ERGASHEV Erkin Hamidovich

ERGASHEV Erkin Hamidovich

ERGASHEV Erkin Hamidovich (1933.1.11 — Samarqand — 2004.8.1) — parazitologgelmintolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), veterinariya fanlari d-ri (1964), prof. (1965). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi in-ti veterinariya f-tini tugatgan (1953). Samarqand qishloq xoʻjaligi in-tida aspirant (195356), parazitologiya kafedrasi dotsenti (1957—64), veterinariya f-ti dekani (1960 —62), Oʻzbekiston Veterinariya ilmiy tekshirish in-ti direktori (1964— 65; 1978—94), ayni paytda 1965-yildan Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti parazitologiya kafedrasi mudiri.

Ensiklopediya.uz
ERGASHEV Erkin Hamidovich