ERALIYEV

ERALIYEV

ERALIYEV Suyunboy (1921.15.11, Talas viloyati) — Qirgʻiziston xalq shoiri (1974). 2-jahon urushi qatnashchisi. 1945-yildan viloyat va respublika gaz. larida muxbirlik qilgan. Qirgʻiziston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1959—65), adabiy maslahatchi (1967 — 84). Dastlabki sheʼriy toʻplami — «Ilk sado» (1949). «Samimiy mehr» (1959) dostoni mashhur. Tarixiy mavzuda yozilgan bu lirik qissa qirgʻiz sheʼr tuzilishining anʼanaviy shakllarini boyitgan. «Yulduzlarga sayohat» (1966) dostoni bilan qirgʻiz sheʼriyatiga erkin vaznni olib kirgan.

Ensiklopediya.uz
ERALIYEV