Erkak va ayollarda sifilis (zaxm): alomatlari, tashxis va davolash usullari

Erkak va ayollarda sifilis (zaxm): alomatlari, tashxis va davolash usullari

Sifilis (zaxm)- bu yuqumli venerik kasallik bo’lib, uning sababchisi oqish treponema (spiroxeta) infektsiyasidir. Bu mikroorganizm anilin boʻyogʻi bilan yomon boʻyalganligi uchun oqish deyiladi. Kasallik teri va shilliq qavat orqali jinsiy yo’l bilan uzatiladi. To’g’ridan-to’g’ri aloqa va turli turdagi uy-ro’zg’or buyumlari orqali yuqishi ham mukin.

svg%3ESifilis (zaxm)- bu yuqumli venarik kasallik bo'lib, uning sababchisi oqish treponema (spiroxeta) infektsiyasidir

Sifilis qanday yuqadi?

Sifilis eng xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi. Juda osonlik bilan yuqishi mumkin, bir necha yuqish yo’llari mavjud. Tibbiy statistikada zaxm 95% hollarda jinsiy aloqa yo’li bilan va 5% hollarda kundalik aloqalar yoki zararlangan qon orqali yuqadi. Bundan tashqari, yo’ldosh orqali onadan bolaga va qon quyishi natijasida yuqishi mumkin. Zaxm kasalligi birinchi bosqichda faqat zararlangan qon orqali uzatiladi.

Infektsiyani turmushdagi aloqa qilish orqali yuqishi kasallangan odam biron narsani ishlatganidan keyin darhol boshqa sog’lom odam ishlatganida kuzatiladi, zero infektsiya inson tanasidan tashqarida uzoq vaqt yashamaydi va tezda o’ladi.

Sifilisning bosqichlari qanday?

Kasallik to’lqinlanish tarzida davom etadi va uning davomida bir necha bosqichlar ajratiladi:

1. Inkubatsion davr bosqichi va belgilari

Umuman olganda, bu muddat ikki oy davom etadi. Bu vaqtda kasallikning biron bir alomatlari yoki belgilari yo’q, shuningdek, Vasserman reaksiyasiga ham javob bo’lmaydi. Agar boshqa kasalliklarni davolash uchun antibiotiklar ishlatilgan bo’lsa, unda sifilisning inkubatsion davri bir necha haftaga uzaytiriladi.

Inkubatsiya davri zaxm infektsiyasi organizmga tushgan vaqtdan boshlab patogen oqish treponema yarasi yoki shankr deb atalmish yara shakllanishiga qadar bo’lgan davr sanaladi. Boshlanishida qizil yallig’langan dog’ paydo bo’ladi, bir necha kundan keyin dog’ papula(lot.-tuguncha)ga aylanadi. Ushbu turdagi jarohatlarning o’ziga xos xususiyati bu og’riqning yo’qligi hisoblanadi.

Yaraning diametri 5-10 mm ni tashkil qiladi. Qattiq shankr lablarning qizil chegarasida, lunjning ichki shilliq yuzasida, qattiq va yumshoq tanglayda paydo bo’ladi va shakli va o’lchamida farq qilishi mumkin. Odatda atrofining balandlashishi  bilan boshqa yaralardan farq qiladi, yaraning tag qismi esa kul rangli parda bilan qoplangan yorqin qizil rangga ega. Og’izning burchaklarida sifilisning asosiy belgisi vaqti-vaqti bilan qon ketishi mumkin bo’lgan notekis qirrali yoriqlar shaklida bo’lishi mumkin.

Qattiq shankrning namoyonidan so’ng, sifilisning muhim belgisi limfadenitning rivojlanishi hisoblanadi. O’rtacha sifilisning inkubatsiya davrining davomiyligi 20-30 kunni tashkil etadi, ammo bir yoki ikki hafta bo’lishi ham mumkin. Oxirgi vaqtlarda boshqa kasalliklarni, jumladan shamollash, angina, pnevmoniya, gripplarni davolash uchun antibiotiklarni ishlatish inkubatsiya davrini oshishiga sabab bo’lmoqda.

Sifilisning inkubatsiya davri xavfli bo’lishi mumkin, chunki bemor bu xavfli kasallik borligini haqida shubha qilmaydi. Sifilitik infektsiya xususiyati har qanday ma’lum va aniq belgilari bo’lmagan bir necha davrlar bilan kechishidir. Kasallik serologik reaktsiyalar jarayonida shifokor va bemor uchun kutilmaganda yoki to’satdan ichki organ yoki markaziy asab tizimining shikastlanishi sabablarini aniqlash davomida aniqlanishi mumkin. Bunday holatda, kasallikning davomiyligini va infektsiyaning qachon yuqganlik vaqtini aniqlash juda qiyin.

2. Birlamchi sifilis bosqichi va alomatlari

Zahmni inkubatsiya davri tugagandan so’ng, kasallik rivojlanishda davom etadi va birlamchi bosqich (birlamchi zaxm) yuzaga keladi. Bu soqichda oqish treponema limfa va qon orqali organizm bo’ylab tarqalishni boshlaydi. Zahmning boshlang’ich davri — asosiy shankrning ikkinchi darajali shilliq qavatdagi toshmalar paydo bo’lishigacha bo’lgan vaqt.

Ushbu davrda infektsiya joyida turli eroziv-yarali shankrlar paydo bo’ladi. Odatda, bunday yaralar tanosil (genital) a’zolarda, shilliq qavatida (bodomsimon bezlar ustida, lablarda, burunda), shuningdek, orqa chiqaruv teshigi (anusda) paydo bo’ladi. Ammo terida hali toshmalar bo’lmaydi. Ya’ni, zaxm kasalligining bu bosqichi boshida teri yoki shilliq qavatda kichik shankr bo’lishi mumkin, bu oddiy yuzaki nuqson kabi ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ba’zida bunday yaralar ko’plikda paydo bo’ladi, ammo kasallikning dastlabki bosqichi uchun odatdagidek faqat bitta qattiq shankr bo’ladi, bu esa yaqin atrofdagi limfa tugunlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Asosiy shankr jinsiy a’zolar hududlarida paydo bo’lganligi sababli dastlab chov limfa tugunlari kattalashadi. Davomiyligi bir yarim oydan ikki oygacha.

3. Ikkilamchi sifilis bosqichi va alomatlari

Ikkinchi darajadagi sifilis (ba’zida yangi sifilis deb ataladi). Bemorning terisida asosan, xiralashgan pushti rang toshmalar paydo bo’ladi. Rivojlanayotgan toshmalar kasallangan odamni bezovta qilmaydi va bir necha hafta o’tib o’z-o’zidan yo’qoladi. Kasallik infektsiya to’qimalarga va boshqa inson organlariga kirib borganida latent (yashirin) shaklga kiradi. Sifilis umumiy kasalliklar (gripp, poliartrit, revmatik yurak kasalligi) kabilarga o’xshay boshlaydi. Umuman olganda, ko’krak qafasi, qorin bo’shlig’i va yonboshlardagi toshmalar juda kam uchraydi. Spirtli ichimliklarga qaramlik bo’lganda bunday toshmalar yiringli qobiq bilan qoplangan yaralar shaklini oladi. Ushbu bosqichning yana bir belgisi — sochning to’kilishi(kallik). Ba’zan soch juda ko’p to’kiladi, ba’zan ma’lum bir hududda yuzaga keladi. Asosan, barcha yaralar shilliq qavatda joylashgan bo’ladi va ularga teginilsa kasallik yuqishi mumkin (agar terida mikrojarohatlar bo’lsa).

4. Uchinchi darajali sifilis bosqichi va simptomlari

Uchinchi darajali sifilis (qaytalanuvchi). To’rt oylik yashirin zaxmdan so’ng kasallikning retsidiv (takroriy) bosqichi boshlanadi. Bu asosan teri va shilliq qavatdagi toshmalar, ovoz xirillashi, angina, umumiy sog’lik holatining yomonlashuvi bilan namoyon bo’ladi. Bu bosqichdagi sifilis 1-2 oy davom etadi va keyin bemorning asemptomatik(alomatlarsiz) holatiga oqib keladi.

Bu bosqichlar bir necha yillar davom etadi, shu vaqt ichida inson unda sifilis borligidan shubhalanmaydi.

Sifilis qanday namoyon bo’ladi?

Sifilisning belgilari ko’rinishi erkak va ayollar uchun deyarli bir xil. Ushbu kasallikning dastlabki belgisi kichkina yallig’langan yaraning paydo bo’lishi, uni oddiy donacha bilan adashtirish mumkin.

Qattiq shankr deb atalmish yara og’riqsiz, hatto unga e’tibor ham bermaslik mumkin. U kasallanishdan so’ng uch hafta o’tgach, yuqumli patogenlar kirgan joyida paydo bo’ladi. Odatda u koylar genital hudud, ko’krak, lablar, til, yuz yoki barmoqlardir. Shankrning ochiq yuzasi boshqalarga xavf tug’diradi, chunki u infektsiyaning manbai hisoblanadi. Kasallik aniqlanmasa, kasallikning ikkinchi bosqichi rivojlanadi. 6-10 haftada zaxm yarasi yoki yara qattiqlashadi va sifilis qo’zg’atuvchisi  — treponema qonga kirib tana bo’ylab harakatlana boshlaydi.

Qo’l va oyoqlarda yoki butun tanada teri toshmalari bo’lishi mumkin. Og’iz bo’shlig’ida yoki ayollar jinsiy a’zolarida kichik yaralar to’plami paydo bo’lishi mumkin, asosiy, shuningdek bu yaralar ham juda yuqumlidir. Agar infeksiya tomoqqa ta’sir qilsa, ovozning xirillashini kuzatish mumkin.

Sifilis ko’rinishining ikkinchi bosqichi simptomlarning to’liq yo’qolishiga olib keladi. Ikki bosqichdan so’ng kasallikning barcha belgilari butunlay yo’qoladigan bemorlarning aniq bir guruhi mavjud. Yashirin davr 1 yildan 20 yilgacha davom etishi mumkin. Ammo bu kasallik to’xtaganini anglatmaydi. Kasallikning yashirin davri xavfli hisoblanadi, chunki infektsiya tana bo’ylab qon orqali tarqaladi va ichki organlari jarohatlashda davom etadi.

So’nggi paytlarda sifilis bir necha jiddiy xususiyatlarga ega bo’ldi. Yashirin sifilisda o’sish kuzatildi. Immun va markaziy asab tizimining shikastlanishi dastlabki davrda yuz beradi.

Ko’pincha, zaxmning kechishini oddiy shamollash kasalligi bilan adashtiradi, chunki zaxm ham ko’p charchoq va intoksikatsiya bilan kechadi. To’g’ri tashxis qo’yishni qiyinlashishi sabablaridan biri antibiotiklardan nazoratsiz foydalanishdir. Antibiotiklar ta’sirida kasallik vaqtincha chekinadi va insonlar shifokorga murojatni kechga qoldirishadi.

Sifilis bilan kasallanishning xarakterli og’ir oqibatlari uchinchi bosqichda yuz beradi. Ta’sir ostida yurak, qon aylanish tizimi, orqa miya va bosh miya kabi muhim organlar bo’ladi. Erkaklar va ayollar biroz farqli belgilarga ega bo’ladilar.

Zaxmning terida namoyon bo’lishi

Umuman olganda, sifilisning barcha teridagi alomatlari ikkinchi darajali sifiliz bosqichida yuz beradi. Ushbu bosqich infektsiya yuqganidan so’ng bir necha oydan (4 oygacha) so’ng boshlanadi va bir necha yilgacha (5 yilgacha) davom etishi mumkin. Bu vaqt davomida infektsiya bemorning butun terisiga va barcha ichki organlarga ta’sir qiladi.

Ushbu bosqichning asosiy belgisi — tananing hamma joyida, hatto oyoq va oyoqlar tagida joylashgan teri toshmalaridir. Teridagi bunday toshmalar tez-tez haroratning oshishi va umumiy holatning yengil yomonlashuvi hamrohlik qiladi. Odatda bemorning umumiy ahvoli grippga yoki shamollashga o’xshaydi.

Rozeola

Sifilisning teridagi ko’rinishi asosan gul shaklida (qizil yoki pushti) bo’ladi. Rozeola — teri tomirlarining buzilishiga olib keladigan kichik diametrli (10 mm gacha) yumaloq shaklidagi pushti rangli dog’lar. Umuman olganda, bunday joylar notekis ravishda va teriga tasodifiy joylashadi. Bu dog’ yuz, peshona va qo’lning orqasida ko’rinadi. Odatda bunday rozeola kattalashmaydi,qichimaydi va og’rimaydi, bosilganda bir necha soniyaga yo’qoladi. Ba’zan, noodatiy shakli bo’ladi: follikulyar komponentli donsimon dog’lar.

Rozeola kasallanganlarning 80 foizida ikkinchi darajali sifilisning xarakterli belgisidir. Davolashsiz bunday joylar bir necha haftadan so’ng yo’qoladi (2 oygacha), biroq takrorlanadigan rozeollar bo’lishi mumkin. Qayta paydo bo’lgan rozeolalar kamroq miqdorda va guruh-guruh  bo’lib chiqadi.

Tugunchali toshma

Sifilisning teridagi ko’rinishining yana bir turi — bu tugunchali toshmalardir. Venerologiyada bunday toshmalar papulalar deb nomlanadi, chunki asosan ular dumaloq shakldagi tugunlar shaklida teridan ko’tarilib chiqib turadi. Papulalar bir necha turga ajratiladi:

  • Lentikulyar;
  • Tangasimon;
  • Bug’doysimon;
  • Blyashka shaklida.

Tugunchasimon toshma ko’pincha (teri toshmalaridan tashqari) shilliq qavatda joylashishi mumkin va birgalikda bitta katta papulani hosil qilishi mumkin.

Papula organizmning namroq joylarida (oyoq barmoqlari orasi, qo’ltiq ostida, chov sohasida, dumbalar orasida) keyinchalik namli eroziyaga aylanadi va o’zida ko’p treponema saqlaydi va bunday papulalar juda yuqumli hisoblanadi. Aynan shu shakl orqali odamlar ko’pincha maishiy aloqalar orqali kasallikni yuqtirib olishadi  (to’shak orqali, idishlar orqali, bo’sa, qo’l berib ko’rishish).

Umuman olganda, tibbiyotda sifilis bilan kasallangan odamning terisida juda ko’p miqdorda dog’lar aniqlangan, ularning shakli va joylashuvi bilan farq qiladi. Bunday toshmalarni zaxm toshmalari deya tashxislash birmuncha mushkul, chunki tashxis qo’yilganida, ular boshqa kasalliklarning teridagi toshmalar kabi ko’rinadi. Shuning uchun teridagi toshmalar mavjud bo’lganda birinchi bo’lib qon namunasi Vasserman reaksiyasiga tahlil qilinib, sifilis bor-yo’qligi aniqlanadi. Sifilisning kechishi odatdagi terida toshmalar paydo bo’lishi bilan namyon bo’ladi.

Erkaklarda sifilis belgilari va alomatlari

Kasallikning boshlang’ich bosqichida erkaklarda sifilisning belgilari:

  • Jinsiy olat boshi yoki tanasidagi yara paydo bo’lishi (qattiq shankr). Ba’zan yara siydik yo’lida yoki orqa chiqarish teshigida og’riqsiz yaralar (yaralar guruhi) shaklida padyo bo’lishi mumkin.
  • Jarohat yumaloq shaklga va yorqin qizil rangga ega, qattiq shankr atrofidagi teri normal ko’rinishda.
  • Yara diametri 1-4 santimetrgacha.

Ba’zi bemorlarda, erlik olati chekka kertmak qismining yallig’lanishi — fimoz kuzatilishi mumkin. Qattiq shankr qo’shimcha infektsiyalar bilan zararlanishi mumkin, bu yaraning yanada yallig’lanishiga va uning gangrena bo’lishiga olib keladi.

  • Chov sohasida joylashgan limfa tugunlari qattiq shankrning shakllanishidan bir hafta o’tib kattalashib boradi. Kattalashishlar bir yoki ikki tomondan, xar xil bo’ladi. Limfa tugunlarning o’zi og’riqsizdir, yiringlamaydi, terining yuzaki qatlamlari yallig’lanmaydi.
  • Mahalliy limfangit jinsiy organlarida qattiq shankr bo’lgan erkaklarda kuzatiladi. Sifilisning boshlang’ich davrining oxirida kattalashgan limfa tugunlari ko’payib boradi — poliadenit. Ba’zida haroratning ko’tarilishi bilan umumiy zaiflik mavjud bo’ladi.

Agar teridagi g’ayritabiiy hodisalarga  yoki erkaklarda zaharlanishning noaniq alomatlariga e’tibor berilmasa, bu kasallik navbatdagi, jiddiy bosqichga o’tadi. Bu bosqichda sifilisning rivojlanishi yashirin shaklda va dori vositalarisiz yo’qolib boradigan turli xil klinik belgilarning paydo bo’lish tezligi bilan tavsiflanadi. Turli xil teri toshmalarini hatto tibbiy mutaxassislar ham boshqa yuqumli kasallik belgilari bilan adashtirishi mumkin. Sifilisni keyingi bosqichlarda davolash qiyin va shuning uchun davolash kamroq muvaffaqiyatli bo’ladi. Ayni paytda aqat surunkali kasallik rivojlanishini to’xtatish mumkin, lekin zaxm ta’sir tufayli shikastlangan organlar vazifasini tiklash mumkin emas.

Tanadagi toshmalar mavjudligi sizda sifilis borligini anglatmasligini bilish kerak. Tashxisni faqat zaruriy sinovlar va tahlillar orqali aniq qo’yish mumkin.

Ayollarda sifilisning belgilari va alomatlari

Ayollardagi sifilisning simptomlari oqish treponema bilan infektsiyalangandan keyin bir necha hafta ichida paydo bo’ladi.

Kasallikning mavjudligi laborotoriya sinovlari bilan ham aniqlanmaydigan vaqt — inkubatsion davr uch haftadan bir oyga qadar bo’ladi. Ba’zi individual xususiyatlar bilan bu davr ham qisqa bo’lishi mumkin.  Masalan sil kasalligi tufayli tananing immuniteti zaiflashgan bo’lsa. Agar bemor biron bir sababga ko’ra infektsiyadan oldin katta miqdorda antibakterial dorilar qabul qilgan bo’lsa, bu davr taxminan bir necha oy davom etadi.

Zaxmning ayollardagi birinchi belgilari jinsiy sohada yoki qin shilliq qavatida og’riqsiz yaralar paydo bo’lishidir. Sifilis yarasi yoki qattiq shankr terining boshqa sohalardia va bachadon bo’ynida ham paydo bo’lishi mumkin. Tananing uzoq qismlarida joylashgan qattiq shankrning bir nechta ko’rinishi ham mavjud.

Kasallikning yanada rivojlanishi tana bo’ylab, shuningdek, qo’l kaftlari va oyoq  sohalarida toshmalar tosshishi bilan kechadi. Limfa tugunlarining og’riqsiz kattalashishi infektsiya limfa tugunlariga kirib borganidan keyin kuzatiladi. Limfa tugunlarida ular tez ko’paytib va ​​limfa orqali butun tanaga tarqaladi. Og’izda yoki orqa chiqarish teshigi atrofida zichliklar paydo bo’ladi.

Qattiq shankrning paydo bo’lishi og’riqning yo’qligi sababli, ayniqsa ayollar, kasallikni vaqtida payqay olsihmaydi. Yana bir sababi yaralar o’z-o’zidan yo’qoladi va uning diametri kichik (0.5sm) gacha bo’lishi mumkin.

Noqulaylikni faqat ko’rsatkich barmoq tirnog’i yaqinida yoki orq chiqarish teshigi atrofida shakllangan shankrlar tug’dirishi mumkin.

Teridagi har qanday aniqlanmagan toshmalar sifilisning belgilari bo’lishi mumkin va ularni e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Xastalikni vaqtida aniqlash va jiddiy oqibatlardan qutulish uchun vaqtida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Homiladorlik davrida sifilis

Homiladorlik davrida sifilis nafaqat ayollarning sog’lig’i, balki tug’ilajak bolasi uchun ham juda xavflidir. Zaxm bilan kasallangan onada tabiiy abort (homiladorlikning so’nggi bosqichlarida) va o’lik tug’ish sodir bo’lishi mumkin. Bachadondagi bola ham sifilis bilan kasallanish xavfi ostidadir.

Homiladorlik paytida sifilis tashxisi qo’yilgan hollarda, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan jiddiy oqibatlarning oldini olish uchun qo’shimcha choralar ko’rish kerak. Ikki davolash kursi majburiydir. Birinchi asosiy davolash kursi kasalxonada olib boriladi, ikkinchi davolash kursi ambulator sharoitda amalga oshirilishi mumkin. Davolash antibiotiklar va seftrikason bilan olib boriladi. Sifilisni davolash uchun shaxsiy tibbiy muassasaga maxsus litsenziya berilishi kerak. Davolash kursi oxirida berilgan tibbiy hisobotini uzoq vaqt saqlash kerak, unda kasallikni davolashda qo’llanilgan davolash usullari va dori turlari va dozalari yozilgan bo’ladi.

Sifilisning homila uchun xavfi

Davolash qarshi ko’rsatmalarga ega bo’lmagan va homilaga ta’sir qilmaydigan antibakterial preparatlar bilan olib boriladi. Kasallikning mavjudligi homiladorlikni bekor qilish uchun ko’rsatma emas, kerak bo’lsa chaqaloqni saqlab qlish mumkin. Bu kasallikning davolashning zamonaviy usullari infektsiyani oldini oladi. Kasallik rivojlanishi, ichki organlarga va markaziy asab tizimiga zarar etkazilishi to’xtaydi. Homilador ayolning salomatligiga tahdid yo’q qilinadi. Zamonaviy dorilar zararlangan ona tomonidan bolaga kasallik yuqishini oldini oladi, bolalarda tug’ma sifilisni oldini olinadi. Homiladorlik birinchi yarmida kasallikdan xalos bo’lib, bir ayol bola va boshqalar uchun xavfsiz hisoblanadi, homilador ayollarni davolash ixtisoslashtirilgan kasalxonada amalga oshiriladi. Agar sifilis birinchi marta aniqlangan bo’lsa, davolash tug’ruqxonaninng o’rganish bo’limida amalga oshiriladi.

Chaqaloqlardagi tug’ma zaxm oqibatlari:

  • Sekin rivojlanish va sekin vazn olish;
  • Notinch va yomon uyqu
  • Suyak kasalliklari
  • Jigar o’pka va markaziy asab tizimi jarohatlari.

Sifilis belgilari bo’lmagan bolalarni hayotning birinchi yilida kuzatish davom etiladi, laboratoriya sinovlari har uch oyda bir marta bajarilishi kerak. Tug’ilgan tug’ma zahmni belgilari tug’ilganidan keyin ikki yil ichida bolada aniqlanishi mumkin.

Tashxis

Sifilisga uning yashirin shakli tufayli tashxis qo’yish qiyin. Belgilar yo’qligi shifokorga kech murojaat qilishga sabab bo’ladi, bu esa boshqalar sog’lig’iga xavf tug’diradi va zararlanganlar sonini ko’paytirishga olib keladi.

Zaxmni tashxislash kompleks usulda amalga oshiriladi. Albatta, zaxm borligi uchun tezkor testni o’tish mumkin, bu testning ijobiy natijalari chuqur tahlillar o’tkazishga undaydi va kasallikning aniq borligini ko’rsatmayd. Umuman olganda, sifilisni tashxislash laboratoriya, shifokor tomonidan tekshirilishi va bemorning shikoyati asosida amalga oshirilishi kerak.

Kasallikning dastlabki davrida serologik reaktsiyalar salbiy natijani ko’rsatishi mumkin, chunki qondagi antitanalar hali kerakli miqdorga yetib bormagan. To’rtinchi haftaning oxiriga kelib reaktsiya doimo ijobiy bo’ladi. Yara yoki qattiq shankr 3-12 xaftada mustaqil ravishda yo’qoladi, kichik chandiq qolishi mumkin.

Zahmni tashxis qilish qonni tahlil qilish va qattiq shankr ajralmalarini  tekshirish asosida amalga oshiriladi.

Umuman olganda, oddiy poliklinikada sifilisga testlar topshiriladi. Shifokor har qanday holatda ham qonning Vasserman reaksiyasi (RV qon) uchun tahlilini buyuradi va ijobiy javob olinganda jinsiy kasalliklar dispanseriga yo’nalish beradi. Faqat u yerda (shuningdek, xususiy klinikalarda ham) zaxm uchun keng qamrovli tashxis amalga oshiriladi, chunki «noto’g’ri» tashxis holatlari mavjud.

No’tog’ri ijobiy natijalar

Bunday natijalar kuchli antibiotiklar bilan davolanish kursini o’tgan homilador ayollarda yoki sil bilan kasallanganlarda aniqlanadi. Ba’zan zaxm uchun soxta ijobiy natijani o’rganish uchun muayyan diagnostik usul — asab tizimi jarohatlari mavjudligini o’rganish uchun orqa miya suyuqligi olinadi.

Umuman olganda laboratoriya diagnostikasida bakteriologik materiallarni o’rganish uchun turli zamonaviy usullar qo’llaniladi. Asosiy usullar bu PZR(polimeraz zanjirli reaksiya) va IFA(immunofermentiv analiz) bo’lib, ular sifilisni tashxislash uchun qo’llaniladigan eng zamonaviy usuldir. Shuningdek IFR(immunoflyuoristsent reaksiya), OTIR(oqish treponemaning immobilizatsiya reaksiyasi) PGAR(passiv gemagglyutsinatsiya reaksiyasi) kabi serologik tahlillar ham mavjud va ular 100% kasallik mavjud bo’lgandagina ijobiy natija beradi. Tibbiy amaliyotda eng ishonchli va zamonaviy bo’lib, bemorning qondagi oqish treponemaga qarshi antitanalarini aniqlaydigan PZR usuli hisoblanadi.

Ijobiy yakun va kasallikning asoratlarsiz davolanishi o’z vaqtida boshlangan davolanishga bog’liq.

Sifilisni davolash mumkinmi?

Kasallangan odamlarning ko’pchiligi uchun bu savol keskindir: biz sifilisdan qutula olamizmi? Albatta sifilisning davosi bor, faqat reponema infektsiyasini to’liq yo’q qilish uchun uzoq vaqt davolash kurslari va doimiy tahlilni talab etadi, chunki kasallik juda makkor va ko’pincha belgilarsiz kechadi. Ayniqsa, bu kasallik boshida asemptomatik bo’lib, sifilisdir.

Antibiotiklar

Sifilisni qanday davolash mumkinligini faqat shifokor aniqlashi mumkin. Davolash organizmning xususiyatlarini va antibakterial dorilarga qarshi allergik reaktsiyalarning mavjud emasligini hisobga olgan holda alohida-alohida tayinlanadi. Erta aniqlangan kasallikni yaxshiroq davolash mumkin. Infektsiyani to’liq bartaraf qilish uchun 2-3 oy vaqt talab qilinadi. Eng ko’p ishlatiladigan dori vositalari bu tetrasiklin, eritromitsin, azitromitsin. Shuningdek, tanadagi immunitet tizimini yaxshiroq ishlashi va uni infektsiyaga qarshi kurashishini rag’batlantirish choralari kerak.

Bu bir necha kun ichida zaxmdan halos bo’lish uchun jozibador va’dalarga ishonish kerak emas, buning iloji yo’q va bu faqat vaqt va pul sarfiga olib keladi. Sifilisni davolash uzoq muddatli jarayon bo’lib, doimiy tibbiy nazoratni talab qiladi. Shuning uchun davolash kasalxona sharoitida o’tkaziladi. Antibiotiklarning davomiyligi 24 kun davom etadi.

Zaxm infektsiyasi juda xavfli hisoblanadi va bitta himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin ham yuqishi mumkin. Kasallikni davolashda har ikkala jinsiy hamroh ko’rikdan o’tish kerak. Kasallik kech aniqlanganda davolash muddati sezilarli darajada oshadi, u bir yarim yildan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Davolanishning qay darajada o’z vaqtida boshlanganligi davolashning tugashi bilan kuzatuvga bog’liq. Vasserman reaktsiyasi davolangandan keyin ikki yilgacha ijobiy natija beradi.

Sifilis uchun homilador ayollar majburiy tekshirishdan o’tadi, chunki bu infektsiya kelajakdagi bolaga jiddiy xavf soladi. Agar homiladorlikning dastlabki bosqichlarida sifilis aniqlansa, davolanish juda muvaffaqiyatli bo’ladi va bolaning kasallanishini oldini oladi.

Tajribali tibbiyot mutaxassisi nazorati ostida o’tkazilgan dastlabki bosqichda boshlangan davolash odatda to’liq tiklanish bilan yakunlanadi. Ushbu kasallikning takrorlanish ehtimoli deyarli chiqarib tashlanadi. Homilador ayollarni o’z vaqtida davolash, sog’lom farzand tug’ilishiga imkon beradi.

Sifilisni oldini olish

Zaxmdan qutulgandan keyin kelajakda yuqishi mumkin bo’lgan yuqumli kasalliklardan qochish kerak. Organizm infektsiyaning qayta kirishidan himoyalanmagan, buni eslash va o’z vaqtida sog’likni saqlab qolish uchun g’amxo’rlik qilish kerak. Himoyaning eng samarali usuli — prezervativdan majburiy foydalanish va jinsiy hamrohni to’gri tanlay bilishdir.

Kasalliklar
Erkak va ayollarda sifilis (zaxm): alomatlari, tashxis va davolash usullari