ERONIY TILLAR

ERONIY TILLAR

ERONIY TILLAR — hindevropa tillari oilasining hinderon tarmogʻiga mansub tillar guruhi. Asosan, Eron, Afgʻoniston, Tojikiston, shuningdek, Turkiya, Iroq, Suriya, Pokiston va Hindistonning baʼzi hududlarida, RFning Shim. Osetiya — Alaniya Respublikasida, Gruziyaning Janubiy Osetiya muxtor viloyatida, Kavkaz va Oʻrta Osiyoning boshqa ayrim yerlarida tarqalgan. Avvalroq Shim. Qora dengiz boʻylari, Turkmaniston, Sharqiy Turkiston, Sharqiy Pomirda ham alohida tarqalish markazlari boʻlgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishiga yaqin (20asr oxirlari).

Ensiklopediya.uz
ERONIY TILLAR