ERKIN SAMANDAR

ERKIN SAMANDAR

ERKIN SAMANDAR (asl nomi Samandarov Erkin) (1935.22.3, Xiva tumani) — yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist (1989). Xorazm pedagogika intining oʻzbek tili va adabiyoti f-tini tugatgan (1957). Xorazm viloyat radioeshittirish qoʻmitasi oʻzbek eshittirishlari tahririyati muharriri (195961), Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasida ishlagan (196367; 1990). Oʻzbekiston televideniyesi «Yoshlik» studiyasi bosh muharriri (1967—69), Dasturlar direktori (1969—75), adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharriri (1975—77). «Xorazm haqiqati» gaz. da boʻlim mudiri, bosh muharrir (1961—63; 1977—90). Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (199093).

Ensiklopediya.uz
ERKIN SAMANDAR