Eshqobil Shukur (1962) to’liq malumot oling
Eshqobil Shukur 1962 yilning 20 iyulida Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanidagi Boymoqli qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi.
Mundarija
скрыть
Uning ijodi oʻtgan asrning 80-yillaridan boshlanib, “Qadimgi bitiktoshlarga yozuvlar”, “Mengim momoning yoʻqlovi” singari dastlabki sheʼrlari bilanoq tilga tushdi. Shundan soʻng birin-ketin “Yurakni oʻrganish” (1986), “Sochlari sumbul-sumbul” (1988), “Tungi gullar” (1989), “Yashil qushlar” (1995) sheʼriy majmualari dunyoga keldi. “Tungi gullar” kitobi respublika yoshlar tashkilotining Usmon Nosir nomidagi mukofotiga sazovor boʻldi. Eshqobil Shukur “Koʻhna bogʻ rivoyatlari” (2005), “Oqibat oqshomi”, “Padarkush” kabi nasriy asarlar hamda “Ibtido xatosi”, “Naqshband” nomli dramatik dostonlar, “Lahza siniqlari”, “Nasoyim-ul muhabbatga sayr” turkumlari, “Dunyoning koʻchishi”, “Qoʻriqxonada”, “Pul sanayotgan odam” kabi qissa va hikoyalar muallifi hamdir. Shoirning asarlari ingliz, rus, turk, ozarbayjon va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Eshqobil Shukur 2012 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor boʻlgan. U “Eʼtirof” mukofoti sohibi (2013). 2016 yilda “Oltin qalam” xalqaro milliy mukofoti tanlovi gʻolibi boʻldi.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Biografiya
Eshqobil Shukur (1962)