Erta ajin tushishiga olib keladigan odatlarni bilasizmi? to’liq malumot oling

Erta ajin tushishiga olib keladigan odatlarni bilasizmi? to’liq malumot oling

❓Erta ajin tushishiga olib keladigan odatlarni bilasizmi?

✍️ Maksim Zohidjonov, sog‘lom hayot targ‘ibotchisi

✔️ Saqich chaynash. Muntazam ravishda saqich chaynaydiganlarning jag‘lari doimiy ravishda harakatda bo‘ladi, bu esa vaqt o‘tishi bilan og‘iz va burun atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keladi.

✔️ Tiniqib uxlamaslik.

Uyquning me’yorda bo‘lmasligi bir qancha muammolar, xususan, terining erta qarishiga ham olib kelishi mumkin. Gap shundaki, tiniqib uxlamaganda teri hujayralari ham tiklanishga ulgurmaydi.

✔️ Noto‘g‘ri yotish.

Ko‘pchilik qorni bilan yonoqlarini yostiqqa qo‘ygancha uxlashni afzal biladi, ammo bu vaqtda qon aylanishi me’yorda bo‘lmaydi, bu esa teri ahvoliga ta’sir qilmay qolmaydi.

✔️ Husnbuzarlarni siqish.

Bunday qilish orqali nafaqat infeksiya kirishiga sharoit yaratiladi, balki teri shikastlanadi ham. Oqibatda yuzingizda iz qolishi mumkin.

Boshqa mavzular
Erta ajin tushishiga olib keladigan odatlarni bilasizmi?