Ensefabol suspenziya — ichga qabul qilish uchun to’liq malumot oling

Ensefabol suspenziya — ichga qabul qilish uchun to’liq malumot oling

?Ensefabol suspenziya — ichga qabul qilish uchun buyuriladi ( suyuqlik ).

?Ensefabolni tabletkasi ham bor.

#Ensefabol suspenziya

#Энсефабол суспензия

?DORI SHALI : ?

Ichga qabul qilish uchun suspenziya ( suyuqlik ko’rinishida ).

?TARKIBI : ?

Piritinol digidroxlorid moddasi.

?TA’SIRIGA KO’RA ?

Nootrop vosita .

?QO’LLANILISHI ?

— Bosh miya faoliyatini patologik pasaygan funksiyasini oshiradi.

— Xotira buzilishida, diqqatni va e’tiborni bir joyga jamlay olmaslik holatlarida va fikrlash qobiliyati susayganda buyuriladi.

— Motivatsiya kuchini pasayishida ,

— Boshqa serebrovaskulyar kasalliklarda qo’llaniladi.

Yosh bolalarda esa : ?

— Nerv psixik buzilishlarda qo’llaniladi.

— Qo’rqish oqibatidagi yosh bolalarda kuzatilgan duduqlanishda yaxshi vosita.

?QO’LLASH USULI ?

Kattalarga 2 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish buyuriladi.

3 kunlik chaqaloqlarga kuniga 1 ml dan beriladi.

1 yosh va 1 yoshdan katta bolalarga kuniga 0,5 — 1 choy qoshiqdan kuniga 1 — 3 martagcha ichirish mumkin.

7 yosh va undan katta bolalarga kuniga 1- 2 choy qoshidan 1 — 3 martagacha ichirish mumkin.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Ko’ngil aynish , qusish , diareya

— Teri toshmasi va teri qichishishi

— Uyquni biroz buzilishi

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.

— Surunkali revmatoid artrit kasalligida mumkin emas.

— Og’ir qon kasalliklarida mumkin emas.

— Og’ir jigar va buyrak kasalliklarida mumkin emas.

— Autoimmun kasalliklarda mumkin emas.

— Sistemali qizi bo’richa kasalligida mumkin emas ( СКВ ).

?ADMIN MASLAHATI ?

?Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan mumkin. Shifokor bilan maslahat qiling albatta.

?Yana bir ma»lumot shuki , instruksiyasida yozilmagan holati bor. Bu yosh bolalarda hayoti davomida qo’rquv natijasida yoki boshqa sabab bo’lib duduqlanish holatida yoki so’zlashishning , nutqning buzilishi holatida bolaga ichiriladi. Amaliyotda yaxshi samara beryapti.

?Preparat tugilganiga endi 3 kun bo’lgandan keyin qabul qilish buyuriladi. Yani chaqaloq tug’ilgach 3 kundan keyin buyursa bo’ladi.

?Qo’llash — retsept bilan.

?Ishlab chiqaruvchi — Avstriya

Dorixona
Ensefabol suspenziya — ichga qabul qilish uchun