Erno Rubik haqida to’liq malumot oling
#Erno_Rubik
Siz yuqorida koʻrib turgan inson oʻsha mashhur boshqotirma «Kubik Rubik» yaratuvchisi Erno Rubik hisoblanadi.
Erno Rubik — kashfiyotchi, meʼmor va professor 1944-yilning 13-iyulida Vengriyaning poytaxti Budapesht shahrida tugʻilgan (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Ern%C5%91_Rubik).
— Erno Rubik 1974-yilda hozirgi «Kubik Rubik» mexanik boshqotirmasini yaratadi.
— Yaratishga yaratib qoʻygan Erno bu boshqotirma hech qachon yechilmaydi, deb oʻylagan (https://www.nytimes.com/2020/09/16/books/erno-rubik-rubiks-cube-inventor-cubed.amp.html?0p19G=0232). Ammo uning oʻzi birinchi boʻlib, ushbu boshqotirmani 1 oy davomida yechgan.
— Dastlab ushbu boshqotirma «Sehrli Kubik» deb nomlangan.
— Hozirgi kungacha 450 milliondan ziyod «Kubik Rubik» boshqotirmasi (oʻyinchoq) sotilgan (https://www.forbes.com/sites/joanverdon/2020/11/15/rubiks-cube-and-spin-master-a-50-million-deal-with-endless-possibilities/?sh=11b6b0f12ff6).
— «Kubik Rubik» (3×3) boshqotirmasini eng tez yechish boʻyicha dunyo rekordi 3.47 sekund hisoblanadi (https://www.rubiks.com/en-us/speed-cubing). Rekord sohibi xitoylik Yusheng Du (https://g.co/kgs/LKCwAm).
Ushbu ajoyib boshqotirma yaratuvchisi Erno Rubik hozirda 76 yoshda. U bir ayolning umr yoʻldoshi. Uning bir oʻgʻil farzandi bor.
Biografiya
Erno Rubik haqida