ERSTED Xans Kristian
ERSTED Xans Kristian (1777. 14.8, Rudkyobing 1851.9.3, Kopengagen) — daniyalik fizik, Daniya Qirollik jamiyati kotibi (1815-yildan). Kopengagen un-tini tugatgan (1797), shu un-t prof. (1806-yildan) va Kopengagen politexnika maktabining direktori (1929-yildan). Ilmiy ishlari elektr, akustika, molekulyar fizika sohalariga oid. 1820-yilda Erstedning elektr tokining magnit miliga taʼsirini aniqlashga doir ishi fizikaning yangi sohasi — elektromagnetizmning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Termoelektr effektni qayta kashf qilgan (J. Furye bilan), birinchi termoelementni yasagan. Magnit maydon kuchlanganligi birligi — ersted uning nomi bilan ataladi.
Ensiklopediya.uz
ERSTED Xans Kristian