Estrada xonandalik darslik

Estrada xonandalik darslik

Ovoz mashqlarining asosiy vazifalari:

Таълим / Образование

Книга — лучший и самый надёжный друг человека на все времена. Книга никогда не предаст. Книга всегда скажет правду и покажет верный путь к истине, даже если она содержит ложь. Конечно для этого надо уметь читать и между строк, уметь видеть истинные ценности в вещах и оценивать с обытия с разных точек зрения.

Книги сопровождают человека всю его жизнь, начиная со младенчества. Они являются нашими верными спутниками и помощниками, учителями и наставниками. Книги учат нас, что такое хорошо и что такое плохо, учат нас быть смелыми и отважными, сильными и гордыми. По книгам мы учимся любить и жить, так как это подобает настоящему человеку. В данной странице можете скачать электронную версию учебников для 11-ых классов.

Учебники изданные за последние годы

Ўзбек тилида На русском языке
Адабиёт 1-қисм (2018)
Адабиёт 2-қисм (2018)
Литература 1-часть (2018)
Литература 2-часть (2018)
Астрономия (2018) Астрономия (2018)
Биология (2018) Биология (2018)
Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик (2018) Начальная допризывная подготовка (2018)
Давлат ва ҳуқуқ асослари (2018) Основы государства и права (2018)
Дунё динлари тарихи (2018) История религий мира (2018)
Физика (2018) Физика (2018)
Тарбия (2021) Воспитание (2021)
Француз тили (2018) Французский язык (2018)
Инглиз тили (2018) Английский язык (2018)
Информатика (2018) Информатика (2018)
Жаҳон тарихи (2018) Всемирная история (2018)
Алгебра 1-қисм (2018)
Алгебра 2-қисм (2018)
Алгебра 1-часть (2018)
Алгебра 2-часть (2018)
Маънавият асослари (2018) Основы духовности (2017)
Немис тили (2018) Немецкий язык (2018)
Она тили 1-қисм (2020)
Она тили 2-қисм (2020)
Русский язык (2018)
Рус тили (2018)
Рус тили (2022)
Узбекский язык (2018)
Ўзбекистон тарихи (2018) История Узбекистана (2018)
Тадбиркорлик асослари (2018) Основы предпринимательства (2018)
Умумий кимё (2018) Общая химия (2018)

1. Estrada so’zi lotin tilida “tepalik” (supa) ma’nosini ayglatadi. XX asrning 50-yillarida Estrada so’zi musiqaga kirib keldi va tomosha san’atining kichik shakli sifatida qo’llanila boshlandi

1. Estrada so’zi lotin tilida “tepalik” (supa) ma’nosini ayglatadi. XX asrning 50-yillarida Estrada so’zi musiqaga kirib keldi va tomosha san’atining kichik shakli sifatida qo’llanila boshlandi. Estrada musiqasi Estrada san’atining yetakchi bir qismini tashkil etadi. Estrada – bu yengil mayishiy harakterga ega, ommabob musiqa bo’lib, uning tashkil topish tarixi g’arb xalqlarining teatr – tomosha shakllaridan boshlanadi. Bu g’arbda ommalashgan Kafeshaktan, muzikholl madaniyatlarining o’zaro tasirida rivojlandi. Asta sikin Jaz, Yevropa va Sharq garmoniya va ritmikasi, Rok, Pop kabi musiqalar va yo’nalishlar estradani egalladi.

O’zbekistonda ham Estrada musiqasi XX asrning 50 – yillarida shakllana boshladi. Unga taniqli Estrada yulduzi Botir Zokirov asos soldi. 1957 – yil O’zbekistonlik yosh Estrada guruxi Moskvada o’tkazilgan yoshlarning VI xalqaro festivalida ilk bor muvoffqiyatli qatnashib, faxrli – 4 o’ringa sazovor bo’ldi. Bu katta yutuq edi.

Shundan so’ng Estrada musiqasi tez ommalashdi va rivojlandi. “Yalla”, “Paxta oy”, “Navo”, “Sado” kabi Estrada guruxlari shakllandi ayniqsa 80-90-yillardan boshlab joxon andazalariga mos turli Rok, Rep guruxlari tuzildi. O’zbek Estradasi mislsiz ravnaq topdi.

O’zbek musiqasining asoschisi o’zbek miliy Estrada san’atining yirik namoyondasi, ajoyib shoir, rassom, dramaturg, rejissyor va moxir xonanda Botir Zokirov Toshkentda ustoz sanatkor Karim Zokirov olilasida tavallud topgan. U o’z kasbining ustasi edi, muntazam ravishda O’zbek milliy Estrada san’ati rivojida izlanishlar olib bordi. Ijodiy izlanishlar jarayonida Rus, Chet el, sharq Estrada qo’shiqlarini O’zbek milliy qo’shiqchiligiga uyg’unlashtirilib, yangi qiyofa topishga mujassam bo’ldi. Botir Zokirov Toshkent Davlat Konsevatoriyasida va Toshkent teatr va rassomchilik institutida taxlil olgan. Uning amalgam oshirgan ijodiy ishlari keyinchalik o’zbek estradasining andazasi bo’lib qoldi.

Masalan: “Arab tangosi”, “Habiba”, “Qochoq qiz” va boshqalar. Botir Zokirov bu qo’shiqlari bilan O’zbekistonni butun dunyoga tanitdi. Ayniqsa, “Rano”, “Maftun bo’ldim” kabi qo’shiqlari bilan O’zbek Estradasida o’chmas iz qoldirdi.

Botir Zokirov yosh istedodlarni izlashda, ularga yo’l ko’satishda mexnatini ayamadi. Uning bu mahnatlari samarasi o’laroq, juda ko’p yosh istedodlar kashf ettildi.

2. Estrada xonandaligi sinfida dars vokal mashqlaridan boshlanadi. Vokal mashqlari Estrada xonandasi tarbiyasida muhim o’rin tutadi binobarin, u talabaning vokal-texnik malakalari ko’nikmalarini hosil qilish va rivojlantirishida katta ro’l o’ynaydi.

Vokal darslarining umumiy vaqti 40-45 daqiqa bo’lgan tarzda (haftada 3 marta) vokal mashqlariga odatda 15-20 daqiqa ajratiladi. Amaliy mashg’ulotlar jarayonida har bir talabaga individual ravishda yondoshishimiz lozim bo’ladi. Mashqlarni tanlaganda talabaning musiqiy qobiliyati va vokal tayyorgarligi, ovoz diopazoni va ovoz apparatidagi nuqsonlari hisobga olinishi muhimdir.

Dastlabki darslardan boshlab ustoz yosh xonandaning ijro holatidagi qomatiga alohida e’tibor berishi lozimdir. Bunda honanda qomatini tekis, boshini esa tik tutib, erkin nafas olib, oyoqlarga bardam tayanib kuylashi lozim bo’ladi.

Vokal mashqlarini diapazonning o’rta (markaziy) qismidan boshlash lozimdir. Diapazonning pastki va ayniqsa, yuqori tovushlarni asta-sekinlik va ehtiyotkorlik bilan kengaytirish maslahat beriladi.

Mashg’ulotlarning bashlang’ich davrida ovozni toliqtirmaslik lozim. Ovoz mushaklari toliqqanda talabaga 3-5 daqiqa dam berilib suxbat o’tkaziladi. Suhbat davrida bajarilgan ish tahlil etiladi, uning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi, yangi vazifalar belgilanadi.

Dastlabki darslarda talaba xotirasida tez muxirlanib qoladigan oddiy, qisqa mashqlar kuylanadi. Keyinchalik oddiy mashqlar o’zgartirilgandan so’ng, murakkab mashqlarga kirishiladi. Birinchi mashqlar unli tovushlarni vokallashtirishga qaratilishi lozim. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, unli tovushlar ichida xonandaning o’sishi uchun eng foydalisi – “A” va “I” tovushlardir. Ushbu tovushlar darsda to’g’ri o’zlashtirilsa, qolgan “E”, “O”, “U” tovushlari ancha oson qo’llanadi. Zero, ular unli tovushlarda ovozning tiniqligi intonatsiyaning sofligi, registrlarning rovonligi, diapazonning kengayishi, ovoz mushaklarining erkin ishlatilishi va boshqa vokal malakalarini o’zlashtirishda muhim ro’l o’ynaydi.

Har bir xonandalik sifatida o’qituvchilar bu malakalarni o’zlashtirishda o’z uslubiy yo’li bilan yondoshadi. Ayniqsa, “Opera xonandaligi” va “An’anaviy xonandalik” sinflarida xonandalarni tarbiyalash tizimida ko’pgina tajriba egamiz.

Ma’lumki, opera xonandaligida “A” va “O” tovushlar “doirasimon” yopiq tarzda kuylanadi. Estrada xonandaligi ijrochiligida esa mazkur tovushlar biroz ochiq va “xalqona” yo’lida kuylashi lozim. Zotan, xalq xonandaligi va an’anaviy maqom xonandaligining ovoz va nafas yo’llarini o’ziga mujassam etadi. Estarda san’atining xalq tomonidan tez va oson idrok etishning sababi ham shunda.

Ovoz mashqlarining asosiy vazifalari:

1. Kuylashda nafasni vokal ixtisosiga mos darajada olish;

2. Kuylashda “artikulyatsiyani” to’g’ri ishlatish;

3. Tomoq (ovoz) mushaklarini rivojlantirish;

4. Sof intonatsiyaga erishish;

5. Ovoz diapazonini (doirasini) kengaytirish;

6. Barcha kuylash texnikalari: kuychanlik (kantilena), stakkato, non legato, tayanchli tovush (opyo’rtiy zvuk), fal’set, tovush filirovkasi, ovoz dinamikasi (forte, piano)ni egallash.

7. Estrada xonandaligi uslubidagi barcha texnik yo’nalishlarini egallash.

Talaba kuylash jarayonida mashqni formal tarzda qaytarmasdan, balki ongli va ijodiy tarzda his etib kuylashga yondoshishi shart. Bu uchun har bir mashqni talabaga kuylashni tavsiya etishda uni nafaqat kuylab ko’rsatish, balki uning asosiy maqsadini mufassal tushuntirib berish lozim. Shunda talaba ongli ravishda ovozni to’g’ri yo’naltiradi. Hamda fonetik va texnik qiyinchiliklarni oson engib o’tadi.

Eng avvalo ovozni erkin va to’liq chiqishini diapazonning o’rta qismida yangratishga erishish lozim. Shundan so’ng diapazonning yuqori tovushlarini kuylashga o’tish mumkin.

Ish jarayonida ustozning idroki nihoyatda xushyor bo’lishi, tomoq siqilishi, artikulyatsiyaning noto’g’ri pozitsiyada ekanligi va xususan ovoz toliqishini o’z vaqtida payqab olib zarur choralar ko’rishi shart. Dars jarayonida talabada vokal mashqlarining barcha turlari “M” (yumuq) tovushdagi yopiq lablar bilan ochiq tarzdagi unli tovushlar, hamda unli va undosh tovushlar birligida “legato”, “stakato”, “arpedjio”, intervallar, gammalar, kichik kuylarni (popevka) kuylash va ulardan tegishli malakalar va ko’nikmalar shakllanishi lozim.

Ma’lumki, har bir uztoz-o’qituvchi o’zining shaxsiy tajribasi va nuqtai nazariga tayanib vokal mashqlari orqali ovozni rivojlantirishda xususiy ish uslubiga ega. Quyidagi ushbu pedagogik talablarga doir vokal mashqlari tavsiya etiladi.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Ulug`bek XOLIQOV: “ESTRADA TADBIRKORLIKKA AYLANGAN”

— Musiqiy loyihada ishtirok etganimga to`rt yil bo`ldi, bu katta muddat. O`sha vaqtda yosh ekanligim va tajribasizligim ijodiy jarayonda sezilgan. Qo`shiq yozish, she`rini yodlash borasida ham tezkorlikka tayyor emasligim pand bergan. Xatolarimdan xulosa chiqarganman.

Ulug`bek Xoliqov, deganda “musiqiy loyiha g`olibi va shou xonandasi”, degan ta`rifni eshitamiz. San`at ta`limini olgan ijodkor sifatida bu marralar sizni qoniqtiradimi, asli ko`zlagan marrangiz qaergacha?

— Musiqiy loyihadagi ishtirokim tasodif­ bo`lgan. Tanishim qo`ng`iroq qilib, qatnashib ko`rishimni aytganida, avvaliga xohlamaganman. Taqdir ekan, loyihada ishti­rok etdim va g`olib bo`ldim. Shouga kelsak, men ishlaydigan telekanal kliplarimni “aylantirib” beradi, evaziga ko`rsatuvda xonandalik qilaman. To`g`ri, musiqa ta`limini olgan ijodkor uchun bular etarlicha cho`qqi emas. Yuqoridagilar ilk odimlar, xolos. Hali ijod qilib, ko`zlagan marralarimga erishishga imkonim bor. Niyatim professio­nal san`atkor bo`lish! Muxlislar qo`shiqlarimni qayta-qayta tinglasa va “zo`r chiqibdi, qoyil!” deganining o`zi men uchun katta yutuq! Qaergacha etib borishimni esa vaqt ko`rsatadi, lekin men ijod qilishdan to`xtamayman.

Sizni hamkasblaringizdan ajratib turadigan o`ziga xos ustun jihatingiz?

— Javob berish qiyin (o`ylanib). Ustun jihatim, balki qo`shiqlarimning she`ri, musiqa va kliplarimning g`oya muallifi va rejissyori o`zim ekanligim, tongga qadar musiqiy sayqalchi bilan birga ishlashimdadir. Ijod qilganimda bor-yo`g`i to`rtta mutaxassis: musiqiy bezakchi, tasvirchi, montaj ustasi, ovoz operatori­ning yordami kerak bo`ladi, xolos.

Sizda homiy, iste`dod bor, lekin ijodda faol emasligingizga nima sabab, hatto biror hamkasbingizga raqobatdoshga aylanishga ham ulgurmadingiz?

— Prodyuserlik markazi bilan o`n oygina ishladim, hozir erkin ijodkorman. Telekanalning ko`magi bor, xolos. Ijodim sustligining boi­si balki hozir homiyim yo`qligi yo hamma ish o`z bo`ynimda ekanidadir.Shunga qaramay, to`rtta klip chiqarishga erishdim. Hatto oxirgi ikkita klipimga o`zim rejissyorlik qilishimga to`g`ri keldi. Ijodni boshlaganimga uch yilgina bo`ldi, hali hammasi oldinda.

Sizningcha, bugun shou-biznes necha foiz tadbirkorlikka aylangan va qachon san`at va tadbirkorlik bir-biridan to`la ajraladi?

— Shou-biznes deyarli to`laligicha tadbir­korlikka aylangan. San`at uchun ijod qi­la­diganlar barmoq bilan sanoqli. Xonan­daning noni faqatgina to`ydan, shu bois majburan to`ybop qo`shiq yozadi. Biror qo`shiq “xit” bo`lsa, hamma xonanda xuddi shunday qo`shiq ijro etishni boshlaydi. Estradadagi bir xillikning sababi ham shunda. Shukr, muxlislar professional san`atkor bilan tadbirkor xonandaning farqiga boryapti. ­Lekin san`at va tadbirkorlik bir-biridan to`la ajralishi uchun aniq tizim hamda vaqt kerak.

“Jurnalistika sohasida o`qimasa ham bo`ladi”, degan fikr­da “mu5” telekanalida teleboshlovchilikka qo`l urib, iqtidoringiz yo`qligini angladingizmi yo ikkita “qayiqning boshini tutib”, suvga g`arq bo`lishingizni tushunib etdingizmi?

— Taklif bo`lganida, boshlovchilikka o`zimda ham qiziqish bo`lgan. Sahna nutqi mukammal bo`lmagan va so`z boyligi kam odamdan talab kuchli bo`ldi. Shu bois loyihani tark etishga qaror qilganman. Qolaversa, muxlislar ham ijodim haqida emas, faqta uy qurilishi bo`yicha savol beradigan bo`lib qolishgandi.

BILASIZMI?

  • Ulug`bek Xoliqov 1993 yilning 24 iyuli­da Samarqand shahrida tug`ilgan.
  • O`zbekiston Davlat konservatoriyasiga imtiyozli ravishda qabul qilingan. 2016 yil estrada xonandaligi fakultetini ­tamomlagan.
  • Oilada 2 ta o`g`ilning to`ng`ichi.

Sadoqat ALLABERGANOVA suhbatlashdi.

Qiziqarli malumotlar
Estrada xonandalik darslik