ESHONXOʻJAYEV

ESHONXOʻJAYEV

ESHONXOʻJAYEV Usmonxon (1899. 14.10, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — jurnalist, tarjimon va jamoat arbobi. Andijon rus-tuzem maktabi (1909— 13), erlar gimnaziyasi va Moskvada Kommunistik un-t (1920), Qizil professorlar instituti (1925 — 30)da oʻqigan. Turkiston ASSR Maorif xalq komissari (1921—22). 1922 yil iyuldan u Turkiston Kompartiyasi MK matbuot sektori boshligʻi, tashviqot va targʻibot boʻlimi mudirining oʻrinbosari va boʻlim mudiri, «Turkiston» va «Qizil bayroq» hamda «Inqilob» va «Bilim oʻchogʻi» jur. larining muharriri. Eshonxoʻjayev keyinchalik SSSRning turli joylarida partiya ishlarida ishlagan.

Ensiklopediya.uz
ESHONXOʻJAYEV