EPIGENETIK KONLAR
EPIGENETIK KONLAR — foydali qazilma yotqiziqtari boʻlib, ular oʻzini qamrab olgan yotqiziqlardan soʻng hosil boʻladi. Kimyoviy va mineral tarkibi bu jinslarnikidan keskin farq qiladi. Epigenetik konlarga titanmagnetit, xromit, platina, olmos, apatitlarning magmatik konlari hamda slyuda, sopol xom ashyosi, qimmatbaho toshlar, litiy va berilliyning pegmatit konlari; temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux va boshqalar metallarning skarn konlari taalluqlidir. Epigenetik konlarning eng katta guruhini rangli, kamyob, asl va radioaktiv metallar rudalari hamda kvars, barit, flyuorit, asbestning gidrotermal tomirli va metasomatik konlari tashkil qiladi. Epigenetik konlar oʻzini qamrab olgan jinslar bilan bir vaqtda hosil boʻlgan singenetik konlarning aksi hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
EPIGENETIK KONLAR