ESKI OʻZBEK YOZUVI

ESKI OʻZBEK YOZUVI

ESKI OʻZBEK YOZUVI — arab grafikasi asosida shakllangan va 11-asrdan 20-asrning boshlarigacha qoʻllangan oʻzbek yozuvi; arab alifbosidagi 28 ta harfga arab tilida boʻlmagan, lekin eroniy va turkiy tillarga xos boʻlgan tovushlarni ifodalash uchun yana 4 ta harf qoʻshish bilan shakllantirilgan. Ushbu harflar arab alifbosidagi tayyor harflarga qoʻshimcha nuqta yoki chiziq orttirish yoʻli bilan hosil qilingan va ularning har biri alifbo qatorida oʻziga asos boʻlgan harfdan keyin joylashtirilgan; ularning nomlanishi ham asos harflarning nomlanishiga moslashtirilgan.

Ensiklopediya.uz
Eski oʻzbek yozuvi