kishiniki esa aksincha: azob-uqubat hamda xunuklik komiga maxkum etilishi aytiladi. Buni professor Tilab Maxmudov o‘zining “ Avesto” haqida” degan katta maqolasida atroflicha yoritadi: solih odam o‘lgach, ruhining joni uch kun uning boshida zavq-shavq, rohat-farog‘at og‘ushida turadi, keyin xushbo‘y o‘simliklar yuziga qalqib chiqadi. Uni ajib bir shabada, muattar nasim qarshilaydi. Shabada qo‘ynida 15 yoshar barcha go‘zllikdan ham go‘zal qiz namoyon bo‘ladi. Bu go‘zal qiz ezgulik va poklik, savob ishlarning timsoli. U ruhga qarata: “Muloyim edim, yanada muloyimroq qilding, chiroyli edim yanada go‘zal qilding, balandda edim, ezgu o‘y, ezgu so‘z va ezgu a’mol bilan meni yanada balandga ko‘tarding” – deydi. Gunoxkor, yovuz odamning ruhi esa, vujud ustida uch kun qolib, tengsiz azoblarni boshidan kechiradi. Uch kundan so‘ng u o‘zi yaratgan barcha yovuzliklar ustida parvoz qiladi. So‘ng tirikligida hech qachon uchratmagan barcha xunukliklardan ham xunukroq qizni uchratdi, “Ey qora yurak, zahar tilli, munofiq gunoxkor – deydi qiz, — men qiz emasman sening tiriklik paytingda qilgan a’mollaringman. Sen tirikligingda Xudoga e’tiqod qilganlarni ko‘ra – bila turib, devlarga sig‘ingansan. Yaqin – uzoqdan kelgan musofirlarga bosh pana berganingda, mexnat kildirganingda xayr-sadaqa ulashganingda, ularni kamsitgansan, yaxshi odamlarni haqorat qilgansan, ularning yuziga eshigingni yopib qo‘ygansan. Men – sen o‘ylagan yomon o‘y, sen aytgan yomon so‘z, sen qilgan yomon a’mollaringman. Nomussiz edim, sen tufayli battar orimni yo‘qotdim, jirkanch edim, yanada jirkanchli bo‘ldim, sharman edim, battaroq sharmisor bo‘ldim”.
Bu yerda rux va vujud muammosi ifoda topganini ilg‘ab olish qiyin emas. Zero “Avecro”da jon-rux tushunchasi o‘ta ilohilashtirilmaydi, ma’lum ma’noda “dunyoviy”lashtipiladi va o‘z erasi bilan muloqot qiluvchi vijdon sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuni aloxida ta’kidlash joizki, “Avesto”da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda yeru ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas bo‘rchi hisoblanadi. Ozodalik, tozalik gigiyenik tyshynchadan axloqni va ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi: suvni, atrof-myxitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o‘tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik — ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo‘lishi keraq Bularning xammasi “Avesto”da ekologik axloqshunoslikning dastlabki ko‘rtaklari xam mavjudligini ko‘rsatadi. Bu muqaddas kitobdagi to‘rli tuman ma’budlar, bizning tushunchamizdagi pir darajasidadir (masalan, temirchilikning piri — hazrati Dovud v.h). Iloh esa- bitta: Axura-Mazda, faqat ungagina sajda qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavxidni targ‘ib etishda xam birinchilik “Avesto”ga mansub. “Avesto”dagi ba’zi bir o‘rf-odatlar va irimlarning xozirgi kunda ham saqlanib qolganini ko‘rishimiz mumkin. Isiriq tutatish, qurbonliq uchun so‘yilgan jon kallasini davradagi o‘tag‘asilar oldiga qo‘yish odatlari xamda sevimli Navro‘z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Xullas, “Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy estetik qomusi, qadimiy urf-odatlarimizning o‘ziga xos majmui sifatida qimmatlidir.
3. Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Xindiston axloqiy tafakkuri alohida o‘ringa zga. U tarixan vedachilik, yoga, jaynchilik, Buddachilik, “Bxagavadgita” va “Artxashastra” xamda lokoyata oqimlaridan tahsil topgan.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyarini to‘rt tabaqa — varnaga buladi; braxmanlar(koxinlar), kshatariylar(xarbiylar), vayshchilar(dexqonlar, kosiblar), shchudralar (qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti- ta’lim berish, Vedani o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuxfalar olish, kshatariylar fuqarolarni ko‘riqlaydilar vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dexqonchilik bilan shug‘yllanadilar; shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruxga xizmat qiladi. “Xotin, o‘g‘il va qul — uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bulsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulkidir” – deyiladi.
“Manu qonunlari”da. Vedachilik axloq ko‘ra, braxmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar, shudralar esa tug‘ma-tuban axloq egalari hisoblanadi.
Lekin keyingi oqimlapda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, Buddachilik axloqshunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bulish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsni kamoloti bilan bog‘liq degan fikr ilgari suriladi. Budda ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutilishning yo‘lini topish. Naql qilinishicha, uz tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko‘radi. Xar bir kishini kasallik, qarilik va o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo qiladi va to‘rt ezgu haqiqatni anglab yetadi hamda uni odamlarga yetkazadi.
Uning qisqacha bayoni shunday:
1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la.
2. Bu iztiroblarning sabablari bor.
Z. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. .
4. Iztiroblarga barham bershga oli6 boradigan yo‘llar mavjud.
Buddaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U Budda o‘tgan va hammaning o‘tishi mumkin bulgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik bilan so‘nib bo‘lgandan keyingi holatga) yetishish yo‘lidir. U sakkiz fazilatga erishuvdan iborat: 1) to‘g‘ri qarashlar; 2) to‘g‘pi jo‘r’at; Z) to‘g‘ri xatti-harakat; 4) to‘g‘ri nutq; 5) to‘g‘ri hayot tarzi; 6) to‘g‘ri jahd-jadal; 7) fikrni to‘g‘ri yo‘naltirish; 8) diqqatni to‘g‘ri qaratmoq. Shunday qilib, sakkiz yo‘l bir-birini taqozo etuvchi uch omil — bilish, xatti -harakat va diqqatning birligidan iborat. Bilim va axloq bu o‘rinda yaxlitlikka ega; fazilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib chiqadi, shu sababdan bilimni fazilatsiz takomilashtirish mumkin emas. Bu axloqiy komillikka yetishishning tygallangan konsepsiyasi “Sochlarining fatilasi, sulolasi yoki zoti tufayli brahman bulmaydi. Kimdaki xaqiqat va dhamma bo‘lsa, o‘sha baxtli va o‘sha brahman”, — deyladi Buddachilik axloqiy qoidalari jamlangan kitobda. Shunday qilib, Buddachilik tomonidan vedalar obrusi, braxmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo‘lish qoralandi. Shubxrsiz, bu axloqiy taraqqiyot ko‘rinishlaridan biri edi.
Buddachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi Xitoyda xam o‘ziga xos mavqe egalladi. Lekin u yerda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi katta amiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri daochilik.
Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI — V asrlar) yipik namoyondasi Chjuan-szi (miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Lao-sziga nisbat beriladigan “Dao de szin” kitobida daochilikdagi asosiy yunalishlarning moxiyat aks etgan. “Dao — xamma narsadan ustun”, “ildiz”, “Yer va osmonning onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “si” esa moddiy asos, dao “de” ni — fazilatni undan yaratadi. Shuningdek, “dao” yo‘l ma’nosini ham anglatadi. “dao de szin”ni “Fazilat yo‘li” deb ham atash mumkin.
Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. har qanday suniy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdadir. Shu sababli Lao-szi nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili “uvey” — faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyat.
Ayni paytda, Lao-szining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni odamlarga tarqatmaydi, faqat xalqning farovonligi uchun ishlatadi; “Xalqning bilimi kuchli bo‘lsa, uni boshqarib bo‘lmaydi. Uning yemagini Totli, kiyimini chiroyli, uy-joyini tinch, hayotini quvonchli qilish kerak”. Ana o‘shanda, ya’ni ilm fan taraqqiy etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat qo‘shni davlatga ko‘z olaytirmaydi, urush bo‘lmaydi. Xullas, donishmand ibtidoiy davrlarni ideallashtiradi.
Xulosa qilib aytadigan bulsak, daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqcad- odamlarning tabiat ko‘rsatgan yo‘ldan borishiga erishish; tamoyili-faoliyatsizliq xalqning baxti — uning urug‘chilik, qabilachilik munosabatlaridagi tenglik va soddalikka qaytishda donishmandlarning baxti esa mo‘tadilliq xotirjamlik, tabiatga yaqinlikdadir.
Daochilikning asosiy raqibi hicoblanmish konfutsiychilik esa qora xalqdan nodonligi uchun jirkanadi, uni axloqiy xayotra nomunosib deb biladi. Zero, konfytsiychi.likninr axloqiy ideali szyun-szi himmatli jo‘mard. Uning yuksak fazilatlari — fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U muomala bobida muloyim, yuksak martabalilarga ho‘rmat bilan mo‘rojaat qiladi, xalqqa nisbatan esa himmatli, adolatli munosabatda buladi:
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy. axloqiy tushuncha-jen (insoniylik).“Lun yuy” ( “Xikmatlar”) kitobida shunday deyiladi; “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”. “Uzingga ep ko‘rmagan napsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda xam, oilada xam o‘zinga nisbatan yovlik his qilmaysan”.Demak, jen — xam jamiyat, xam oila a’zolapi orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” — ota-onani, kattalarni xo‘rmat qilish, “li” — o‘rf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustaxkam bog‘liq. Ayni paytda “li” tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Xoqon (imperator) — Osmon o‘g‘li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa kuyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”.
Fazilat erasi bo‘lishning konfytsiychilikda ikki xil yo‘li aniq ko‘zga tashlanadi: xalq uchun — urf-odatlarga so‘zsiz, o‘ylab o‘tirmasdan bo‘ysunish; himmatli jo‘mard uchun esa o‘zini axloqiy jihatdan takomillashtipa borish va axloqiy bo‘rchini ongli ravishda bajarish. Konfutsiychilikning himmatli jo‘mard tarbiyasi; tizimidan hikmatlari xozir xam o‘z axamiyamni yo‘qotran emas.“Ustoz debdi: Yu, sen olti illatning olti bosqichini bilasanmi?” Szin-lu: “Yo‘q” deb javob beribdi. Ustoz debdi; “Unday bo‘lsa, o‘tir, aytib beraman. Insonparvarlikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shyndaki bu — befarosatlikka olib keladi,. donishmandlikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik illat shundaki, bunda inson o‘z umrini mayda ishlarga sarflaydi, xaqiqatgo‘likni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, bu – o‘ziga zarar yetkazishga olib keladi, to‘g‘rilikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, bu — qo‘pollikka olib keladi; mardlikni sevish-u ilm olishni sevmaslik, bu — isyonkorlikka olib keladi, qat’iylikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, bu — boshboshdoqlikka olib keladi”.
Konfutsiy qarashlarini uning izdoshlari Men-szi, Syun-szilar davom etgirdilar. Bu ta’limot Xan davridan (miloddan avvalgi II asrdan milodning II asri) boshlab, to XX asrning boshlarigacha Xitoy mafkurasiga asos bulib xizmat qilib keldi.Bundan tashqari konfytsiychilikka qarshi to‘rgan Mo-szi, Xan Fey-szi, Van Chun singari axloqshunoslarning qarashlari xam Xitoy axloqiy tafakko‘ri tarixida o‘z o‘rniga zga.
Qadimgi Sharq axloqshunosligi zrishgan yutuqlar shunchaki tarix bulib qolmadi. Ularni o‘zlashtirish natijasida, Sharq bilan yaqin aloqa qilish uchun jyg‘pofiy kulayliklarga ega bo‘lgan Qadimgi Yunonistonning polislarida (shaxardavlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga ko‘tarildi. Keyinchalik qadimgi Sharqda ilgari so‘rilgan g‘oyalar, qo‘llangan tushunchalar, nazariy-amaliy tajriba bilvosita bugun Ovro‘po uchun ham ahamiyat kasb etdi. Chunonchi, Mashhur afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan talim oldi. U zardyshtiylik dini xaqida fikr yuritar ekan, Axo‘ra-Mazdani “Ularning xudosi Oramazdaning qalbi xaqiqatdan, vujudi no‘rdan iborat”, deb tariflaydi. Shuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu singari Qadimgi Yunon allomalari xam qadimgi Sharqdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlardan keng foydalanganlar.Masalan, ruxning ko‘chib o‘tishi borasidagi Aflotun nazariyasining falsafiy va axloqiy asoslari Qadimgi Hindiston falsafasiga borib taqaladi.
4. Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk faylasufning nomini tilga olish odat bulib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulargacha xam Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilingan. Chunonchi, Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Demokritning (taxminan miloddan avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik, u donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa axloqiy xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida tariflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun xayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynanshular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi.
Demokrit Kadimgi Yunon faylasuflari ichida, birinchi bo‘lib insonning ichki dunyosiga murojaat qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda, “Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi balki niyati orqali xam bilib olsa bo‘ladi”, deydi mutafakkir. Demokpit hayo va ishonchni insonni qing‘ir ishlardan qaytarib turuvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruhan zaif va gumrroh odamlargina o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir va tasodifdan ko‘radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda xayotning maqsadi haqida noto‘g‘pi tasavvo‘rga ega bo‘lgani uchun o‘zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.
Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq.bilan hyqyqni bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, o‘sha adolatdandir”. Ikkala mutafakkir xam xukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog‘laydi, jacopat va betama’ xizmat namunalarini uz davlatlari o‘tmishidan topadi.
Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas, ular ota bilan o‘g‘ilga o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati — o‘zgarmas va abadiy ayol fazilat bo‘lmish donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruxni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o‘lmas deb xisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qizikuvchanlik zararli. Chunki ma’budlar o‘zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarninr tadqiq etilishini yoqmaydi.
Suqrotdan farqli o‘laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427- 347) axloqshunosligi uchun aksincha, g‘oyalar va rux xaqda ta’limotlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko‘ra, bizga ko‘rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli ojizlik qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilib ko‘yilgan tutkunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan mangu- o‘lmas rux mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop yerga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb, jon) g‘oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tyg‘iladi. Insonning tyg‘ilishi , shunday qilib, ruhning gynoxga botishi barobarida voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlariiing bazilarini eslaydi va vujuddagi xayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.
Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon bo‘lishi deb biladi va davlatni boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. Yovqurlik — qo‘riqchilarga davlatni ximoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning — xirsli qismi bilan bog‘liq bo‘lgan mo‘tadillik xunarmand-kosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo‘ysunishi shart. Ulardan so‘ng qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko‘ra, adolat — shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. Shu sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan shyg‘ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi. Shuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan soxa bo‘lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shyg‘ullanishi kerak.
Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unta iqtido qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.
Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul qilingan) “Etika” degan nomni berdi.
Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z aksini topgan.
Arastu qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari ma’naviy soxa bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intilyvchan(ixtiyoriy) qismi — sof axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. “Fazilat, — deydi Arastu — ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”. Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo. Shuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard ma:qsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida bo‘lmaydi.
Arastu Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi, inson kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, xirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik mavqeiga ega.
Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko‘radi, maqsad vositani belgilaydi, shu sababli maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad axloqsiz vositalarni talab qiladi.
Arastu aql — idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca bilan qiyoslab bo‘lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida subyekt va obyekt, fikr va fikrning narsa xodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xydo) tafakkur xaqidagi tafakkurdir. Garchand inson xech qachon iloxiy xayot darajasiga yetisha olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak, inson erishgan komillik doimo nisbiy bo‘ladi.
Shunday qilib Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo‘g‘rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk beradigan, o‘zini tutolmaydigan inson, ularda extiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar, shuning uchun xam donishmandlik ularga xos emas, xotin erga bo‘ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm fan ozod kishilar uchun, qul, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot, qullarni past tabaqali kishilar, xatto jonli narsalar qatoriga kiritish Arastuning inson moxiyatini ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan, qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi odam yo Xudo, yoki xayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega bo‘lmagan qullar odam xisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.
Arastu yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo‘yadi va bu bilan mushoxadakor hayotni, nazariyara, ijodga bag‘ishlangan xayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga ko‘ra, buyuk mutafakkir antik, dunyo fuqarosining an’naviy fazilatlari bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning xozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va xayrixoxlikni tan oladi.
Epikur esa o‘z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi: “Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so‘zlari ma’nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan xech qanday foyda bo‘lmagani kabi, puh (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan xam foyda yo‘q.”
Epikurning fikriga ko‘ra insonda tanlov ixtiyori bor. U xam Demokrit kabi ezgulik xaqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhim ruhiy xotirjamlik. Do‘stlaridan birini u shunday deb yozadi; — “3arrin to‘shagu to‘kin dasto‘rxoning bo‘lib, bexalovat yashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda xotirjam yotganing afzal!” Fazilatlar orasida Epikyp adolat bilan donishmandlikka aloxida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik xollari mavjudligini ta’kidlab o‘tadi: “Umuman, adolat xamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning o‘ziga xosligi nyqtai nazaridan va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bulolmay qoladi” Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan, xotirjamlikka hamda ruxning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan yuzaga keladi.
O‘lim qarshisidagi qo‘rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning o‘lmasligi va iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto‘ri tasavvurlarda deb xisoblaydi. Zero ruh ham vujud singari atomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo‘lgan ularning parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi; “Yovuzlikning eng dahshatlisi bulmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud bo‘lmaymiz. Shunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”.
Epikur iztirobdan qochishni emas uni yengish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak, uning axloq ideali — yerdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga baxt manbai — faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan mustahkam va uzoq muddatli lazzatda ekani ayon.
Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka yetishishga olib keladi.
Qadimgi Sharq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara ko‘targan Qadigi Yunon axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsni, inson xatgi-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar.
Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari davom ettirdilar.
Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy ta’limotining izchil himoyachisi sifatida, mashhur “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yurigadi, insonning o‘lim qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no borligini aytib o‘tadi. Ulim qo‘rquvidan va ma’budlar oldidagi qo‘rkuvdan xalos bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql –idrok va his-tuyg‘ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam axloqsh:unos faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari axloqsh:unoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar” asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi ahamiyati yo‘q. Muhimi shuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zini o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan bog‘liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? Yo‘q odamlar. Ular qullarmi? Yo‘q, ular yyingdagi qo‘shnilar. Ular kullarmi? Yo‘q, sening itoatkor do‘stlaring. Ular qullarmi? Yo‘q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular xam taqtsirning qullarisiz”. Albatga, bu o‘rinda Seneka ijgimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi — shaxs uchun o‘z-o‘zini qadrlash na g‘urup-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqdir ko‘rgiliklariga bo‘ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi.
Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha taqdir muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga katiyan bog‘liq ichki dunyo insonning hukmi ostida; xaqiqiy donishmandning erki shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘zga bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan chalkashtiri6 yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo‘lga kiritish; unga eltadigan yo‘l bitga — ma’budlar irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish.
Epiktetning fikriga ko‘ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning ijodidir, zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o‘zing yoqtirmaydigan sharoitni o‘zgalarga ravo ko‘rma, agar qul bo‘lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari suradi.
Shunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari muammosini o‘rtaga tashlaydi va insonning olamdagi o‘rni xamda xayotning maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday-intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz axloqshunoslariga xosdir. Xullas, Qadimgi dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o‘gitlar va hikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. Shy meros xanuzgacha o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko‘p xollarda o‘sha tushunchalar va tamoyillarga yangicha yondoshuv asosida taraqqiy etib kelmoqda.
Shu o‘rinda yana bir, xozirgacha yetarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu — Qadimgi Yunon tafakkuri bilan o‘rta acplap musulmon Sharqi falsafasining — xususan axloqshunosligining bog‘liqligi masalasi. Nima uchun bizning alloma ajdodlarimiz Qadimgi Sharq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi mutafakkirlari izidan emas, Ovro‘palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o‘rgandilar, ko‘klarga ko‘tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb atadilar?
Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda — yakkaxudolikda.Olloh yagona, uning sherigi yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavxid yo‘lidan bordilar. Birinchi bo‘lib bu masalani Suqrot aniq o‘rtaga tashladi. U o‘limga maxkum etilganida, unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo‘lga (aslida tavxid yo‘liga) burib yuborayotgani ayb qilib qo‘yiladi. Suqrotning o‘limi oldidagi so‘nggi gapi xam shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A Sh.) yoniga ketyapman!”, deydi u. Shuningdek, Aflotunning g‘oyalar, olamiy puh emanatsiya xaqidagi fiqplari xam to‘g‘ridan-to‘g‘ri yakka xudolik masalasiga borib takaladi, lekin Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy nyqtai nazardan isbatlashni uz oldiga vazifa qilib qo‘ymadilar, bunga urinmadilar. Bu ishni Arastu uddaladi. U uzining mashhur “Metafizika” asarida Xudoning yakkaligini jismsiz, xech narsa tomonidan xarakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi xarakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni “Oliy shakl” (forma) deb ataydi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi xisoblanadi, u yuqorida keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir.
O‘rta asrlar, musulmon Sharqi mytafakkirlarining qadimgi Yunon tafakkuriga, xususan, axloqshunosligiga ulkan e’tiborining taqlidining asl sababi ana shunda.

Tayanch iboralar
Oliy aql, sofistlar, polis bilan fuqaro, daochilik ta’limoti, buddaning to‘rt haqiqati, nirvana, buddachilik, diqqatni to‘g‘ri qaratmoq, fazilat(bilim), illat (bilimsizlik), vedachilik, “Avesto”, Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman – yovuzlik, umumiy axloqshunoslik nazariyasi, tarixiy axloqshunoslik, normativ aksiologik axloqshunoslik, kasbiy axloqshunoslik, egoizm, stoiklar, yevdemonizm, asketizm, gedonizm,odob,xulq, axloq.

Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati