Enrique Iglesias Hayoti

Enrique Iglesias Hayoti
enrique iglesias hayoti 65cb48bf8b992

21998956

Enrique Iglesias Hayoti

Mundarija скрыть
Enrique Iglesias Hayoti
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

To’liq ismi: Enrike Migel Iglesias Preysler (Enrique Miguel Iglesias Praysler)
Tug’ilgan sana: 8 -may 1975 yil
Tug’ilgan joyi: Madrid, Ispaniya
Muchali: Sigir
Bo’yi: 187 sm .
s21998956
Bolaligi
Enrique Igleisas omadli oilada tug’ildi. Uning otasi Hulio Iglesias butun dunyoda mashxur qo’shiqchi, onasi esa omadli jurnalist edi. U oilada uchinchi va so’nggi farzand edi. Uch yoshida unga enaga qarashni boshlaydi. Chungi otasi hizmat safarlarida bo’lardi, bo’sh vaqtida esa yangi albomlari ustida bosh qotirardi. Onasi ham ishdan bo’shay olmasdi. Shuning uchun ular enaga yollashadi.
Enrike katta bo’lgan sari akasi bilan qo’shiqchi bo’lishni orzu qilardi va o’z albomi uchun she’rlar yoza boshladi.
Lekin 1985 — yilda Iglesiaslar oilasiga terroristlar havf soldi. Bolasidan havotir olgan ona uni AQSHga otasini yoniga yuboradi. Bu Enrikening harakteriga ham ta’sir ko’rsatadi.
U Mayamidagi Gulliver Preparatory School maktabida boshqa «oltin» bolalar bilan birga taqsil oladi. Enrike qiyinchilik bilan bolalar bilan til topishardi. Otasi Uning hayotiga kam qiziqqan. Sinfdoshlari qimmat mashinalarda maktabga kelganda Enrike anchayin eski avtomabilda kelar edi.
Uning otasi Enrikeni biznesmen bo’lishini xohlar edi. Hulio o’g’lini Mayami Universtitening biznes fakultetiga o’qittrimoqchi bo’ladi.
Lekin taqdir va iste’dod o’z so’zini aytdi.
Yulduzlik sari 
O’qib yurgan paytlarida Enrike o’z qoshiqlarini demoversiyalarini yozadi.
1994 — yilda Enrike Igleisas o’qishni tashlab, o’zinini musiqaga bag’ishlaydi. Otasi undan musiqani unutib, o’qishga qaytishini talab qiladi. Lekin Enrike buni rad etib Kanadaga ketadi. 21 — noyabrda uning «Enrique Iglesias» deb nomlanagan birinchi albomi sotuvga chiqadi. Birinchi haftada ushbu albomning 1 mln nusxasi sotiladi. 1996 — yilda uning meksika va italyan tillaridagi albomlari ham ommaga taqdim etiladi.
Yilning oxirida qo’shiqchi otasi bilan  American Music Awards mukofotining «eng yaxshi lotinamerikalik qo’shiqchi» toifasiga nomzod bo’ldi. Shunda otasi, agar o’gli mukofotni qo’lga kiritsa, darhol marosimdan chiqib ketishini aytdi. Vaziyatdan chiqib ketish uchun Enrike marosimda qatnashishdan bosh tortdi va mukofotni otasiga qoldirdi.
2000 — yilda qo’shiqchi  xalqaro tur Bailamos World Tour ga bordi, u tugagandan so’ng noma’lum sabablarga ko’ra qo’shiqchi uzoq vaqt san’atda ko’rinmadi. Uzoq tanafusdan so’ng birinchi sahnaga qaytishi 11 — sentabr 2001 — yilda terakt tufayli halok bo’lganlar hotirasiga o’tkazilgan konsertda bo’ldi. Enrike Iglesias o’zining «Hero» deb nomlangan yangi qo’shig’i bilan qatnashgan edi. Oradan tez o’tib keyinchilik mashxur bo’lgan Escape albomini ommaga taqdim etadi. Albom 10 mln nusxada sotildi. Shuningdek albomni bosh musiqasiga Anna Kurnikova ishtirokida klip ham sur’atga olindi. 2003 — yilda Enrike o’zining 7 — albomini chiiqardi. Huddi shu yili uning otasi Hulio Iglesias o’zining 77 — albomini ommaga e’tiboriga taqdim etgandi.
Shaxsiy hayoti
Biron bir qiz bilan bir haftadan uzoq vaqt davomida bo’laolmasligini tan olgan Enrikening qalbini rus tennischisi Anna Kurnikova olgan. Roman Escape qo’shig’iga klip olish jarayonida boshlangan edi. Klip ssenariysi bo’yicha Enrike Anna bilan o’pishishi kerak edi. Lekin kutilmaganda, Enrike buni rad etadi. Buni eshitgan Anna ko’z yoshlarini ayab turolmaydi. Shunday qilib baribir ushbu sahna olinadi. Oradan bir qancha vaqt o’tgach Enrike Iglesiasning Annani unga yoqqani va ular o’rtasida nimadur bo’lishi mumkinligigi intervyusi omma e’tiborini tortadi. Bir yildan keyin ularning oila qurganliklari to’g’risida ham xabarlar tarqaldi.
Manba: Cosmo.ru

Enrique Iglesias Hayoti