Er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratishni qayd etish. to’liq malumot oling
Quyidagi hollarda er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish qayd etiladi
sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa.
Vakolatli organ: FHDYo organlari
Taqdim etiladigan hujjatlar
Ariza;
Er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
Er (xotin)ning uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan ko‘chirma;
Sudlangan er (xotin)ning nikohdan ajratishga o‘rtada bolalari va molmulki yuzasidan nizosi yo‘qligi to‘g‘risidagi roziligi.
Xizmat uchun davlat boji qonunga muvofiq undiriladi.
Muddat: Er (xotin)dan birining arizasi bo‘yicha nikohdan ajratish uning ishtirokida, FHDYo organiga ariza berilgan kundan keyin bir oy o‘tgach amalga oshiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatish natijasi: nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma.
FHDYo organlari haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Foydali Maslahatlar
Er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratishni qayd etish.