Er-xotinning sudga ariza bermasdan ajralishi. to’liq malumot oling
Er-xotinning sudga ariza bermasdan ajralishi.
⚡️ SAVOL:
Qaysi hollarda sudga murojaat qilmasdan FHDYO organlarida nikohdan ajrashish mumkin?
⚡️JAVOB:
«Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari»ga ko‘ra, FHDYO bo‘limlari tomonidan nikohdan ajratish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
✅ Voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgan taqdirda;
✅ Er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga yetmagan bolalar borligidan qat’i nazar, er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
✅ Ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
✅ Sodir qilgan jinoyati uchun 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa.
Yuridik
Er-xotinning sudga ariza bermasdan ajralishi.