ERKINDARYO

ERKINDARYO

ERKINDARYO — Qoraqalpogʻistondagi daryo. Uz. 105 km. Dovudkoʻl suv omboridan 1 km gʻarbroqda, Amudaryodan boshlanadi va 30 km davomida oʻzanidan suv oqadi. Undan keyingi 4 km masofada quruq oʻzan shaklida. Sugʻoriladigan dalalardan yuza va yer osti yoʻli bilan tashlama suvlarining kelib tushishi tufayli daryoning 34—42 km qismida daryoda yana suv oqadi. Suvining sugʻorishga sarflanishi, bugʻlanishi va yertuproqqa shimilishi natijasida 42km dan quruq oʻzan boʻlib qoladi. Boshlanishidan 12—30 km masofada suvi, asosan, sugʻorishga sarflanadi. Oqimining boshida suvchanligi Amudaryo suvchanligi bilan bogʻliq boʻlib, 50 m3/sek. gacha yetishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
ERKINDARYO