ESHITISH APPARATLARI
ESHITISH APPARATLARI — tovushni kuchaytirib beradigan asboblar. Eshitish pasayganda, karlikda ishlatiladi (q. Karlik). Hoz. zamon E. a. tovushni quchaytirib berishga asoslangan. Eshitish apparatlari mikrofon, tovush kuchaytirgich va telefondan iborat. Tovushni bevosita suyak orqali oʻtkazib berish uchun quloq orqasiga telefon yoki tovushni havo orqali oʻtkazib berish uchun tashqi eshituv yoʻliga maxsus moslama tiqib qoʻyiladi. Eshituv aʼzosining tovush qabul qiluvchi yoki tovushni oʻtkazib beruvchi qismi zararlanganiga qarab, unga loyiq Eshitish apparatlari buyuriladi. Eshitish apparatlarining qoʻzoynakka oʻxshash, shuningdek, choʻntakda turadigan xillari bor. E. a. dan foydalanganda koʻpincha eshitish, xususan, nutq bir qadar yaxshilanadi.
Ensiklopediya.uz
ESHITISH APPARATLARI