Estetik tarbiya uning vazifalari, vositalari, tahdidlar va “ommaviy madaniyat”
Estetik tarbiya uning vazifalari, vositalari, tahdidlar va “ommaviy madaniyat”
DO`STLARGA ULASHING:
Estetik tarbiya uning vazifalari, vositalari, tahdidlar va “ommaviy madaniyat”.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
— tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish;
— ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o’rganuvchi ilm” deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar.
Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish, nomunosib holat, ko’ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning uchun bo’lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli”degan so’zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosat-ezgulikka,did-go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm-aqliy, farosat-axloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iborat.
Shu o’rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo’lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarni alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkin.
1.Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5ta sezgi ilg’amagan narsani ong osti ilg’ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg’ular xotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero, kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo’lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7tasinigina ajrata olamiz xolos.
2.Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatni misol qilib ko’rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo’ladigan joylar (bozorlar, ko’chalar va hokazo)ga o’rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo’lgan qiziqish reklamada ko’rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.
3.Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko’ngilochar maskanlarda qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko’zlanadi.
4.Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin ta’sir qilish xususan 25-kadr kopchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo’lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo’shningni o’ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo’l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab beradi.
Endi ikki og’ir so’z “ommaviy madaniyat” haqida. Uning kelib chiqishi, ta’siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam yanglishmagan bo’laman. Lekin, bir narsaga g’oyatda tahdidli, u ham bo’lsa, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo’yishidadir.
Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g’oyaviy tizimini izdanchiqarishi bilan xatarli ekanligini ham to’g’ri tushnish kerak. Bu xavf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllanririshda tarbiyaning barcha ko’rinishlarini uyg’un holda olib borishlari shart. Etetik tarbiya aynan shu maqsad yo’lida yosh avlodni milliylikka zid bo’lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san’atshunoslar “ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta’siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o’zining “Gullayotgan Amerika” kitobida “isyonkor yoshlar o’zlarining shaxsiy “madaniyat”larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh “isyonkor” madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq falsafiy axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqat madaniyatidan yuz o’girgan holda o’zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi “yangi odam” uchun maskur qadriyatning asosi –bu o’zini mavjud tizimdan tashqarida his qilishga bo’lgan layoqatidir”,-degan fikrni bayon etgan edi.
Estetik tarbiya uning vazifalari, tahdidlar va “ommaviy madaniyat”, vositalari