ESON DAVLAT BEGIM

ESON DAVLAT BEGIM

ESON DAVLAT BEGIM (? 1505) — Moʻgʻuliston (Yettisuv va TyanShan), keyinchalik Toshkent va Sayram hokimi Yunusxon (1415—87)nʻing xotini. Oqila, dono va mehribon Eson Davlat Begim saltanatni boshqarishda faol qatnashgan. U Yunusxondan 3 qiz koʻrgan. Toʻngʻich qizi Mehr Nigorxonim Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad Mirzo ibn Sulton Abusaid mirzoga uzatilgan, farzand koʻrmagan. Ikkinchi qizi Qutlugʻ Nigorxonim (? — 1505/06, Kobul) 1475 yil Umarshayx Mirzota turmushga berilgan. Undan bir qiz (Xonzoda begim) va bir oʻgʻil (Bobur) koʻrgan. Kenja qizi Xub Nigorxonim 1494-yil Toshkentda 10 yil davomida koʻhna Ustrushona (Oʻratepa) ga hokimlik qilgan Muhammad Husayn koʻragonga nikoh qilingan. Xoʻb Nigorxonim 2 qiz va 2 oʻgʻil qoʻradi. Toʻngʻich oʻgʻli Muhammad Haydar mirzo «Tarixi Rashidiy» asarining muallifi tarzida shuhrat topgan.

Ensiklopediya.uz
ESON DAVLAT BEGIM