Eng zor kitob

Eng zor kitob

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

Eng zor kitob

Mundarija скрыть

309 tadan 1 – 12 lar ko’rsatilyapti

Ba’zilar olisdan sevarlar

To’siqlarga qaramay sevdik

Shukronalik mo’jizalari

Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag’allik manbalari

Zukkolar va landavurlar. Muvaffaqiyat kaliti

Pythonda dasturlash asoslari

Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko’nikmasi

Stiv Jobs

Kelmasang ham kutaman

Halqa

Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti.

O’lsang kim yig’laydi?

Ba’zilar olisdan sevarlar

Men bilan sira qiziqmaydigan hayotda nafas oldim. Men bilan umuman qiziqmaydigan manzillarda go’yo yonimda birov bordek yurdim. U uchun kuylar tanladim. Qo’llarini tutdim. Albatta, baxt haqida gapirishni ham juda istardim. Ammo menga o’xshaganlar, ya’ni dard chekayotganligiga hech kimni ishontira olmaganlar, baxtga olib boradigan yo’lni yoddan chiqarishadi. Chunki meni tik tutgan, oyoqarim ostidagi toshni bilib turib, hayotimdan tortib olishdi. O’zimning ustimga quladim. Shuncha muddat unimni chiqarmaganimdan barcha ovozlar ichimda yig’ildi. Endi men hatto shamolning uvillashiga ham havas qilaman.

To’siqlarga qaramay sevdik

“To‘siqlarga qaramay sevdik” yozuvchining eng talabgor va eng ko‘p adadda chop etilgan kitoblaridan sanaladi. Turk tilidan Nodirabegim Jamshid qizi tarjimasi. 

Shukronalik mo’jizalari

Shukronalik- inson ziynati. Bugungi tinchlik-osoyishtalik, erkin va faravon hayotga shukrona keltirish, uning qadriga yetish xayru barakani yanada ziyoda qiladi. Ushbu kitob sizga ayni yaratganning bergan ne’matlariga shukrona keltirishni o‘rgatadi. Shukrona keltirib, qalblari nurga to‘lgan ayollarning hikoyalarini eshitib, ko‘zingizdan yosh chiqadi, ich-ichdan to‘lqinlanasiz, tilingizdan shukronalik tushmay qoladi. Eng muhimi, sizga tanish bo‘lgan psixolog, “Azizam” psixologik klubi rahbari Azizaxon Tashxodjayeva bilan qalban yaqinlikni his etasiz, uni xuddi oldingizda turgandek his etasiz. Kitob sizni shukronalikka o‘rgatar ekan, qalbingiz quvonchga, hayotingiz faravonlikka yuz tutadi.

Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag’allik manbalari

Nega ayrim mamlakatlar farovonroq yashaydi? “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” mualliflari ushbu savolga ishonchli va izchil asoslangan yangi nazariya bilan javob berishga bel bog‘lagan: farovonlik sababi iqlim, geografiya yoki madaniyat emas, balki mamlakatdagi institutlardir.

Zukkolar va landavurlar. Muvaffaqiyat kaliti

Bu foniy dunyo hayotini adolatli deb bo‘lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech vaqo yo‘q? Omadning sabablarini faqat insonning tabiat in’om etgan shaxsiy fazilatlari bilan bog‘lash to‘g‘rimikin?

Pythonda dasturlash asoslari

Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi. Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan. Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi. Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.

Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko’nikmasi

“Muvaffaqiyatli insonlar muammolar bilan emas, balki imkoniyatlar bilan yashaydilar. Ular imkoniyatlardan oziqlanib, muammolarni ochlikda qoldiradilar.“ «Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi» kitobi mashhur amerikalik biznes konsultant Stiven Kovi tomonidan yozilgan. 

Stiv Jobs

Uolter Ayzeksonning «Stiv Jobs» asari ilk marotaba o‘zbek tilida chop etildi. Zamonaviy dunyoning eng yirik biznesmenlaridan biri, innovator, Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning muvaffaqiyat tarixi haqida yozilgan ushbu kitob bir necha yil davomida jahon darajasidagi bestsellerga aylanib ulgurdi. 

Kelmasang ham kutaman

Yozuvchining mazkur asari o‘ziga xos jozibasi, ifoda uslubi, insonning eng nozik va nafis tuyg‘ularini taʼsirchan bayon etganligi bilan ajralib turadi. – Aytingchi, siz ham hech qachon kelmaydigan bir insonni intiq kutganmisiz? Bir kun kelib ketishi mumkinligi hatto tushingizga ham kirmagan insonning ortidan qo‘l silkitib qolganmisiz? Men kelmaganni kutaman, uzoqdagi insonni sog‘inaman va azoblanganim sari yana-da ko‘proq sevaman. Men ham ketmoqchi bo‘lganlarni to‘xtatib qolishga urindim. Yo‘lini to‘sib «Meni tashlab qayerga ketmoqchisan?» deb siquvga oldim. Biroq bundan hech narsa o‘zgarmadi. Ketishga qaror qilganni to‘xtatib bo‘lmas ekan. Ehtimol, vaqtincha to‘xtatishing mumkindir, ammo baribir qo‘lingdan chiqib ketadi. Alal oqibat men ham bu haqiqatga o‘zimni moslashtirdim, o‘sha kundan boshlab tark etganlarni va sira qaytib kelmaydiganlarni kutishni boshladim. Kelmasligini bilib turib kutdim. Kutish bu – o‘z joningga suiqasd qilishdek bir xatodir. Va men bu xatoni anglaganimdan beri kutishga yana-da mahkamroq bel bog‘ladim. Berkutay Soysal

Нью-Йорк халқ кутубхонаси: асрнинг энг шов-шувли китоблари

Дунёдаги энг катта нодавлат кутубхона – 55 миллион китобни ўзида жамлаган Нью-Йорк халқ кутубхонаси 1995-1996 йилларда ўзининг 100 йиллиги муносабати билан асрнинг энг яхши китоблари рўйхатини эълон қилган эди. Рўйхат юз йиллик мавзуларини қамраб олган «Замонавий адабиёт дурдоналари», «Табиат салтанати», давоми…

Guardian: XXI асрнинг энг яхши 100 та китоби

2019 йилнинг охирида — XXI асрнинг иккинчи ўн йиллиги тугаш арафасида Буюк Британиянинг The Guardian кундалик газетаси янги юз йилликнинг 100 та энг яхши китобини эълон қилди. Рейтингга 2000 йилдан кейин чоп этилган турли жанрлардаги асосан инглиз тилидаги адабиётлар киритилган давоми…

BBC: барча даврларнинг янг яхши 200 та романи

2003 йили Буюк Британиянинг BBC корпорацияси барча замонларнинг энг яхши романларини аниқлаш учун сўровнома ўтказган. Бир йил давомида Буюк Британияликларнинг энг яхши кўрган китобларини аниқлаш учун 1 миллионга яқин овоз йиғилган. Овозлар сайт, SMS ва қўнғироқлар орқали тўпланган. Йил давомида давоми…

Guardian: Барча даврларнинг энг яхши 100 китоби

Норвегия китоблар клуби 2002 йили 54 та давлатдан энг машҳур юздан ортиқ ёзувчилар орасида сўровнома ўтказган эди. Буюк Британиянинг “Guardian” газетаси ушбу сўровнома асосида барча замонларнинг энг яхши 100 китоб номини эълон қилган. Дунёнинг энг машҳур ёзувчилари фикрига кўра, испан давоми…

Newsweek: Жаҳон адабиёти тарихидаги энг яхши 100 китоб

2009 йили АҚШнинг машҳур Newsweek журнали дунё адабиёти тарихидаги энг яхши 100 китоб номини эълон қилган эди. Ушбу рўйхат сўнгги 20 йилда ўтказилган ўнлаб сўровномалар, рейтинглар асосида тузилган. Унда машҳур америкалик журналист Опра Уинфрининг “Китобхонлар клуби” томонидан сараланган китоблар, Авлиё давоми…

Le Monde: ХХ асрнинг энг яхши 100 та китоби

Франциянинг энг оммабоп «Le Monde» газетаси 1999 йили XX асрнинг энг яхши китобларини аниқлаш учун сўров ўтказади. Аввалига журналистлар ва кутубхоначилар энг яхши китобларнинг 200 талик рўйхатини тузиб чиқадилар. Ушбу рўйхат асосида газета ўз ўқувчиларига «Ушбу китоблардан қайси бири хотирангизда давоми…

Daily Telegraph: Дунёни ўзгартирган 10 та мумтоз китоб

Буюк Британиянинг “Daily Telegraph” газетаси энг яхши 10 та мумтоз асарлар рўйхатини эълон қилди. Газета экспертларининг маълум қилишича, айнан шу китоблар дунёни ўзгартирган, вақт чиғириғидан ўтган асарлардир. Рўйхатга инглиз адабиётидан 7 та, қадимги юнон, француз ва рус адабиётидан биттадан китоб давоми…

Ёзувни танланг

Кирилл | Lotin

Мавзулар

Адабиёт

  • Ўзбек мумтоз шеърияти
  • Ўзбек шеърияти
  • Жаҳон шеърияти
  • Ўзбек халқ оғзаки ижоди
  • Ўзбек насри онлайн антологияси
  • Жаҳон насри онлайн антологияси
  • Энг сара асарлар

Сўнгги киритмалар

  • Тўхтамурод Бобоев. Шеър илми таълими
  • Дмитрий Мамин-Сибиряк. Доктор Осокиннинг соғайиши (ҳикоя)
  • Исмоил Бекжон. Умархўжа Хивақий – саркарда шоир
  • Лосось увулдириқ сочаётганида нега оқимга қарши сузади?
  • Собир Ўнар. Сел (ҳикоя)
  • Тулуза шаҳрида Мирзо Улуғбек ҳайкали ўрнатилди
  • Ўзбекистонда БМТ шартномалари қандай бажарилмоқда?
  • Тошкентда Озарбайжон–Ўзбекистон дўстлик музейи очилди
  • Хожа Самандар Термизий. Дастур ул-мулук: Подшоҳларга қўлланма
  • Александр Вампилов. Тўнғич ўғил (икки пардали комедия)

Сайт ривожига ҳисса

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© Зиё истаган қалблар учун. 2004-2021
Портал Ўзбекистон Матбуот ва ахборот агентлиги томонидан 27.07.2011 да рўйхатга олинган. Гувоҳнома № 0677
Сайтда тақдим этилган электрон манбалардан фақатгина шахсий мутолаа мақсадида фойдаланиш мумкин. Тижорий мақсадларда фойдаланиш (сотиш, чоп этиш, кўпайтириш, тарқатиш) қонунан тақиқланади.

2018 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p mutolaa qilgan kitoblar o‘nligi

Har bir yil o‘z yakuniga yetar ekan mutaxassislar, OAV xodimlari uni turli yo‘nalishlarda tahlil qilishadi.

Kun.uz internet sayti ham 2018 yilda yurtdoshlarimiz tomonidan eng ko‘p mutolaa qilingan va ularning nazdida yilning «eng yaxshi kitobi»ni aniqlash maqsadida «2018 yil: Kim nima o‘qidi?» mavzusida so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnomani nafaqat internet sayt va ijtimoiy tarmoqlar, balki ta’lim muassasalarida, ko‘cha va xiyobonlarda ham tashkil etdik.

So‘rovnomada ishtirok etganlar tomonidan jami 1200 dan ortiq nomdagi va turli janrdagi asarlar qayd etildi.

Xullas, biz ovoz berish natijalariga ko‘ra «yilning eng yaxshi kitobi» deya hisoblangan adabiyotlarning top 10 ligini aniqladik. Marhamat ular bilan tanishing!

10-o‘rin. «Yulduzli tunlar»

Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari reytingimizda eng ko‘p ovoz yig‘gan asarlardan biri bo‘ldi. U hamon sevib o‘qilmoqda.

Roman o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy asarlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan.

9-o‘rin. «Shamol ortidan yugurib»

Mazkur asar muallifi Holid Husayniy 1965 yil Kobulda afg‘on diplomati oilasida tug‘ilgan. 1980 yil yozuvchi oilasi bilan AQShga ko‘chib boradi. «Shamol ortidan yugurib» uning ilk romani hisoblanadi. Asar AQShda yangi asrning besseller asariga aylanadi. Mazkur asar dunyoning qirqdan ortiq tillarida 10 million nusxada nashr qilingan.

8-o‘rin. «Telba»

Rus adibi Fyodr Dostoyevskiy qalamiga mansub «Telba» romanini turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar.

Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, undagi qalbni poklashga bo‘lgan da’vat, tuyg‘ularni e’zozlash, har qanday sharoitda ham o‘zligini yo‘qotmasdan yashash kerakligi haqidagi ta’kidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir o‘quvchi uchun yangilik bo‘lib qolaveradi.

7-o‘rin. «Afg‘on shamoli»

Isoqjon Nishonov muallifligidagi ushbu asar kitobxonlarimiz tomonidan berilgan ovozlar soniga ko‘ra reytingimizning 7-o‘rnini egalladi.

Asarda jangarilar safida yurib O‘zbekistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatish maqsadida bo‘lgan razil kimsalarning topshiriqlarini itoatkorlik bilan bajarib kelgan Fafur ismli yigitning atrofda kechgan voqeliklardan qilgan xulosasi tufayli yuragida yorug‘lik paydo bo‘lishi va vatan xizmatiga kirishi bayon qilingan.

6-o‘rin. «Alkimyogar»

Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O‘z Taqdiri yo‘lidan borib, ko‘ngliga tuggan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima. «Alkimyogar» romani mana shunday ko‘lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida. Asar muallifi — hozirgi zamonning mashhur yozuvchisi braziliyalik Paulo Koelo.

5-o‘rin. «Shaytanat»

Qahramonlarning shaxsiyati va ularning turmush tarzi, xarakter xususiyati, ijtimoiy turmush tarzi bilan bog‘liq keskin va shu bilan bir qatorda kitobxonlar uchun qiziqarli bo‘lgan voqeliklar rivoji o‘tkir syujyetli «Shaytanat» asarining asosini tashkil etadi. Asar muallifi taniqli o‘zbek yozuvchisi Tohir Malik.

4-o‘rin. «Baxtiyor oila»

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning «Baxtiyor oila» nomli kitobi bugun o‘zbek kitobxonlari orasida eng ko‘p o‘qilayotgan asarlardan biri hisoblanadi. Kitob yillar davomida ko‘p ming nusxada bir necha bora qayta nashr etilayotganiga qaramay, bugun ushbu asarni kitob do‘konlaridan topolmaysiz.

Kitob mutolaasi orqali haqiqiy baxtiyor oila qanday bo‘lishi kerak degan savolga javob topasiz.

3-o‘rin. «Saodat asri qissalari»

– Ahmad Lutfi Qozonchining «Saodat asri qissalari» kitobining bu darajada ommalashgani, o‘quvchilar tomonidan juda ko‘p mutolaa qilinayotganligini eshitib shaxsan men hayratlanmadim. Sababi, Payg‘ambarimiz hayotlarini o‘rganish insonga faqat ma’rifat beradi, qalbni yuksaltiradi.

Aslida, bizda siyrat haqida asarlar juda oz. Mashhur turk yozuvchisi, olimi Ahmad Lutfi Qozonchining ushbu asari ham Payg‘ambarimiz siyrati, hayoti haqidagi eng ishonchli manbaalar asosida yozilgan asar hisoblanadi.

Kitobning o‘tkazilgan so‘rovnomada eng yuqori o‘rinlardan birini egallagani yurtdoshlarimiz ichida dinni o‘rganishga, Payg‘ambar alayhisalomning siyratini, u kishi olib kelgan ulug‘ ta’limotni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Zero, biz Payg‘ambar alayhisalomni yaxshi tanimasak, dinimizni yaxshi tanimaymiz, dinimizni yaxshi tanimasak o‘zligimizni yaxshi tanimaymiz, agar o‘zligimizni yaxshi tanimasak komil inson bo‘lolmaymiz, – dedi shoir Alisher Nazar.

Alisher Nazar, shoir.

2-o‘rin. «Ufq»

Yozuvchi Isajon Sulton asar haqida fikr bildirar ekan, shunday deydi:
– Said Ahmadning «Ufq» romani o‘zbek xalqining urush yillaridagi hayoti, vatan, millat, jamiyat, oila haqidagi o‘ylari xalqning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zidan olib ko‘rsatib berilgani bilan qadrli hisoblanadi. Asarni mutolaa qilganlar yaxshi biladiki, uning voqealari Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrlarda kechadi. Xo‘sh, o‘sha paytda o‘zbek xalqi urushni qanday qabul qildi? Bir tomondan Sovetlar ittifoqi urush bizning g‘alabamiz bilan tugadi, deb jar soldi, bir tomondan esa o‘zbek xalqi urushni to‘g‘ridan-to‘g‘ri meni oilam, tuproqlarim va vatanimga bo‘lgan xavf deb tushundi. Ya’ni o‘zini butun boshli imperiya a’zosi sifatida ko‘rmadi. Asarda XX asr 40-50 yillaridagi ana shunday voqealar, o‘zbek kishilarning qalb, ruhiy qiyofasi ko‘rsatib beriladi.

Isajon Sulton, yozuvchi

1-o‘rin. «Ikki eshik orasi»

«Ikki eshik orasi» ulug‘ o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning ikkinchi asari, – deydi yozuvchi Qo‘chqor Norqobil. – Xo‘sh, asar nima sababdan yillar o‘tsa-da kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi? Buning sababi, O‘tkir Hoshimov «Ikki eshik orasi»ni insoniylik, yozuvchilik prinsiplariga sodiq qolgan holda yozib, unda xalqning milliy mentaliteti, o‘zbek xalqini bu dunyoda ushlab turgan odamiylik tuyg‘usini juda chiroyli talqinda ko‘rsatib bera olgani deb o‘ylayman.
Ushbu romanni o‘qigan kitobxon insonni ulug‘lashni, birovni bekorga haqoratlash mumkin emasligi va eng muhimi, bu foniy dunyoda umrimiz bir eshikdan kirib, ikkinchi eshikdan chiqqunchalik ekanligini hamda besh kunlik dunyoning mohiyatini o‘rganasiz».

Qo‘chqor Norqobil, yozuvchi

Saytimizning qadrli o‘quvchilari, mutolaaga bo‘lgan e’tiboringiz uchun rahmat. Ushbu yilda ham kitob sizning eng yaqin do‘stingiz bo‘lib qolsin!

Ilyos Safarov,
Kun.uz muxbiri

Qiziqarli malumotlar
Eng zor kitob