“Epidural” Og’riqsiz Tug’ish Haqida Bilishingiz Kerak Bo’lganlar to’liq malumot oling
Epidural tug’ush nima? Epidural tug’ishlik hususan tug’ushligi yaqinlashgan bo’lg’usi onalar tarafidan ko’p istalgan og’riqsiz tug’ushlik usuli.
Mundarija
скрыть
Tug’ish og’rig’I, o’ziga hos hususiyatlari bo’lgan ko’p tarmoqli bir og’riq va asosan juda qattiq bo’ladi. Ko’p ayollar uchun bu og’riq hayotida ko’rgan eng og’iri bo’ladi. Bu sanchiqlar tug’ish vaqtida onaning og’riq his etishini, kayfiyatini buzulishini va vujudini fizyalagik stresga kirishiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunimizdagi ayollar juda shanslilar. Chunki Epidural “og’riqsiz tug’ish” yoki “Malika tug’ushi” ismi bilan tanilgan usul homilador ayollarga katta qulaylik beradi.
Epidural tug’ish qanday bo’ladi?
“Epidural” Og’riqsiz Tug’ish Haqida Bilishingiz Kerak Bo’lganlar
Epidural tug’ish ya’niy xalq orasidagi ismi bilan, og’riqsiz tug’ish qisqachasini aytadigan bo’lsak, jarrohlik yo’li bilan tabiy tug’ish birlashgan holati deyishimiz mumkun. Jarrohlik yoli bilan tug’ishda qo’llaniladigan umumiy narkoz o’rniga faqatgina maxsus narkoz ko’llangan holda og’riq his qilinmaydigan darajada ozayadi, faqatgina bola normal yollar bilan tug’iladi. Ya’niy bola jarrohlik yo’li bilan qorinni kesilgan joydan olinmaydi. Epidural yo’li bilan tug’adigan onalar tug’ush vaqrida bosimni, teginishlikni his qiladi, hatto tug’ish vaqtigacha yura oladilarham faqat og’riqni his qilmaydilar.
Og’riqsiz tug’ish qanday amalga oshiriladi
Epidural narkoz juda ingichka bir kateter yordamida beldan epidural ismi berilgan qisimga kirgizishlik va bu yerga lokal narkoz (ya’niy, badanni faqatgina malum bir qismiga tasir o’tkazadigan narkoz) yuborgan holda amalga oshiriladi. Onalar bu vaqtda teginishni va bosimni his qiladilar, hatto turib yura oladilar lekin og’riqni his qilmaydilar. Bemor hatardan holi bo’ishi uchun jarrohlik honasida amalga oshiriladi. Avvalo shifokor onalarga qiladigan ishini tushuntiradi, savollari bo’lsa javoblaydi.
Narkoz shifokori bo’lajak onani yon tarafi bilan yotkizadi yoki o’tirgan holda amaliyot qilinadigan joyini aniqlaydi. Birinchi bo’lib terini og’riq sezmaydigan qilish uchun dori qiladi. Maqsad epidural ignasi kirishligida og’riqni sezdirmaslik. Igna yordamida kateter o’rnatiladi va dori beriladi. Dori malum bir miqdorda katerter (osma ukol) orqali berilib turadi. Kateter o’rnatilib dori yuborishni boshlagandan 15 daqiqa song ona tug’ruqni his qiladi ammo og’riqlarni sezmaydi. Tug’ush vaqti cho’zilsa yoki dori tasiri ozayganda dori miqdori oshirilishi mumkun. Bola tug’ilgandan song kateter ona istagiga ko’ra olib yuboriladi yoki 12-24 soat orasida olinadi. Narkozli epidural kateter taqilishi onalar uchun og’riqni his qilmaslik sababidan judayam qulay vositadir.
Og’riqsiz tug’ishni foydalari nimalar?
Epidural narko’z og’riqsiz tug’ish uchun mukammal usuldir.
Tasirli holatda tug’ishdagi og’riqlarni ketkazadi va tug’ish vaqtini tezlashtiradi.
Amaliyotdan song darhol yura olish.
Ruhan rohatlatadi va mushaklarni uyushtirmaydi normal tugish imkoniyatini oshiradi.
Tug’ush vaqtida toliqish, charchashlar bo’lmagani uchun farzandingizni quchog’ingizga olish yanaham tez bo’ladi, darhol emizishingiz mumkun bo’ladi.
Tajribali mutahasislar qilgan epidural amaliyotdan so’ng bosh og’rig’ bo’lishi juda kam hollarda bo’ladi.
Epidural tug’ush risklari nimalar?
Epidural narkozni eng ko’p uchrab turadigan muammolardan biri bosim pasayishi.
Judayam semiz homiladorlarda qiyin o’tishi mumkun.
Amaliyot muvofaqiyatsiz bo’lishi mumkun va og’riq sezilishi mumkun.
Bazi kasalliklarda allergiya reyaksiya ko’rsatishi mumkun.
Ayollar uchun
“Epidural” Og’riqsiz Tug’ish Haqida Bilishingiz Kerak Bo’lganlar