Estetik ong va faoliyat. Estetika kategoriyalari to’liq malumot oling

Estetik ong va faoliyat. Estetika kategoriyalari to’liq malumot oling

Estetik ong va faoliyat. Estetika kategoriyalari.
Mundarija скрыть
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo’lish tuyg`usi birdaniga paydo bo’lmagan, albatta, u sekin asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go’zal yoki xunuk ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi musavvir o’z diqqat e’tiborini asosan tirikchilik manbai bo’lgan narsalar, voqea hodisalarga qaratgan edi. (Omonqo’ton, Panjikent va boshqa g’oya rasmlarni eslang). O’sha paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo’lgan ovchilik o’rniga u yoki u bilan yonma-yon deqqonchilikning paydo bo’lishi bilan, ya’ni inson atrofidagi tabiatni o’zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o’lchanadi, inson uchun tabiatning go’zallik va xunuk tomonlari ayon bo’la boshlaydi. Inson kuch-qudratiga nisbatan tabiat kuchlarining qudratliligi tabiatni estetik o’zlashtirishning dastlabki bosqichini belgilab byerdi. Birinchi paytlarda u o’zida go’zallik va foydalilik tomonlarinig teng barobar bo’lishini o’zida ifodaladi. Odamlar qurg’oqchilikka qarshi mashaqqatli kurash olib borgan davrlarda yyer yuzida suv bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa go’zallik kasb etadi. Yil davomida ko’pchilik kunlar yog’ingarchilik bilan o’tgan yyerlarda quyosh eng go’zal hodisa sifatida qabul qilindi. Tabiatdagi go’zallikka manfaat nuqtai nazaridan yondoshish, odamlarning hozirgi kunda ham asalari va oddiy arilarga byerayotgan baxosidan qarama-qarshi his-tuyg`ularda ko’rinadi. Bir vaqtning o’zida ular ikkalasi ham jon og’ritib chiqishlariga qaramay, odamlar uchun asalarida go’zallik, oddiy arilar xunuklik tasavvurlari bilan bog’langandir.
Ijtimoiy va nafosatli orzular bilan birga, ba’zi ulug`vorlik va pastkashlik, qiymatlari ham tubdan o’zgarib bosh xususiyatiga egadir. Bundan 30-40 yil oldin ulkan zavod, fabrikalar korxonalarning ko’piga bo’y cho’zgan trubalari tutunlari hayotdagi ulug`vorlik tarzida in’ikos etiladi. Insonga bo’ysundirilgan tabiat qiyofasi ijtimoiy ong tarkibiga singdirilar edi. Inson tabiat ustidan, shaxs to’da ustidan musobaqada ilg`or uchuvchi, konchi, sut sog’uvchi, olim, ishchi xalq ustidan mana shularning hamma hammasi yaqin kunlardagi bizning ulug`vorlik orzuimizni tashkil qiladi. Bularning hammasi boshliqlar o’zboshimchaligi, yoppasiga fidoiylik, yalpi va yakka hokimiyatchilik davlatning shaxs ustidan buyruq hukmi zaminida vujudga kelgan ijtimoiy tuzum sistemasining achchiq orzu mevalaridir. Tabiat ustidan hukmronlik o’rniga u bilan hamohang bo’lish, ayrim o’zmachilik, ommaviy qaror, yalpi rozilik o’rniga ijtimoiy faol, tashabbuskor, ijodkor shaxsni shakllantirish burch vazifalarini ado etish bugungi kundagi ulug`vorlik orzusining asosiy mazmunini tashkil etadi. Ulug`vorlik o’zining har tomonlama ijodiy ifodasini san’atda topadi, uning barcha tur, xil va ko’rinishlar uchun ulug`vorlik mavzui asosiy tasvir ob’ektlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Shubhasizki, san’atning turli ko’rinishlari, ulug`vorlik tasvirlashning xilma xil imkoniyatlaridan foydalaniladi, aytish mumkinki, uning ayrim turlari qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik fojeasi, qahramonlik musiqa asarlari (simfoniya, oratoriya), me’morchilik va yodgorlik san’ati ko’rinishlari ulug`vorlik mavzusini badiiy o’zlashtirish jarayonida vujudga kelgandir.

 

Mavzu rejasi va bayoni

 

Voqelikka estetik munosabatda bo`lishning mohiyati va mazmuni.

Estetik ong tuzilishi  va uning  tarkibiy qismlari.

Estetik faoliyat ko`rinishlari. Ilmiy ijod va estetik faoliyat.

Estetika kategoriyalari va ularning mohiyati.

 

 

   Munosabat falsafiy tushuncha ma’nosida o’zaro harakat va o’zaro ta’sir demakdir. Lekin ijtimoiy hayot jabxasida namoyon bo’ladigan har qanday o’zaro harakat, o’zaro ta’sir munosabatni anglatavyermaydi. Insoniy munosabat sub’ekt va ob’ekt o’rtasidagi o’zaro harakat bo’lib, u yo’nalganlik mohiyatga ega bo’ladi. Shu ma’noda voqelikka nafosatli munosabat sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi o’zaro harakatning va o’zaro ta’sirining maxsus turidir.

   Nafosatli ob’ekt nima. Aslini olganda, nafosatli bo’lmagan narsalarning o’zi yo’q. Muayyan shart sharoitda har qanday narsa, voqea hodisa nafosatli tabiatga ega bo’lib, nafosatli munosabat va nafosatli baho ob’ektiga aylanib qolishi mumkin. Lekin ular ma’lum talablarga javob berishlari kerak: birinchidan, aniq his tuyg`u, sezgi idrok qobiliyati va imkoniyatiga ega bo’lishi; ikkinchidan, u yoki bu voqe ahodisa insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat kasb etishi kerak. Shundagina muayyan voqea hodisa nafosatli munosabat ob’ektiga aylanadi, ya’ni u o’z qadrini topadi. U yoki bu voqea hodisa odamlarga xizmat qilib, muayyan ijtimoiy burchni ado etish tushunchasini topish qadriyat atamasi bilan izohlaymiz. Baholash esa voqea hodisalarning qadrini yoki ijtimoiy ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir. Insonning voqelikka nafosatli munosabati aslida voqealikka baho berishning alohida turi, voqea hodisalarni nafosatli qadrlash usulidir.

   Borliqdagi voqea hodisalarning birligi va xilma xilligi, muvofiqligi, hamohangligi kabi tub xossalari nafosatli ob’ekt asosidir. Voqea hodisalar, narsalar faqat insoniy manfaatlar doirasiga kirib olgandan keyingina o’zining nafosatli ahamiyatiga ega bo’ladi.

   Nafosatli ob’ektning zarur tomoni, nafosatli munosabat sub’ektidir. Nafosatli sub’ekt o’z tarkibida jamiyatning zarur bo’laklarini biriktirgan, turli sohalarda moddiy ma’naviy faol ish olib boradigan ijtimoiy guruhlar hamda ayrim shaxslardan iborat juda murakkab ijtimoiy hosiladir.

   Nafosatli munosabat sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi o’ziga xos aloqalar turi bilan tavsiflanadi. Go’zallikni idrok etish jarayonida sodir bo’ladigan o’zaro harakatlar nafosatli munosabat zaminidir. Ruhshunoslik ko’rsatib byerganiga ko’ra, estetik idrok etishining xususiyati idrok etilayotgan narsalarning shakli bilan izohlanadi. Nafosatli munosabatning natijasi nafosatli baholash mohiyati, narsa buyumlar ifodalanadi. Masalan, kursi yoki xontaxtani nafosatli baholash uning shakli bo’lgan matyerial, uni qayta ishlash, taraf va qismlari mutanosibligini uning amaliy o’rni, ya’ni nimaga mo’ljallanganligiga qiyos qilishdir. Ovqatga nafosatli uning shakl va mazmuni mutanosibligida o’z ifodasini topadi. Yoki insonga nafosatli munosabatda bo’lish ham inson shaxsi ma’naviy mazmunining inson xatti harakatlari va xulq atvori shakliga mutanosiblikda ifodalanadi.

   Nafosatli munosabatda his hayajonlar maxsus o’rin egalaydi. His hayajon estetik munosabatning barcha pog’onalarida amal qilib, lazzatlanish, hayajon holati bilan yakunlanadi. Nafosatli lazzat murakkab ruhiy holat bo’lib, o’zida butun bir hayajonlar turkumini, faraz qilishni, xilma xil taassurot va tasavurlarni birlashtiradi. Nafosatli munosabat hayajonlar bilan birga o’z ichiga aqliy jihatlarni ham qamrab oladi. Bunda nafaqat nafosatli munosabat ob’ekti, balki nafosatli tuyg`ular va kechinmalar ham tahlil va fikr  mulohaza mavzuiga aylanadi.

   Nafosatli anglash ob’ektiv dunyoga nisbatan bo’lgan inson munosabatining sub’ektiv tomonidir. U ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida axloqiy ong, huquqiy ong, diniy ong, falsafiy ong kabi ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda turadi. Ijtimoiy hayot ijtimoiy ong barcha shakllarining umumiy poydevoridir.

   Nafosatli ma’naviy ruhiy hodisalar majmui bo’lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan nafosatli his, did, fikr, orzu, qarash, nazariya tizimini anglatadi. Nafosatli ong ijtimoiy hayot zaminida uning bilan mutanosib tarzda o’zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi.

   Nafosatli anglash jamiyat hayotida guruhiy manfaatlar ifodasi tarzida ham namoyon bo’ladi. Lekin bu hol jamiyatning turli sohalarida turlicha, masalan, mafkura sohasida nafosatli qarashlar, orzu umidga munosabatlarda o’ziga xos aks etadi. Ruhiy ma’naviy sohalarda esa guruhiy manfaatlarga nisbatan ancha mustaqil tarzda namoyon bo’ladi. Bu hol har bir yakka odamning aniq his va did egasi sifatida namoyon bo’ladigan ijtimoiy va biologik xususiyatlari bilan bog’liqdir. Guruhiy manfaatlar his tuyg`u ham sezilib turadi, lekin asosan u mafkuraning qismlari estetik orzular, qarashlar, nazariyalar ta’siri kuchiga qarab belgilanadi.

   Nafosatli ongning nisbiy mustaqilligi ko’rinishlaridan biri vorisiylikdir. Chunki yangi nafosatli qarashlar, g’oyalar, nazariyalar bo’sh yerda vujudga kelmaydi. Ular jamiyatning oldingi nafosatli va badiiy ravnaqi natijasida jamlangan hissi va aqliy hosilalar, bilimlar zaxirasining davomi amal qiladilar. Vorisiylik nafosatli ongning barcha nafosatli qarashlar va nazariyalariga, nafosatli did va his bo’g’inlariga taalluqlidir.

   Nafosatli anglash yoxud ong ijtimoiy hayot in’ikosi bo’lib, jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi, unga har tomonlama ta’sir o’tkazadi. Jamiyat taraqqiyotida biror jabha, narsa, zarra yo’qki, ular nafosatli did, orzu qarashlardan chetda qolgan bo’lsin. Nafosatli ong moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy boylik yaratishdan oziq olibgina qolmay, ayni chog’da ularga jumladan, siyosat, axloq odob, din, falsafa, fan sohalariga ham bevosita ta’sir o’tkazadi.

   Nafosatli anglash ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida nafosatli faoliyat bilan uzviy bog’liq bo’lib, nafosatli faoliyat jarayonida shakllanadi va qaror topadi. Nafosatli ong aslida nafosatli faoliyat maxsulidir.

   Nafosatli ong badiiy ong bilan chambarchas bog’liq. Ular bir biriga yaqin tushunchalar bo’lsada, aynan bir ma’noni anglatmaydi. Nafosatli ong voqelikni butun borligicha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong san’atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo’ladi. Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalansa, nafosatli ongning aks etish ko’lami ancha keng bo’lib, u odamlarning mehnat faoliyatida, uning natijalarida, moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o’z ifodasini topadi.

   Nafosatli ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi ko’rinishidan yakka odam nafosatli ongi ko’rinishi farq qiladi. Yakka odam nafosatli ongi aniq bir shaxs ongi, ma’naviy dunyosining bir qismi bo’lib, keng ma’noda u ham ijtimoiy mazmun kasb etadi, ya’ni ijtimoiy hayot jarayonida shakllanib, rivojlanib, jamiyat maxsuliga aylanadi.

   Nafosatli ong bilan yakka odam nafosatli ongi o’z sub’ektlariga egalik jihatidan ham farqlanadilar. Iytimoiy tabahalar, qatlamalar, guruhlar, millatlar, elatlar, xalqlar nafosatli ong sub’ekti sifatida namoyon bo’lsa yakka odam, nafosatli ongning sub’ekti  muayyan bir shaxsdir.

   Nafosatli ong va yakka odam nafosatli ongi o’z mazmuni jihatidan ham farqlanadi. Jamiyat nafosatli ongi ijtimoiy hayotdagi nafosatni to’la qamrab oladi. Yakka odam nafosatli ongi esa faqat bitta shaxs ma’naviy dunyosidagi nafosatli sohani o’z ichiga oladi.. Yakka shaxs nafosatli ongi ijtimoiy nafosatli tarkibida harakat qiladi, ya’ni u bilan ichki bog’liqlikka ega bo’ladi. Ularni bir biridan faqat ilmiy nazariy tahlil qilish orqali ayrim-ayrim holda olib ko’rish mumkin.

   Jamiyatning nafosatli ongi murakkab tizimli, harakatchan, o’zaro uzviy aloqador qator qismlardan iborat bo’ladi.

   Nafosatli ongning turg’un va uyg’un qismlari  bular nafosatli hislar, orzular, qarashlar va nazariyalardir. Ular bir-biri bilan aloqador holda o’zaro ta’sirda bo’lsada ularni alohida-alohida tahlil etgandagina bu umumiylik mohiyatini anglab olish osonroq bo’ladi.

   Nafosatli his tuyg`ular umuman inson ongining ajralmas qismi bo’lib, nafosatli ong sohasida alohida o’rin tutadi. Ular nafosatli ongning asosiy qatlamini tashkil etib, uning poydevori hisoblanadi, uning barcha jabhalarini bezajdi va boyitadi.

   Nafosatli his tuyg`ular intelektual tuyg`ular bilan bir qatorda eng oliy, ijtimoiy tuyg`ular turkumida mansub. Bu yerda «ijtimoiy» iborasi nafosatli his tuyg`ularning jamiyat bag’rida vujudga kelib, rivojlanishi, jamiyat bag’rida amal qilishi singari hodisalar nazarda tutiladi. Nafosatli his tuyg`ular murakkab ijtimoiy hodisa sifatida nafosat, uy, ohang, shakllar, uyg’unlik, moslik, mutanosiblik, kabi tushunchalar bilan birga shodlik, hayratlanish, ajabalanish, roxatlanish, lazzatlanish, extirom, shavq-zavq, nafrat kabi tushunchalarni ham qamrab oladi.

   Nafosatli his tuyg`ular shakli, namoyon bo’lishi va amal qilish jihatidan sub’ektiv tabiatga ega bo’lib, inson dunyosining bir qismini, sub’ektiv voqelikning bir bo’lagini tashkil etadi. Nafosatli his tuyg`ularning mazmuni insonning muayyan maqsadga yo’nalitirilgan faoliyatida yorqinroq namoyon bo’ladi.

   Nafosatli his tuyg`ular kechinmalar bilan qorishiq holda namoyon bo’ladi, ya’ni, alohida ko’rinishdagi kechinmalar jarayoni sifatida sodir bo’ladi. Sub’ekt bilan ob’ektning qo’shilib ketishi, sub’ektning ob’ekt bag’rida «yerib ketishi» kechinmali his tuyg’uning o’ziga xos belgisidir. Nafosatli kechinma sub’ektning alohida faolligi, xususan, hayol, tasavvuf qila bilash kuchi bilan belgilanadi.

   Nafosatli kechinmaning yakuni nafosatli lazzatlanishdir.. Nafosatlanish insonning umumiy, doim ijobiy bo’lgan sezgi holati, ya’ni uning narsalardan, voqea va hodisalardan ta’sirlanishidir.

   Nafosatli lazzatalnish o’z tabiatiga ko’ra ma’lum ma’noda ziddiyatli sodir bo’ladi. U his tuyg`ularni ham, aqliy faoliyatini ham, insonning chuqur ijtimoiy qobiliyati in’ikosi bo’lgan beg’arazlikni ham qamrab oladi. Beg’arazlik nafosatli lazzatlanishda foyda haqidagi tasavvurlarni inkor etmagan holda namoyon bo’ladi. Binobarin, beg’arazlik foyda haqidagi maxsus tasavvurni jamiyat, insoniyat, taraqqiyot foydasi haqidagi tasavvurni o’zida mujassamlashtiradi. Ayni mahalda beg’arazlik o’zining ziddi bo’lgan ochko’zlik, to’ymaslik, qizg’anchiqlik, hudbinlik, manfaatparastlik kabi his tuyg`ularni qat’iy rad etadi

   Nafosatli lazzatlanish aslida jamiyat manfaatlari uchun foydali bo’lib, u inson ijodiy kuchlarining yerkin namoyon bo’lishi jarayoni bilan bog’liqdir. Nafosatli lazzatlanish inson faoliyatining moddiy ishlab chiqarish, muhandislik qurilmalari yaratish (konstruktorlik), ilmiy kashfiyotlar, murabbiylik, badiiy ijodkorlik kabi barcha sohalarda yerkin ijod qilishini rag’batlantirib turadi.

   Ayniqsa nafosatli his tuyg`ularning nafosatli didni tarbiyalashdagi roli muhim.

   Nafosatli did murakkab va ko’p qirralidir. U insonning fikr mulohazalari, xulq atvori, xatti harakatlari moddiy va ma’naviy ijodkorligi namoyon bo’ladi.

   «Did» iborasi odamlarning ayrim sohalarga moyilliklarini ifodalaydi. Ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga moyil odamni «fanga didi (fahmi) bor» deb, ixtirochini «ixtirochilikka didi zo’r», deb gapiradilar. Shu bois «did» tushunchasini insonning aniq yo’nalgan qobiliyati, voqelikning u yoki bu tomonlarini afzal ko’rish munosabatti sifatida baholash o’rinlidir.

   Nafosatli did voqea hodisalarning nafosatli sifatlarini inson tomonidan idrok etmoq va baholamok jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg`usi orqali o’n, ifoda soni topadi. Nafosatli did zaminida go’zallikni xunuklikdan ajrata bilish va undan beg’araz shodlanish, lazzatlanish qobiliyati yotadi. U his tuyg`ular bilan ish ko’radi, ya’ni hayot go’zalliklari va fojealarini his eta bilish, fojeali to’qnashuvlarni ko’pligi nomutanosibliklardan farqlay olish qobiliyati orqali namoyon bo’ladi.

   Nafosatli did odamlarning dunyoqarashi, ayniqsa, nafosatli qarashlari orqali yorqinroq ko’rinadi. Lekin nafosatli qarashlar va bilimlar hamma vaqt ham nafosatli didni ifodalamaydi. Ba’zan nafosatli qarashlar va nafosatli bilimlar zaxiralariga ega bo’la turib, yomon yoki rivojlanmagan nafosatli did egasi bo’lib qolish mumkin. Bilimlar va qarashlar didda ifodalanish uchun ular shaxs ichki dunyosiga, idrok qilish jarayoniga singib ketishi, tug’rirog’i, shaxsning mustahkam e’tiqodiga aylanib ketishi lozim.

Dizayn sanoatni loyihalash va ishlab chiqarishni uyushtirishda narsalar chizmalar, rasmlar, modellarning maqsadga muvofiqligini va texnologik foydaliligini hisobga olish faoliyatining ajralmas qismidir. Sanoatda keng iste’mol maxsulotlaridan, nodir dastgohlar va asboblarni loyihalash va yaratish ishida turli tuman kasb egalari muhandislar, texnologlar, ishchilar, iqtisodchilar, boshqaruvchilar, ruxshunoslar, sosiolog ijtimoiyshunoslar qatnashadilar. Bu yerda dizaynchi musavvir loyiha yaratuvchi alohida mavqega ega: uning zimmasiga nafosatli qiymatga ega bo’lgan maxsulotlar va mehnat qurollarini yaratish burchi yuklangandir. Ishlab chiqarish bilan ist’emol, ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol qiluvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni uyg’unlashtirib turish dizaynchining eng muhim vazifasidir. Dizaynchi birinchi navbatda ishlab chiqarish sohasida imkon qadar iste’molchi manfaatlari tomonida turadi. Ikkinchidan, u iste’molchi, ehtiyojlarini faol shakllantirib va uyg’unlashtirib boradi. Bu yerda dizaynchining estetik madaniyati, estetik didining tabiati va mazmun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Dizayn san’atdan bahra oladi. San’at bilan dizayn o’rtasida umumiylik bo’lsada, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san’atdan qanday farq qiladi? Ayonki, san’at badiiy faoliyat u yoki bu ko’rinishida faqat g’oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog’liq. Lekin bu yyerda narsalar ishlab chiqarish yordamchi (qo’shimcha) vazifani bajaradi. San’at avvalo ma’naviy boylik yaratish turi, ong va bilish sohasidir. Bu, san’atning tub mohiyatini ifodalaydi.

Dizayn esa moddiy-amaliy faoliyat turiga kiradi. Dizayn maxsulotlar san’at asarlaridan farqli ravishda voqelikning in’ikosini emas, balki uning nafosat qonunlariga binoan yaratilib, san’at amaliyotining aynan o’zini anglatadi.

San’atning nafosatli qadriyati ma’lum darajada «foyda» qadriyatlariga ziddir, ya’ni san’at asari moddiylikdan ko’ra ko’proq ma’naviy extiyojlarni qondirishga qaratilgan bo’ladi. Dizayn maxsulotlari mashinalar, binolar keng iste’mol mollari va boshqalarda sof iste’mol, ya’ni moddiy «foyda» xususiyati bo’rtib turadi. Mahsulotning estetik sifati biri-bir uning loyihaviy burchi qay darajada ifodalanganligi bilan belgilanadi.

Bu yerda narsaning burch vazifasi uning ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi. Shunday qilib dizayn maxsulotning nafosatli qiymati uning maqsadga muvofiq ekanligi bilan izohlanadi. Narsaning foydaliligi va maqsadga muvofiq ekanligi uning tor ma’nodagi vazifa bajarish, ya’ni amal qilishi darajasiga tushib qolishidan saqlaydi.

San’at bilan dizayn o’rtasidagi farq haqida gapirganda, san’at asari qaysi moddiy tizimiga mansubligidan, qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat’i nazar, mustaqil qiymatga ega ekanini ta’kidlash kerak. Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi bo’lib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning nafosatli qiymati ham muayyan narsalar «tizimi»ga qanchalik mos kelishi bilan o’lchanadi, ya’ni dizaynchi faoliyatning ob’ektini alohida olingan mashina emas, balki barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari ko’rinish va hakazo shakllari bilan birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi» tashkil etishi shart. Dizaynchi loyihalashtirilayotgan narsalarni, ular iste’mol buyumlari yoki texnik qurilmalar bo’lmasin, nimaga xizmat qilish shakli, rangi va boshqa tomonlarini o’zaro muvofiqlashtirish lozim bo’ladi. Bu bilan u narsalarni yaratish va iste’mol qilish jarayonida inson uchun eng qulay sharoitlani ta’minlay oladigan yaxlit nafosatli molik narsalar muhitini vujudga keltiradi.

Nafosatli ilmiy ijodning ham nafosatli tonini tashkil qiladi. Lekin, nafolsatli omillar ijodga tarkiban xos bo’lib, unga yordamchi omil vazifasini o’taydi. Juda ko’p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning nafosatli madaniyati darajasiga bevosita bog’liq ekan.

Nafosat madaniyati ilmiy izlanishlarining hamma bosqichlarida ilmiy muammolarning qo’yilishi, ularning yechimi, olingan ilmiy natijalarni baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Aksincha, nafosatli rivojlanmaganlik, loqaydlik olimning ijodiy kuch qudratini so’ndiradi, ilmiy ijodiy jarayonida juda muhim bo’lgan shaxsiy qoniqish hissidan mahrum etadi, aqliy ravnaqiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Ilm fan bilan bir tomonlama shug’ullanib, san’atdan lazzatlanish hissini yo’qotib qo’ygan olimning bu yo’qotish aqliy va axloqiy sifatlariga salbiy ta’sir qilgan haqida tarixida misollar ko’p.

Olim nafosatli madaniyatida ilmiy faraz alohida o’rin tutadi. Ilmiy nafosatli his tuyg`u bilan shu qadar chirmashib ketganki, ularni hatto nazariy tahlil jarayonida ham bir-biridan farqlash ancha mushkul. Aslida, ilmiy faraz mohiyatan nafosatli mazmunga ega, chunki fikrlovchi inson har qanday fikrlovchi mashinadan ustundir.

Faraz voqelikka nisbatan yerkindir, demak faraz va yerkinlikni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Faraz olimni sub’ektivlik balosidan, qotib qolgan qolip andozlardan xalos qilish kuchiga ega. Voqelikning eng murakkab, o’zgaruvchan omillarga bog’liq bo’lgan hodisalarini bilish va anglash zarur bo’lganda farazning qudratli kuchidan foydalanamiz.

Faraz bilan bir qatorda fahm farosat turadi. Fahm farosat yuzaki qaraganda taxmin qilish sifatida ko’rinsada, aslida haqiqatni ko’ra olish, ya’ni dalil isbotga muxtoy bo’lmagan narsalarning ob’ektiv bog’lanishini anglatadi, fahm farosat haqiqatni bevosita mushohada etishdir.

Fahm farosatsiz ijodiy faoliyat, jumladan, badiiy va ilmiy faoliyat ham bo’lishi mumkin emas. Fahm farosat badiiy faoliyatda o’ta murakkab va rivojlangan shaklda namoyon bo’lsa, fanda u voqea hodisalarni aqliy mushohada qilish bilan chambarchas bog’lanib ketadi.

Olimlarning tahlillariga ko’ra, ilmiy faoliyatda fahm farosat faktlarni to’plash, nazariya va yangi tushunchalarni shakllantirish, eski nazariyadan yangisiga o’tish, yangi g’oyaning tug’ilish, keyingi ilmiy ijod uchun yo’l ochish, olim ichki e’tiqodiga asoslangan yangi nazariyaning haqiqatligini sinab ko’rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fahm farosat o’zidan o’zi vujudga kelmaydi. U ilmiy faoliyat sohibidan barcha bilimi va hissiy qobiliyatini, avval yerishgan tajribasini ishga solishni taqozo etadi. Boshqacha qilib aytganda, fahm farosat aslida ehtirossiz, ilhomsiz vujudga kelishi, binobarin ehtiroslarsiz hech qanday buyuk narsalar yaratishi va mavjud bo’lishi ham mumkin emas.

Faraz, fahm farosat, ehtiros ilhom nafosatli tavsifga ega bo’lib, ular eng «toza» va rivojlangan ko’rinishda san’atga taalluqlidir. Ayni vaqtda ular ijodiy faoliyatining zarur qismlari sifatida fanda o’z ifodasini topadi. Ular fangga alohida alohida tarzda emas, balki birgalikda, aniq tizim vositasida o’tkazadi.

Ilmiy ijod jarayonida his tuyg’u, shodlik, beg’araz qoniqishga intilish kabi estetik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy ijodning nafosatli mazmuni quvonch, shodlik, qoniqish hissini qondirishga emas, balki ilmiy izlanishlar natijalari va ularga yerishish usullarida ifodalanadi. Donishmand olimlar ilmiy izlanishlarning barcha bosqichlarida nafosatli his tuyg`ular ulkan ahamiyatga molikligini ta’kidlaganlar.

Asrimizning buyuk olimi Al’byert Eynshteyn ilmiy ijodning butun jarayoni estetik ruh bilan sug’orilgan, bugungi fan olimdan «ijodkor sifatlari»ni talab qiladi, deb bejiz ta’kidlamagan edi. «Ijodkor sifatlari» qatorida tafakkurning g’ayri tabiiy (paradoks) ligi muhim o’rin tutadi. G’ayritabiiylik doimo badiiy tafakkurning belgisi bo’lgan, qadimgi afsonalar ana shu g’ayritabiiylik mazmuni bilan boyitilgan edi.

Nafosatli his tuyg`u u yoki bu ilmiy nazariyaning (garchi u hali amaliyot tajribasida tasdiqlanmagan va oldingi nazariyalardan zaruriy, o’z o’zidan kelib chiqmagan bo’lmasa ham) to’g’riligini bildiruvchi ilk mezon belgisi bo’lishi mumkin. Ana shu nazariya xushbichim, ko’rkam, takomil bo’lsa, olimda uning to’g’ri, haqiqiy ekanligiga ishonch hosil bo’ladi.

Bu yyerda ilmiy qurilmalarning tuzilishi mukammalligi muhim o’rin tutadi. Buyuk olimlarning ko’pchiligi ilmiy asarlarning ilmiy qiymati mezonini qurilma tuzilishining, yetukligida, yaxlitligida ko’rganlar. Olim ijodiga san’atning ijodiga samarali ta’siri haqida N. Bor shunday degan: san’at bizga tizimli tahlil kuchi yetmaydigan hamohangliklar to’g’risida eslatib turadi. Shuni aytish mumkinki, adabiy, tasviriy, musiqaviy san’at turlarining ifoda usuli g’oyat izchildir. Bu izchillik ilmiy axborotlarga xos bo’lgan aniq ta’riflardan to’la voz kechib, ko’proq faraz o’yniga yerk byergan ma’qul.

Eng yaxshi san’at asarlari ilm-fan kishisida hayol faraz vujudga keltiradi va yaxlit, nafosat his-tuyg`usini uyg’unlashtiradi, g’ayritabiiy tafakkur qilish qobiliyatini oshiradi, yerkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb ehtadigan qobiliyat imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi.

  Go’zallik nafosatshunoslikning asosiy tushunchasi. Zyero, go’zallik nafosat olamining mag’zi, bosh xossasi, mohiyati, asosini tashkil qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, estetika, nafosatshunoslik, go’zallik falsafasi tarzida ham talqin etib kelinadi.

Go’zallik muammosiga murojaat etgan barcha mutafakkirlar go’zallik haqida fikr yuritib va uni tadqiq qilish nihoyat darajada mashaqqatli masala ekanligini doimo ta’kidlaydi. Mazkur qiyinchilik, birinchi navbatda, go’zallik tushunchasining o’zaro hech bir umumiyligi bo’lmagan turli tuman hodisalarning keng doirasiga taalluqliligi bilan bog’liqdir.

  Go’zal bo’lgan, ya’ni bizda ijobiy tuyg`u qo’zg’atgan narsani ko’rsatib berish nisbatan ancha oson. Lekin nima uchun mazkur narsa go’zal ekanligini tushuntirib berish ancha mushkul. xuddi shu tarzda go’zallik muammosiga falsafiy yondoshish tarixan shakllangan.

  Go’zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo’lib, aniq hissiy ta’sir o’tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko’payishiga, shodlik, zavqlanish, to’la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Go’zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo’ljallangan bo’ladi. Va nihoyat, go’zallik, Shillyerning o’rinli iborasi bilan aytganda, inson ozodligining ramzi sifatida ifoda topadi. Mustaqil Respublikamizda yerkin ma’naviyatli shaxs tarbiyasi muhim vazifaga aylangan tarixiy bir sharoitda alohida ahamiyat kasb etadi. Go’zallik cheksiz xilma xillikka ega bo’ladi. Tabiatdagi go’zallik ijtimoiy hayot go’zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go’zallik badiiy ijoddagi go’zallikdan farq qiladi. Lekin go’zallik qanchalik o’zining rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo’lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh go’zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud.

Inson hamma yerda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to’qnashar ekan, u albatta tabiatning go’zalligidan zavq-shavq oladi, ongli yoki anglamagan holda sevinadi, ma’naviy boylik orttiradi. Ijtimoiy orzuga muvofiq kelish tabiatda insondagi go’zallikdan zaifroq ko’rinadi, ammo bu yerda ham o’sha qonuniyat amal qiladi. Inson tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy guruh ijtimoiy orzusiga muvofiq keladigan hodisalarni go’zallik sifatida baholaydi. Hamma vaqt tabiatga nafosatli munosabat va tabiatni nafosatli o’zlashtirish uni «insoniylashtirish», tabiat hodisalariga inson talab ehtiyojlarini, maqsad orzularini tadbiq etish bilan bog’lanib ketgan. Shu munosabat bilan bu yerda atoqli yozuvchilarni tabiat manzaralari tasvirini rango-rang bo’yoqlarda inson qiyofasi, orzu-umidlari, intilishlari bilan uzviy badiiy bog’lab ifodalashlarini eslatib o’tish o’rinlidir. (Oybekning «Navoiy» romani boshlanishi, Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanidagi Otabekning Marg’ilonga borib kelishi badiiy tasviri shular jumlasidandir).

Insonda tabiatga qanday munosabatda bo’lish tuyg`usi birdaniga paydo bo’lmagan, albatta, u sekin asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go’zal yoki xunuk ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi musavvir o’z diqqat e’tiborini asosan tirikchilik manbai bo’lgan narsalar, voqea hodisalarga qaratgan edi. (Omonqo’ton, Panjikent va boshqa g’oya rasmlarni eslang). O’sha paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo’lgan ovchilik o’rniga u yoki u bilan yonma-yon deqqonchilikning paydo bo’lishi bilan, ya’ni inson atrofidagi tabiatni o’zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o’lchanadi, inson uchun tabiatning go’zallik va xunuk tomonlari ayon bo’la boshlaydi. Inson kuch-qudratiga nisbatan tabiat kuchlarining qudratliligi tabiatni estetik o’zlashtirishning dastlabki bosqichini belgilab byerdi. Birinchi paytlarda u o’zida go’zallik va foydalilik tomonlarinig teng barobar bo’lishini o’zida ifodaladi. Odamlar qurg’oqchilikka qarshi mashaqqatli kurash olib borgan davrlarda yyer yuzida suv bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa go’zallik kasb etadi. Yil davomida ko’pchilik kunlar yog’ingarchilik bilan o’tgan yyerlarda quyosh eng go’zal hodisa sifatida qabul qilindi. Tabiatdagi go’zallikka manfaat nuqtai nazaridan yondoshish, odamlarning hozirgi kunda ham asalari va oddiy arilarga byerayotgan baxosidan qarama-qarshi his-tuyg`ularda ko’rinadi. Bir vaqtning o’zida ular ikkalasi ham jon og’ritib chiqishlariga qaramay, odamlar uchun asalarida go’zallik, oddiy arilar xunuklik tasavvurlari bilan bog’langandir.

Go’zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etish tushunarli, albatta. Lekin bunday qarash go’zallikning ko’rinishlaridan faqat bittasini o’z ichiga oladi. Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo’lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo’lib qoldi. Shu narsa aniq ravshan bo’lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan munosabatda bo’lish butunlay istiqbolsizdir. Insoniyat hozir tabiatni, atrofmuhitni qimoya qilib, undan oqil tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib borib, o’ziga uning yangidan yangi mo’jizalarini ochmoqda, undan ta’lim sabog’lari olmoqda. Insoniyat tabiat ustidan qozongan g’alabalarini mutlaqlashtirib maqtanish tobora tabiat bilan birga o’zaro aloqadorlikda, ittifoqda bo’lish tomon intilmoqda. Bu holatni Chingiz Aytmatov o’zining mashqur «Kunda» «Plaha» romanida juda ishonchli tarzda badiiy bo’yoqlarda ifodalay olganlar.

San’atdagi go’zallik esa hayotdagi go’zallik in’ikosi bo’lib, uning bitmas tuganmas manbai voqelikdir. Go’zallik yaratuvchi ijodkorlardan biri aytaganidek, ijodkorning boshqa odamlardan farqi shundaki, u boshqalar famlay olmagan go’zallikni hamma yyerda ko’ra bilish qobiliyatiga egadir.

Tabiatga, insonga, insoniy munosabatlarga ko’pincha biz san’atning buyuk ijodkorlari ko’zi bilan qarashga o’rganib qolganmiz. Bizni hayratga soladigan, ajoyib tabiat hodisalari bilan to’qnashganimizda beixtiyor: «qanday go’zal, Xuddi Van Gogdagideka , Levitandagidek, Rembrantdagidek, Gojyadagidek va h.» deb xitob qilamiz. Bunday hayratli holatga kelish tasodifiy emas, chunki Van Gog, Levitan, Rembrant, Gojya va b. O’zlari yashab in’ikos etgan tabiatni, uning bag’ridagi odamlar va hayvonlarni umumlashtirilgan, ramziy shakllardagi ob’ektiv go’zalliklarini ochib namoyish qilganlar va ularni idrok etish bilan bog’liq ko’pchilikka xos kechinmalarni ifoda etganlar.

San’at hayotning beqiyos boyligini va xilma-xilligini, go’zallik va xunuklikni, yuksaklik va pastkashlikni aks ettirishi hamda bu vazifasini aniq estetik orzu mavqeida turgan holda amalga oshirishi lozimdir.

San’atdagi go’zallik ko’p qirrali, ko’p o’lchovli tomonlarga ega bo’lib, ular orasida estetik orzu belgilovchi ahamiyat kasb etadi. San’at go’zal va xunuk hodisalarni aks ettirishi mumkin. Lekin uning o’zi hamma vaqt ham go’zaldir, chunki u o’z tarkibiga ajralmas qism sifatida estetik orzu, ya’ni go’zallikning zaruriy xossasini singdirgan tasavvurni anglatadi.

San’at o’zining barcha taraqqiyot bosqichlarida estetik orzu o’zgaruvchanligini, uning ijtimoiy va milliy jihatlaridan bog’liqligini nozik va sezgir ifodalab byergan. San’atda qaror topgan estetik orzuning asosiy mazmunini inson go’zalligi haqidagi turli davr odamlari, millatlar, ijtimoiy guruhlar tushunchalari bo’yicha uni qanday qiyofada ko’rish istaklari mavjudligi to’g’risidagi tasavvurlar tashkil etadi.

Ko’p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro’yobga chiqarishning ikki asosiy yo’nalishini ishlab chiqqan. Uning birinchisi estetik orzuni ijobiy qahramon timsolini yaratish orqali ro’yobga chiqarish yo’li  tashkil etadi. Ijobiy qahramon ijodkor estetik orzusining, u orqali jamiyatning namoyandasidir.

Ilg`or orzularni ularga qarama-qarshi hayot hodisalarini tasvirlash orqali qaror toptirishning ikkinchi yo’li birinchisidan kam bo’lmagan samarali va estetik ahamiyatlidir. Buyuk so’z ustalaridan biri san’at orzu |ideal|dagi odamlarni emas, balki ijodkorning o’zida orzu bo’lishini taqozo etadi, deb haq gapni aytgan edi. Shunday orzu bo’lgan taqdirda eng mudhish, xunuk, pastkash hayot hodisalarni tasvirlash ham san’at asarlarining ijobiy estetik qiymatini tushurib yubormaydi.

San’atda ilg`or estetik orzuning bo’lishi san’at go’zalligi bilan bog’liq zaruriy, lekin yagona bo’lmagan omildir. San’at go’zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror topadi. Badiiy haqiqat siz san’atda go’zallik bo’lishi mumkin emas. Haqiqat va go’zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. Mazkur qoidani nozik fahmlash, ifoda qilar ekan, Shekspir o’zining sonetlarida biri: «Go’zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go’zallik kashf etadi»,  deb yozgan edi. Go’zallikni hayot haqiqatidan ajratib tashlashga har qanday urinish san’atga halokatli ta’sir qilib, uning faol, o’zgaruvchan ahamiyatini pasaytiradi.

San’atdagi go’zallikni haqli ravishda shaklli va mazmuniy birligi bilan bog’lab mushohada etadilar. Kamolotga, go’zallikka intilish ko’p jihatlardan eng muvofiq shaklini izlab topish bilan bog’liq bo’lib, bu shakl yaratilmish narsaning mazmuniga mos kelishini taqozo etadi. Go’zallik qonunlari bo’yicha yaratish mutanosib shakl izlab topishni o’z ichiga oladi.

Shaklning mazmunga mos kelishi san’atdagi go’zallikning mezoni ekanligi haqidagi qoidaga ba’zi bir aniqliklar kiritishimiz bu yyerda o’rinlidir. Masala qanday mazmun haqida gap borayotganligidadir. Yolg’on, zararli, g’oyaviy buzuq mazmun o’ziga yarasha ifoda topadi, lekin buning natijasida san’at asari go’zalligining mezonlaridan biri sifatida qarash mumkin bo’ladiki, agar gap ijtimoiy ahamiyatli, g’oyaviy, ilg`or, hayot haqiqatiga ega mazmun haqida borsa hamda unga muvofiq, barkamol shaklda bu mazmun ifodalansa.

Yuqorida bayon qilingan fikr mulohazalardan xulosa yasab shuni aytish mumkinki, san’atdagi go’zallik, uning kamolot darajasi ko’p tomonli, murakkab tizim birligini anglatib, uning tarkibiy qismlari sifatida tasvir ob’ektining go’zalligi, estetik orzuning haqqoniyligi va ilg`orligi, voqelikni bilishning haqiqiy va chuqur mazmundor ekanligi, badiiy mahoratning yuksakligi namoyon bo’ladilar. Mazkur omillar orasida estetik orzu o’zining haqqoniyligi, demokratikligi, insoniyligi bilan belgilovchi, sistema tashkil etuvchi ahamiyatga molikdir.

Ulug`vorlik nafosatli va axloqiy mezonlar bilan bog’lanib, nihoya darajada yaqqol va bevosita amal qiladigan nafosatli mezoniy tushunchani tashkil etadi.

Ulug`vorlik ko’lami go’zallik ko’lamidek cheksiz va benihoyat. Ulug`vorlik tabiatda, jamiyatda, inson ishlarida, uning faoliyat mahsulotlarida jamlangandir. Ulug`vorlik belgisiga ega bo’lgan barcha narsalarning, hodisalarning hammasiga xos bo’lgan umumiylik ularning me’yoriy barkamolligi, shu qadarki, undan tashqarida me’yor qonuni buzilishi mumkin.

Ulug`vorlik kategoriyasi odamlar uchun alohida ahamiyatli hodisalar sirasiga kiradi. Bunday hodisalar mohiyatan shu qadar keng ko’lamliki, ular ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida to’la o’zlashtirilishi mumkin bo’lmaydi, shuning uchun odamlarni faol harakatga, o’zlaridagi ijodiy imkoniyatlarni ishga solishga doimo rag’batlantiradi.

Tabiatda ulug`vorlik baland tog’lar, qudratli sharsharalar, cheksiz okeanlar, moviy mavj urayotgan dengizlar, tubsiz osmon va q. k. timsolida namoyon bo’ladi. Bu yyerdagi umumiylik ulardagi keng ko’lam, ulkanlik, buyuklik, tuganmaslikdir. Tabiatdagi ulug`vorlik insonda o’zidagi zaiflik emas, balki tabiat bilan qo’shilib ketishga intilish hissini uyg’otadi.

Ulug`vorlik hissi o’z-o’zidan nafosatli mazmunga ega bo’lmagan quvonch, hayratlanish, ehtirom, tan berish tuyg`ulvrini o’z ichiga qamrab oladi. Bularga ba’zida qo’rquv ham qo’shiladi, lekin u insonni kamsitmaydi. Balki to’siqlarni yengib o’tishga turtki beradi.

Ulug`vorlik hissi umuminsoniy, umumiy belgilari bilan birga ijtimoiy shartlangan, aniq tarixiy tabiatga ham molik bo’ladi. Ulug`vorlikka, ijtimoiy hayotga tarixiy taraqqiyotga alohida ta’sir o’tkazuvchi hodisalar va jarayonlar ham kiritilishi mumkin. Ijtimoiy hayotda ulug`vorlik bilan qahramonlik, mardlik shu qadar qorishib ketadiki, ularni alohida alohida mushohada etish ulug`vorlikning asosiy mazmunidan mahrum qilib qo’yish bilan barobar bo’lar edi Qahramonlikda ulug`vorlikka xos estetik va axloqiy birlik ayniqsa to’la va bevosita namoyon bo’ladi. Xalq fidoiylari, elu yurt jonkuyarlarining qiyofalari bir vaqtning o’zida ham ulug`vor, ham mardona namoyon bo’ladi.

Mustaqilligimizning asoschisi, mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning hali sho’ro tuzumi hukm surib turgan sharoitda O’zbekistonning mustaqilligini e’lon qilganlarining bu mustaqillikni mustahkamlash yo’lida ko’rsatib kelayotgan qahromonona faoliyati ustivorlikning ajoyib namunasidir. Aqlu qahramonlik ko’pchilik omma tushunchasida odatdan tashqari noyob, nodir, kam uchraydigan hodisalar, lekin u kundalik hayotda, oddiy sharoitda eng sodda, hamma amal qiladigan axloqiy qoidalar doirasida ham sodir bo’lishi mumkinligining o’zi ulug`vor ahamiyat kasb etadi. Bu haqda jahon san’ati tarixida birinchi bo’lib, A.P. Chexov aytgan va yozgan edi. Chexov orzusidagi qahramonlik, mardlik ulug`vorlikni kundalik halol mehnatda, axloqiy aqidalarga doimiy tarzda amal qilishda o’z qadrini topadi.

Ijtimoiy va nafosatli orzular bilan birga, ba’zi ulug`vorlik va pastkashlik, qiymatlari ham tubdan o’zgarib bosh xususiyatiga egadir. Bundan 30-40 yil oldin ulkan zavod, fabrikalar korxonalarning ko’piga bo’y cho’zgan trubalari tutunlari hayotdagi ulug`vorlik tarzida in’ikos etiladi. Insonga bo’ysundirilgan tabiat qiyofasi ijtimoiy ong tarkibiga singdirilar edi. Inson tabiat ustidan, shaxs to’da ustidan musobaqada ilg`or uchuvchi, konchi, sut sog’uvchi, olim, ishchi xalq ustidan mana shularning hamma hammasi yaqin kunlardagi bizning ulug`vorlik orzuimizni tashkil qiladi. Bularning hammasi boshliqlar o’zboshimchaligi, yoppasiga fidoiylik, yalpi va yakka hokimiyatchilik davlatning shaxs ustidan buyruq hukmi zaminida vujudga kelgan ijtimoiy tuzum sistemasining achchiq orzu mevalaridir. Tabiat ustidan hukmronlik o’rniga u bilan hamohang bo’lish, ayrim o’zmachilik, ommaviy qaror, yalpi rozilik o’rniga ijtimoiy faol, tashabbuskor, ijodkor shaxsni shakllantirish burch vazifalarini ado etish bugungi kundagi ulug`vorlik orzusining asosiy mazmunini tashkil etadi. Ulug`vorlik o’zining har tomonlama ijodiy ifodasini san’atda topadi, uning barcha tur, xil va ko’rinishlar uchun ulug`vorlik mavzui asosiy tasvir ob’ektlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Shubhasizki, san’atning turli ko’rinishlari, ulug`vorlik tasvirlashning xilma xil imkoniyatlaridan foydalaniladi, aytish mumkinki, uning ayrim turlari qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik fojeasi, qahramonlik musiqa asarlari (simfoniya, oratoriya), me’morchilik va yodgorlik san’ati ko’rinishlari ulug`vorlik mavzusini badiiy o’zlashtirish jarayonida vujudga kelgandir.

Ulug`vorlik me’morchilikda alohida ahamiyat kasb etadi. Misr piramidalari, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi me’morchilik obidalari, yunonlarning Parfenoni, rimliklarning Kolizey o’rta asr gotik bosh chyerkovlari, rus chyerkov me’morchiligining eng yaxshi namunalari, Rossi, Rastrelli kabi me’morlar yaratgan go’zal binolar mustaqil O’zbekistondagi geografik majmualari, o’zlarining salobati, ulug`vorligi bilan kishini hayratda qoldiradi.

Shu narsani alohida ta’kidlab o’tish joizki, ulug`vorlik tuyg`usiga faqat miqyos o’lchovi bilan yerishilmaydi. Agar ayrim obidalar (Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr piramidalari va sh. k.) o’zlarining miqyoslari ko’lami bilan hayron qoldirsalar, boshqa o’zining alohida nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, yuksak ruhlanganligi, atrof-muhit bilan uzviy qo’shilib ketganligi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. (Go’ri amir, Shoqizinda, Ichan hal’a, Registon maydoni, Mir Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Minor, Bola qovuz machiti va b.) me’morchilik asarlari idrok etilganda insonda o’zgacha ulug`vorlik tuyg`usi vujudga keladi.

San’atda ulug`vorlik fojealilik bilan ko’pincha yonma-yon turadi va namoyon bo’ladi, sirasini aytganda, bu ikki estetik kategoriya o’rtasida o’ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud bo’lib, unda umumiylik va farqli tomonlari ham bordir. Navoiy va Shekspir asarlari, shoshmaqom go’zal me’morchilik obidalari bir vaqtning ham ulug`vorlik, ham fojealilik ruhi bilan sug’orilgandir. Bundan, albatta fojealilik ulug`vorlik, ulug`vorlik fojealilikdir degan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan, Samarqandning Registon maydonidagi madrasalar, shubhasiz, ulug`vor bo’lishlari bilan birga hech qanday fojeali his qo’zqatmaydilar. Shekspirning Makbet xonim qiyofasi fojeali, lekin u hech ham tomoshabinda ulug`vorlik tuyg`usi tug’dirmaydi. San’atdagi ulug`vorlik badiiy mazmun va shakl barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g’oya o’ynaydi. Muhim ahamiyatli g’oya yuksak ruhlangan, mukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib, san’at asarining buyuklik darajasini belgilab beradi. Bu holat hayotiy haqiqatni qochishga emas, unga xizmat qilishga da’vat etadi.

Fojealilik muammosi har doim falsafiy va nafosatli tafakkur e’tiborini o’ziga jalb qilib kelgan. Fojealilik tabiati to’g’risida fikr mulohaza bildirmagan biror bir mutafakkirni topish amri mahol bo’lsa kerak, chunki fojealilikda voqeiy hayotning eng muhim, chuqur ziddiyatlari va to’qnashuvlari hayot va o’lim, ozodlik va zarurat, aql va tuyg`u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy tomonlar namoyon bo’ladilar.

San’atdagi fojealilik haqida fikr yuritganimizda san’atdagi fojeali ohanglar, fojealilik san’ati va nihoyat fojealilik san’at turi kabi muammolar alohida mushohada qilinishi lozimdir.

Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali ohanglar mavjudligini juda ko’p misollarda ko’rib chiqishimiz mumkin. Masalan, M. Shayxzodaning «Jaloliddin Mangubyerdi» va «Mirzo Ulug`bek» asarlarida fojeali ohanglar boshdan oxiriga qadar sezilib (eshitilib) turadi. Mazkur dramalar maxsus fojea asari sifatida yaratilmagan bo’lsa ham, aslida, fojeali ohanglar ularda ustivor darajada ifodalangandir. Shayxzoda kabi ijodkor fojealilik ruhida voqelikni idrok etishga moyildir. San’atning turi namoyon bo’ladigan fojealilik to’qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni eng to’la va chuqur badiiy in’ikos etish ehtiyojidan kelib chiqadi. Sofokl’ fojea asarlari, Shekspirnikidan, Shekspir asarlari Rasinnikidan, Rasinniki Vishnevskiynikidan qanchalik farqlanmasin, ular o’rtasida umumiylik baribir mavjuddir.

Har qanday fojea zaminida alohida fojeali to’qnashuv yotadi va uning eng muqim tomoni bo’lib ko’lamlik, ijtimoiy ahamiyatlilik xizmat qiladi. Gegel’ fojealilikni bekorga mohiyatli kuchlar to’qnashuvlarining natijasi sifatida ta’riflagan emasdi, chunki bu to’qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi bilan insoniyat istiqboli, taqdiri bog’lanib ketgan bo’ladi. Bu hol fojeaning san’atning falsafiy jihatdan eng hajmli turiga aylantiradiki, unda ijodkorga hayotning insoniyatni butun tarixi davomida hayajonlantiradigan tub masalalarni o’z oldiga qo’yib, hal qilish imkoniyatini beradi.

Fojea qahramoni ko’pincha ijobiy tusda tasvirlanadi, u o’z davrining ijobiy orzu umidlari, u yoki bu qirralarini o’zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, ulug`vor shaxsni namoyon etadi. Lekin fojea to’qimasida boshqa turdagi qahramonlar kam aks ettirilgan bo’lib, Shekspirning Makbet va Riyaard Sh. Brehtning Kurajonaga o’xshash qahramonlari o’z taqdirlari bilan tomoshabinda o’ta ziddiyatli his tuyg`ular qo’zg’aydi. Ular sodir qilayotgan mudhish kirdikorlari qat’iy norozilik, ayrim vaqtda hatto jirkanish va daxshat vujudga keltiradi. Shuning bilan birga ularga achinasan kishi, chunki qabix, jirkanch sharoit ta’siriga tushib, ular o’zlaridagi go’zal insoniy xislat fazilatlardan ham begonalashganligini anglaysan.

Odatda fojea mazmunida qahramonning mavjud shart sharoitlarni tubdan o’zgartirishga faol intilishi namoyish etiladi. Fojea qahramoni bu yerda fojeali dramatik harakatning asosiy sub’ekti sifatida amal qiladi. Shuning uchun fojea qahramonning faolligi, o’z orzu irodasini, hatto o’zini qurbon qilib bo’lsa ham barqaror etishga intilishi uning mohiyatli belgisini tashkil etadi. O’z irodasini o’rnatishga intilishida u tarixiy imkoniyatsizlik bilan to’qnashib, xuddi mana shu to’qnashuv, mazkur tarixiy sharoitlarda yechimsiz qolib, fojeani yuzaga keltiradi. Yuksak fojea qahramonning mashaqqatli azob uqubatlari bilan bog’langan bo’lsada, ko’pincha asar uning halokati bilan tugallansada, baribir qayg’u va mayuslik emas, balki yashash va kurash istagi, bu kurashda o’quvchi va tomoshabinda o’zining halok bo’lishini bilib turgan inson uchun g’urur tuyg`usi qo’zg’aladi. Inson ulug`vorligini tarannum etish hammadan ham ko’proq va yorqinroq san’atning fojea turida ifoda topgandir. Fojeaviylik san’atda rang barang uslublarda talqin etilishi mumkin. Bu hol bu janrga xos umumiy xususiyatlarni inkor etmaydi. Fojea uslubining umumiy belgilari qatoriga keng umumlashtirishlarga intilish, aqliy mazmun boyligi, soddalik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi.

Fojea tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo’lib, eski siyosiy qarashlar, estetik va axloqiy aqida qoidalar mashaqqatli qayta baholanayotgan sharoitlarda ravnaq topadi. Fojeaning tarixiy shakli qadimgi dunyo fojeasi (Eshil, Sofokl, Evripid) eski patriarhil tartibotlar yemirilib, tarixda birinchi sinfiy jamiyat o’rnatilishi jarayonida vujudga keldi. Unga xos bo’lgan «qismat ohangi» tabiiy va ijtimoiy qonunlar haqidagi tasavurlarni aks ettirdi.

Qadimgi dunyo odamlari tasavvurlarida insonning qudratli «qismat» oldindan belgilab qo’ygan balo ofatlari bilan to’qnashuvi uni muqarrar tarzda halokatga olib keladi. Lekin qadimgi fojea asarlarida ifoda topgan fojeali in’ikos etish qismatning taqdir ustidan hukmronligini anglatmaydi. Yunonlar insonning azob uqubatlari uchun ma’suliyatni uning o’ziga yuklab, katta mardlikka jur’at etdilar. Zyero azob uqubatlarning tub sabablari inson irodasi va imkoniyati chegarasidan tashqarida ekanligini yaxshi sezgan bo’lsalar kerak. Qismat bilan taqdir insondan kuchli deb uqtirgan holda, yunon fojeaviy san’ati tomoshabinni unga tan berishga emas, balki u bilan kurashishga chaqiradi.

O’rta asrlarda arab xristian mafkurasi fojea ruhiga butunlay qarshi kurashgan bo’lib, bu davrda biror bir arziydigan bu tur asari yaratilmaganligini bilamiz. Vaholanki, bu davrdagi odamlarning mashaqqatlari va azob uqubatlari avvalgidan kam emas edi. Azob uqubatlarni gunohlar uchun jazo va insoniyatning abadiy nasibasi deb e’lon qilgan xristianlik aslida fojeani ham «ta’qiqlab qo’ygan» edi.

Fojeaning ravnaqi uyg’onish davrida boshlangan bo’lib, bu vaqtda abadiy va qulamaydigan ko’ringan feodal munosabatlar zamini yemirila boshlagan edi. Insonga, his tuyg`uli voqealarga mensimay qarash o’rniga insonni ulug`lash, uning cheksiz imkoniyatlarini kuylash insonparvarlik falsafasi qaror topdi.

Uyg’onish davri fojeasi endi yangi tarixiy vaziyatni, qadimgiga nisbatan boshqa shaxs mavqeini ifodalaydi. Agar qadimgi fojeada shaxs hali o’zini jamiyatdan ajratmagan va shuning uchun u yoki bu axloq.iy g’oya namoyondasi sifatida amal qilgan bo’lsa, endi Uyg’onish davri fojeasida shaxsiy ehtiros va iroda bosh ohang sifatida jaranglaydi. Tarki dunyo azobidan, o’rta asr tabaqaviy cheklanganligidan ozod bo’lgan inson o’z irodasini, o’zligini o’rnatishga unga hali ham qarshi turgan voqelik bilan to’qnashadi, boshqa odamlarning orzu va intilishlari bilan muqarrar kurashga kirishadi. Bu yyerda qismat va taqdirga endi o’rin qolmaydi, fojea manbai insonning o’zi, uning yyer kurrasidagi hayoti, o’z maqsadi sari intilayotgan odamlar to’qnashuvi, ular boshqalarga va o’zlariga nisbatan sodir qiladigan yovuzliklardir. Shunday ziddiyatli qarama-qarshiliklarga boy uyg’onish davri fojeasi o’zining eng to’la va badiiy qudratli ifodasini Shekspir ijodida topdi.

Shekspirda fojealilik butun hayotni, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni qamrab oladi, lekin ularning barchasida inson shaxsi to’laqonli ravishda ifodalanadi. Shekspir feodal tartibotlarni inkor etish bilan birga tug’ilib kelayotgan tuzumning g’ayri insoniy tabiatini ham fahmlab olgan ko’rinadi. Unda fojealilik bir tomondan Uyg’onish davrining yorqin insonparvar orzulari, feodal axloq qoidalari bilan, ikkinchi tomondan «yoqli asr» bilan to’qnashuv natijasida, boshqacha qilib aytganda, O’rta asr vaxshiyligi va burjua yirtqichligi qotishmasi to’qnashuvlari natijasida vujudga keladi.

Shekspir o’zining fojeaviy asarlarida kuchli, jasoratli, g’ururli, yerkin inson timsolini barqaror o’rnatadi. Inson o’z shaxsi yerkinligini o’rnatish mumkinligiga ishonadi va uning yanglishishi mana shunda namoyon bo’ladi. Shekspir o’z qahramonlarining o’zligini saqlashga, o’z ozodligini inson ruhini sindirib halokatga sudrayotgan tuzum sharoitida o’rnatishga intilishini ulkan kuchi bilan namoyon qiladi.

Shekspirning boshqa barcha fojeali qahramonlari orasida Hamlet ajralib turadi. Boshqalari Brut bundan mustasno yaxlit tabiatli, o’z ishining haqligi va xatti harakatlarining huquqli ekanligiga qattiq ishonib, o’z mag’lubiyatlarini fojeali ruh bilan qabul qiladilar. Hamlet bo’lsa o’zining halokatga mahkumligini bila turib, bari bir oxirigacha borish uchun hech narsadan qaytmaydi. «Hamlet» fojeasida esa qarama-qarshi kuchlar to’qnashuvi tashqi muhitdan qahramonning ichki dunyosiga o’tkazilgan. Bu yerda Shekspir sahnada bir necha asr keyin keng o’rin egallagan aqliy ruhiy dramaga yo’l ochib byerganligini ko’ramiz. «Hamlet»ning abadiy, mangu sir ahamiyati, uning so’nmas kuchi va ta’sirchanligi undagi ma’naviy ruhiy hamda falsafiy boylikning voqelikning ijodiy yaxlit idrok qilish bilan qaytarilmas darajada qo’shilib ketganligidadir.

Hamlet insonparvar mutafakkir va ayni vaqtda dadil hamda qo’rqmas jangchi hamdir. To’g’ri, u fikr mulohazalarga ko’p vaqt sarflaydi va sustkashlik qiladi. Lekin bu hol unda tabiati yumshoqligidan emas, balki Klavdiyning o’ldirilishi bilan o’sha vaqtda yechimi topilmaydigan «mayib asrni to’g’rilash» vazifasini bajarolmasligiga aqli etganligidan vujudga keladi. Uning axloqiy g’alabasi bu qo’rqmas inson tafakkurining g’alabasidir, garchand u qahramonning o’limi evaziga yerishilgan bo’lsa ham, buyuk saboq va kelajak avlodlarga vasiyat sifatida idrok qilinadi.

Shekspir yaratgan badiiy qiyofalar faqat keng ko’lamli va aniq butungina bo’lmay, balki harakatchan va ta’sirchan hamdir. Hamlet bu qatordan mustasno bo’la olmaydi, chunki zo’r byerib abadiy savollarga javob izlayotgan tafakkur bevosita amal qilayotgan xulq atvordan kam harakatchan va kam ta’sirchan bo’lishi mumkin emasdir.

Ch. Aytmatovning «Kunda» romanini ham fojea asari deyishimiz mumkin, chunki uning asosiy badiiy ohangi, undagi ehtirosli to’qnashuvlar ruhi, ulkan hissiy ta’sir kuchi, qahramonlarining taqdiri jihatlaridan o’ta fojeali matnga egadir. Bu roman fojeada davrimizda keng tomir yoygan ijtimoiy, axloqiy, ekologik muammolar chuqur qo’ygan bo’lib, shu tufayli bu asar kutilayotgan fojeadan ogohlantiruvchi qudratli bong ovoziday jaranglaydi.

Gurjiston kinorejissyori T. Abuladzening butun badiiy ijodi yuksak fojeaviylik ruhi bilan sug’orilgandir. Ayniqsa, uning kino uchligi «Iltijo», «Istaklar shajarasi», «Tavba» filmlarida tarixiy aniqlik va siyosiy keskinlik muammolarini chetlab o’tilgan holda Abuladze o’ziga xos, ko’proq shartli g’aroyib shakllar bilan hayot va o’lim, ezgulik va yovuzlik, halollik va sharmandalik, sodiqlik va vafosizlik kabi insoniyatning butun taraqqiyoti barcha bosqichlarida boshni qotirib, tashvishlantirib kelayotgan abadiy tub hayot muammolarini fojeali tomonlari bilan yaxlit birlikda ifodalay olgan.

Fojea san’ati insoniyatning doimiy xamrohi, umr yo’ldoshi bo’lishi mumkin degan ilmiy taxminlar bir talay, anchagina, chunki u o’z orzularini ro’yobga chiqarish uchun intilishi, kurashi doimo ob’ektiv tarixiy  zaruriyat bilan to’qnashadi, insoniyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichda uning muqarrar tarzda imkoniyatlari tarixiy cheklanganligi san’atda fojeali ohanglar to’qilishiga bitmas tuganmas zamin vazifasini o’taydi. Lekin shuni ham ilova qilib qo’yish zarurki, chin fojea asari yaratish kamdan-kam ijodkorga nasib qiladigan nodir qobiliyat maxsulidir. U fojea ijodkoridan falsafiy chuqur, ko’lami keng tafakkurni, o’zidan «Asrning barcha holati»(Gegel’) ni chig’iriqdan o’tkazishga qobil shaxs ehtiroslarining yuksakligi bilan chambarchas bog’lashni talab etadi, bu esa har qanday ijodkorning ham qo’lidan kelavyermaydi.

Kulgililik. Insonnning dunyo voqea hodisalariga o’ziga xos munosabatlaridan biri dunyoga kulgili nigoh bilan qarashdir. Bunday qarashni mavjud voqelik va uning beo’xshov tomonlari to’ldiradi.

Barcha tadqiqotchilar bir ovozdan kulgililik kategoriyasining murakkabligi va uni tushunchalar sistemasini anglab, in’ikos etish juda qiyinligidan noliydilar va ogohlantiradilar. Masala shundaki, kulgi qo’zg’aydigan hodisalarning benihoyat ko’pligi, eng muhimi, kulgililik ko’lami hamda chegarasining o’ta harakatchan, qo’nimsiz, o’zgaruvchan bo’lishi natijasida nima, qachon, qayerda, qanday sharoitda kulgi qo’zg’aydiyu, nima, qachon, qayerda, qanday sharoitda kulgini to’xtatadi yoki umuman kulgiga olib kelmaydi degan savolga bir mazmunda javob topib bo’lmaydi. Kulgililik ta’rifiga, ilmiy tushunchasiga nisbatan ishlab chiqilgan nuqtai nazarlar, fikr mulohazalarning o’ta xilma xilligi, rango-rangligi shundan kelib chiqqandir. Kulgililikka nisbatan mavjud bo’lgan qarashlarning xilma-xilligi, tabiiyki, nafaqat narsa, hodisa bilan bog’lanibgina qolmay, balki uning ijtimoiy aloqadorligi, go’zallik va kulgililik tushunchalarining u yoki bu talqini bilan bog’langanligidir.

Kulgililik tushunchasi talqinining har biri odatdagidek o’zining aniq, oqil maxziga ega bo’ladi, kulgililikka haqiqatda ham xos bo’lgan ba’zi tomonlarini ochib beradi, lekin shu bilan birga bir tomonlamalik kasaliga uchrab, kulgililikning qandaydir bir tomoninni bo’rt tirib, haddan tashqari oshirib yuboradida keyin uni kulgililikning mutloq qoidasiga aylantirishadi.

Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv tomonga ega bo’lmay, sub’ektiv tomonlarni ham o’zida birlashtiradi. Kulgililikning sub’ektiv tomoni keng ma’nodagi qazil (yumor) tuyg`usidir. (Molyer qazil tuyg`usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Kulgililikning sub’ektiv tomoni bo’lgan qazil tuyg`usi shaxsning tabiiy va yerkin, bevosita idrok etish natijasida xilma-xil kulgili beo’xshovliklarni ko’rib, anglab, ularga kulgi bilan javob berish qobiliyati ifodasidir. Qazil tuyg`usi juda murakkab aqliy tuyg`u bo’lib, unda shaxs o’zining butun borlig’i bilan namoyon bo’ladi, uning his tuyg`u va aql madaniyati, orzu umidlari matni va tabiati namoyish etiladi. Xalq orasida keng tarhalgan: «Do’stlaring kimligini menga aytsang, sening kimligingni men aytib byeraman» naqliga qiyos qilib, bu yerda biz ham: «Nima haqda kulayotganingni menga aytsang, sening kimligingni men aytaman» deyishimiz mumkin bo’lar edi.

Kulgi u yoki bu darajada o’z manbai va o’z namoyondasi bilan birga yaxlit birlikni tashkil etadi. Insonning turli sahalarga ko’ra kulgisi qistaydi. Masalan, to’yimli va mazali ovqatlanishdan rohatlanib kuladigan odamlar ham uchraydi: chunki bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof fiziologik jismoniy idrok etish ifodasi bo’lib xizmat qiladi. Bevosita kulgililik bilan bog’liq bo’lgan kulgi masalasiga shuni aytishimiz kerakki, u biror bir hodisaning, birinchi navbatda, insonning tashqi ko’rinishi bilan uning asl mohiyati o’rtasidagi nomuvofiqlik ziddiyati, boshqacha aytganda, amaldagi voqelik bilan yuksak estetik orzularga mos kelishi kerak bo’lgan voqelik o’rtasidagi muhim tafovutlar, beo’xshovliklar, kelishmovchiliklarni tabiiy anglash natijasida vujudga keladi.

Ba’zi bir odamlar o’zining pastkash, joxil, loqayd, xudbin mohiyatini tashqi viqor, oliftalik, takabburlik bilan «bezab» ko’rsatmoqchi bo’ladi. Bunday odamlarni uchratganda ham kulish, ham quvonish mumkin. Kulishimiz manbai bo’lib bu odamlagi mohiyat bilan ko’rinish o’rtasidagi beo’xshovlik bo’lsa, quvonishimiz sababi mazkur haqiqatni anglashimizdan, haqiqatni yolg’ondan ajratish qobiliyatimiz mavjudligini kelib chiqadi. Bu nisbatning yana bir (o’ziga xos kulgili) tomoni shundaki, bizning quvonchimizga «sog’lom» xudbinlik hissi ham qo’shilib ketishi mumkin, chunki biz mazkur odamning asl mohiyatini anglash qobiliyatimiz bilan ma’naviy insoniy jihatdan u odamdan yuqori turish o’yiga ham kelishimiz bizga yoqadi. Kulgi shu tariqa insonni ruhan ko’taradi, unga insoniy g’urur tuyg`usi bag’ishlaydi. Qo’rquv bilan kulgi birbiriga o’ta qarama-qarshi tushunchalar bo’lib, agar inson yaramas va xunuk hodisalar ustidan kulishga o’rganib olsa, u bu illatlardan qo’rqishni tark etadi va ular bilan kurashga bel bog’laydi.

Kulgi o’z tabiati jihatidan demokratik mazmunga ega bo’lib, barcha odamlarni bir biriga qovushtirib baravarlashtiradi, chunki kulishayotgan odamlar o’zaro tenglashadilar. Kulgi eskilik bilan kurashning omilkor vositasigina bo’lib qolmay, balki insonning kuch qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi beqiyos rango ranglik, xilma-xil qirralarga ega bo’lib, mayin, rag’batlantiruvchi, xushfe’l hazil tuyg`usidan tortib, to ayovsiz achchiq istehzogacha bo’lgan keng doirada amal qiladi.

Kulgililik o’zining barcha xilma-xil ko’rinishlari boyligi bilan san’atning me’morchilikdan boshqa deyarli hamma turlarida namoyon bo’ladi, lekin o’zining eng to’la bo’lgan estetik ifodasini komediyada topadi.

Komediya mavzuini hayotdagi va insondagi beo’xshovliklar, nomutanosiblikdan oladi. Kulgililikning namoyon bo’lish shakllari xilma-xilligi ularning san’atda xilma-xil tarzda aks etishlarini keltirib chiqaradi. Komediya asarlari turlarining xilma-xilligi, rango rangligi mana shundan kelib chiqadi.

Komediya bilan kulgi egizaklardek bir biridan ajramaydigan tushunchalardir. Kulgi komediyada tasvirlanayotgan voqea hodisalar mohiyatini ochib berishning hal qiluvchi vositasi, tasvirlanayotgan ob’ektga nisbatan estetik baholashning va muallif munosabati ifodasining asosiy shakli bo’lib xizmat qiladi. Komediya san’atida kulgini asosiy estetik vosita qilib ishga solish uning ijtimoiy ahamiyatliligini pasaytirmaydi, chunki kulgi dunyoning barkamol emasligini ta’kidlab qolmasdan, balki uni qayta qurib yangilashni ham ko’zda tutadi.

Kulgining komediyada o’ynaydigan maxsus roli ko’p jihatlardan uning o’ziga xos ijtimoiy burch vazifalarida ifoda topadi. Komediya, birinchi navbatda, badiiy tanqid va o’z-o’zini tanqid qilishning o’ziga xos shaklidir. Komediyalarning asosan tanqidiy yo’nalganligini ko’pincha o’ta soddalashtirib, komediya yomon xulq, yomon odam, yomon hodisalarni to’g’ridan to’g’ri, bevosita tuzatishga, yaxshilashga olib keladi deb tushunadilar va tushuntiradilar.

Ob’ektiv kulgililik kulgi quroli bevosita o’zlariga qarshi qaratilgan odamlarga, ular fahm farosatiga yetib bormasligi haqida gapirganida Lessing haq fikrni aytgani shubhasizdir. Komediyaning bosh vazifasi utilitar maishiy mohiyati emas, balki estetik yo’nalishdadir, ya’ni komediya axloq odobdan saboq byerib qolmay, hayotdagi kulgulilikni ilg’ab olishdagi qobilyatini o’stiradi, odamlarda hazil tuyg`usi kabi qimmatbaho fazilatni ham rivojlantiradi.

Komediya asarlarining buyuk ijodkorlari nafosatli baholarining aniqligi va to’g’riligi bilan ajralib turadilar. Ular hech mahal achchiq, savag’ich, istehzoli kulgini faqat mayin qazil va muruvvatli tabassumga loyiq hodisalarga nisbatan ishlatmaganlar va aksincha, ayovsiz keskin qoralanishi lozim bo’lgan hodisalarni tasvirlayotganlarida mayin hazil va muruvvatli tabassumdan butunlay yuz o’girganlar.

Kulgilining badiiy shakllari orasida mashara (satira) alohida o’ringa ega. Umumestetik ma’noda mashara voqelikni badiiy tasvirlash turi bo’lib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish bunday hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini bo’rttirib ko’rsatish maqsadi yotadi. Mashara san’ati har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama ham yot emas. Shuning bilan birga ifoda kuchining o’ziga xos maqsadlari va vositalari bilan farqlanadigan san’atning o’ziga xos alohida turini tashkil qiladi.

Mashara markazida doim hayotning salbiy voqea hodisalari joylashgan bo’lib, butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun komediya san’atiga xos tanqidiylik yo’nalganlik masharada eng to’la va eng aniq ifoda topadi. Masharaga asosan kulgi fosh qiladi, lekin u bu yerda qaxr-g’azabdan ajralmagan holda namoyon bo’ladi.

Mashara eng hajmli komediya turlaridandir. Atoqli san’atkorlar Petroniy, Yuvenal, Svift, Gogol’, Sol’tikovShgedrin, Bulgakov va boshqalarning asarlarida mashara umumbashariy muammolarni ko’tarish darajasiga chiqadi va bu tomondan fojea bilan yaqinlashadi. O’z maqsadiga yerishish yo’lida u voqelikni anglashning barcha estetik shakllaridan foydalandi va birinchi navbatda, kulgilining barcha tuslari zardali hazil tuyg`usi, achchiq kinoya, nozik hazil tuyg’usi kabilar ishga solinadi. Mashara yengillik, o’tkir fikrlilik va hazildan istisno bo’lmay, ular bilan qo’shilib ketgan holda fosh qilish burchini og’ishmay amalga oshiravyeradi.

Mashara badiiy umumlashtirishning alohida turi sifatida mumkin qadar keng mushohadalarga etiladi. Shu boisdan mashara ob’ekti bo’lgan kimsalar gohida yirik ramziy umumlashmalar darajasiga ko’tariladi. Bekorga biz gap orasida Tartyuf, qori Ishkamba, Hlestakov, Iudushkalar nomini qistirib o’tmaymiz, chunki bu hollarda ustida gap borayotgan odamning ularga o’xshagan xislatlari borligiga ishora qilib, uzoq vaqt ijtimoiy hayotda o’z mavqeini saqlashga qodir bo’lgan tabahalar qiyofalarini masharatomuz umumlashtirishga uringan bo’lamiz.

Mashara mazmunining xususiyati uning mubolag’a (gipyerbola) va g’aroyibot hajvi (grotesk) kabi keskin bo’rttirish vositalaridan kelib chiqadi.

Bugungi kunda mashara kerak bo’lmay qoldi yoki u o’zining ayovsiz, murosasiz, o’tkir ajblovchi, fosh qiluvchi yo’nalishidan «mayin mashara», «yumshoq mashara», «muruvvatli mashara» yo’nalishiga o’tib amal qilavyersin degan fikr mulohazalar keng tarhalgandir. Lekin mashara o’tkirligi va ayovsizligi uloqtirib tashlansa, unda uning joni ham birga chiqib ketadi hamda uning hech kimga kyeragi bo’lmay qoladi. Jamiyat rivojlanib borishi jarayonida mashara kulgisining ob’ekti bilan birga uning sub’ekti ham o’zgarib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniy maqsad manfaatlarning ustivorligi umuminsoniy qadriyatlar vositasida jahon xalqlari hayotidan tobora mustahkam o’rin egallab borayotgan ekan, insoniyatning mana shu bosh taraqqiyot yo’lini to’sadigan barcha chirik, eskirib qolgan, qotib qolgan narsalar, voqea hodisalar, odamlarning o’tkir va hayotchan mashara ob’ekti bo’lib qolavyeradi desak, bu sohada ijod qilayotgan yozuvchi, musavvir, dramaturg, shoirlarga mashara yaratuvchilarga ham ehtiyoj katta bo’ladi.

Kulgili san’at turlari va xillari orasida hazil tuyg`usi (yumor) ham alohida o’ringa ega. Uning ishtirokisiz birorbir kulgililik turi amal qila olmaydi, u eng buyuk qadriyat sifatini tashkil etib, unga moyillik ko’rsatgan odamlar, odatda, barcha ulug`vorlik, axloqlilik, olijanoblilik his tuyg`ularining naqadar buyuk va qadrli fazilatlar ekanligini ham chuqur anglaydilar. Hayot ikir chikirlari, kamchiliklarini tanqid qilayotgan ijodkor hazil tuyg`usining yuksak sifat darajasida namoyon bo’lishi hamda shaxs ma’naviy yuksakligining ko’rsatkichi deb insonning nuqsonlar, kulgili tomonlarini faqat boshqalardagina emas, balki o’zida ham topa bilish va ko’ra bilish qobiliyatini ko’rsatadi. Hazil tuyg`usi o’zida tanqid bilan o’z-o’zini tanqidni uzviy bog’laydi. U voqelikka hissiy munosabatning alohida shakli sifatida masharali komediya asarining tarkibiy qismi va ifoda vositasi burchini ham ado etishi mumkin.

Hazil tuyg`usi va voqelikka masharali munosabat bu kulgililikning har xil shakllaridir. Lekin hazil ham ijtimoiy kulgili hayot tomonlarini mashara kulgisidan kam bo’lmagan darajada ochib berishga qodirdir. Faqat bunda hazil ob’ekti g’azablik qoralashdan ko’ra ko’proq achinish, yo’q qilib yuborishdan ko’ra ko’proq yordam ko’rsatish ob’ektiga aylanadi. Shekspir, Lope de Vega, Chexov kabi yozuvchilarning komediya asarlarida hazil tuyg`usi mashara kulgisidan ustun darajada ifodalangan, lekin shunga qaramay, ularning hazili o’tkir kuchga ega.

Komediyaga inkor qilish, tanqid etish orqali ezgulik, yaxshilikni qaror toptirishda xizmat qiladi. Arastuning biz yuqorida keltirgan komediya eng tuban odamlarni o’z tasvir ob’ekti qilib belgilashi haqidagi fikri tarixiy cheklanganlik tabiatiga egadir. qadimgi yunonlar Arastuning zaharli, achchiq masharalari bilan bir qatorda o’z matni markazida kulgili niqoblar shovqin-suronlar bilan o’rab olingan, ajoyib-g’aroyib yosh yigitchalar joylashritilgan Menandr komediyalarini ham sevib tomosha qilar edilar.

Shekspir komediyalari ham ko’proq ijobiy qaror toptirish tabiatiga ega bo’lib, mashara ularda ko’makchi vazifalarini bajaradi. Shekspir asarlarida kulgililik odamlarning oddiy tabiiy zaifliklari kamchiliklarini nihoyat darajada mubolag’a qilish orqali keltirib chiqarilgan his tuyg`ulari namunasi edi.

Shekspir kulgisining hayot baxsh ruhini xalq bayramlari, tomoshalari, yig’inlarining o’yin kulgi hukmron bo’lgan xislatlaridan ildiz otgan hosila sifatida qarsak yanglishmagan bo’lamiz, chunki uning komediyalaridagi hazil va mashara uyg’unligi aslida asoratdan bo’shatilgan ijodiy kuchlarning mavj urish o’yinining ifodasidir.

Shekspir komediyalarining markazida insonni ulug`laydigan, tabiiy va sog’lom tuyg`u bilan to’lgan sevgi turadi. Ularning ko’pchiligidagi kulgililik inson tabiatini buzadigan shartlilik, rasm odatlar ustidan sevgi g’alabasi mavzui asosiga qurilgandir. Mana shu munosabat bilan istiqlol yo’lida amal qilayotgan o’zbek komediya san’ati uchun Shekspir badiiy an’analarining ahamiyati beqiyosdir. Haqli ravishda kulgining fosh etuvchi rolini ta’kidlar ekanmiz, uning kam ahamiyatli bo’lmagan boshqa qirralari tarbiyalovchi kulgi, ko’ngilni yumshatadigan va bo’shatadigan kulgi, achinish va mehr shafqat ko’rsatish kulgisi, hayotbaxsh va do’stona kulgi ko’rinishlari mavjud ekanligini unutmasligimiz kerak. Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik yerkin namoyon bo’lish imkoniyatlariga ega bo’lib borsalar, shunchalik ko’p ahamiyat kasb etadilar. Rivojlangan hazil tuyg`usi, hayotning kulgili tomonlarini nozik ilg’ab olish va fahmlash qobiliyati rivoji borgan sari shaxsning ma’naviy ruhiy sog’lomligi hamda barkamolligi ko’rsatkichi bo’lib boravyeradi.

San’at keng ma’noli tushunchadir. Zyero, san’at inson mehnati, aqlidroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan, ijod qilingan narsalardir. San’at inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir san’at asarida shaxsning o’ziga xos iste’dodi namoyon bo’ladi. Va nihoyat, san’at insonning mahorati bilan chambarchas bog’liqdir. San’at, keng ma’noda, badiiy qadriyatlar, ularni yaratish (badiiy ijod qilish) va iste’mol (badiiy idrok etish) jarayonlarini ham qamrab oladi. san’at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan. O’zbekiston hududida, Ispaniya, Sahroi Kabir va boshqa bir qator qadimiy o’lkalarda uchraydigan g’oyalarga o’yib tushirilgan hayvonlarning tasvirlari hozirgi davr nuqtai nazaridan ham nafosatli qiymatga ega. Bu yodgorliklar badiiy faoliyat kurtaklari endigina ko’rinib kelayotgan inson nafosatli faoliyatining natijalari edi.

San’at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlarni qondirib kelgan. San’at ijtimoiy hayotning murakkab, rango-rang munosabatlari bilan aloqador bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning bir shakli, ham o’ziga xos bilim sohasi, ham ijodiy faoliyatning bir ko’rinishi sifatida amal qiladi. San’at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo’lib, o’ziga xos qonuniyatlari vazifalariga ko’ra u alohida jamiyat birligini ifodalaydi. San’at jamiyatning barcha tomonlariga ta’sir o’tkazadi, ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi, hayotning turli jabxalarida odamlar faoliyat olib borishlarini rag’batlantiradi.

San’at bilan ijtimoiy hayotni bog’lab turadigan juda ko’p vositachi halhalar mavjud. har qanday badiiy hodisa muayyan asar, uslubiy yo’nalish bo’lsin, ular vujudga kelishi va rivojlanishida diniy, axloqiy amallarning ta’sir kuchi darajasi bilan belgilanadilar, baholanadilar, o’lchanadilar.

San’at taraqqiyotining nisbiy mustaqilligi shu bilan izohlanadiki, jamiyat badiiy ravnaqining darajasi hamma vaqt ham uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga mos kelavyermaydi. San’atning taraqqiyoti yoki tanazzuli, uning u yoki bu turi, ko’rinishining yorqin ifoda topishi aniq ijtimoiy munosabatlar tabiatiga, muayyan guruhiy kuchlar nisbatiga, mafkuraviy hayot xususiyatlariga, jamiyatda shaxs egallab turgan maqomiga, albatta, bog’liqdir. Masalan, qadimgi dunyo san’atining ravnaqi bir qator shart-sharoitlar va omillarning bir-biriga mos kelishi va o’ta qulay vaziyatning vujudga kelishi orqasida qaror topdi. San’atning jamiyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilishi vorisiylik qonuniyatining namoyon bo’lishi bilan ham bog’liq. Vorisiylik faqat san’atga xos bulgan hodisa emas. U ijtimoiy ongning hamma shakllariga taalluqlidir. Vorisiylik jamiyat moddiy asosi bilan bog’liq bo’lgan siyosiy va huquqiy ong sohalarida ko’proq namoyon bo’ladi.

Vorisiylik ma’naviy hayotning hayotning barcha jabhalarida mavjud. Ammo, hayotning barcha tomonlarini qamrab oluvchi iqtisodiy zamindan ancha yiroq bo’lgan san’atda vorisiylik yorqin, to’la, har tomonlama tarzda namoyon bo’ladi. San’atning hamma qirralari mavzu yo’nalishi, g’oyaviy ruhiy qoida va ohanglari, ijodiy aqidalari, uslubi, tur va shakllarining ifodali vositalari vorisiylikdan ayniqsa bo’rtib ko’rinadi.

Ijtimoiy ongning boshqa shakllarida bo’lganidek, san’atda ham bilish va mafkura bir-biri bilan chirmashib, o’zaro bog’lanib ketgan. Turli tarixiy bosqichlarda va san’atning turli ko’rinishlarida bilish va mafkura o’zaro mutanosiblikda amal qiladi. San’atning bilish jarayonidagi burch vazifasi badiiy adabiyot vositasida yaqqol ko’zga tashlanadi. San’at bilishning alohida turi sifatida mushohada etilganda, odatda, badiiy adabiyot asarlariga suyaniladi. Musiqaning bilish anglash imkoniyatlari badiiy adabiyotga nisbatan biroz cheklanganligi ma’lum, lekin voqelikni alohida noziklik, sezgirlik, samimiylik ruhida in’ikos etishda musiqaning ahamiyati katta, u odamlarning ruhiy holatini, ichki dunyosini, kechinmalarini, his tuyg`ularini betakror nozik ohang kuylarda ifodalaydi. Xuddi shunga o’xshash burch vazifani me’morchilik ham bajaradi. Odamlar ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq san’at turi bo’lgan me’morchilikda davr xususiyatlari va belgilari, odamlar maishiy hayoti, did-farosatlari, umid orzulari aks etadi.

Darsliklar
Estetik ong va faoliyat. Estetika kategoriyalari