ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI

ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI

Pochta indeksi: 100084.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ИЧКИ ИШЛАР ВАЗИРЛИГИ

Китоб мутолааси инсон фикрлаши ва нутқ имкониятларини ошириши илмий жиҳатдан ҳам ўз исботини топганлиги бор ҳақиқат. Китобга ошно инсон кўп жиҳатдан бошқалардан фарқ қилади.

Бундай шахслар зукко фикрлайдиган, муаммолар ечимини қисқа фурсатларда топа оладиган, хушфеъл бўлиши оддий ҳаётда ҳам ўз аксини топган.

Айниқса, ёшлик давридан кўп китоб мутолаа қиладиган шахслар келгусида меҳнат фаолиятида ҳам бошқаларга нисбатан унумлироқ натижаларга эришадилар.

Мамлакатимизда фуқароларнинг китобга бўлган муҳаббатини ошириш, ҳар томонлама баркамол авлодни шакллантириш мақсадида китобхонлик маданиятини ошириш борасида салмоқли ишлар амалга оширилмоқда.

Давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан республика миқёсида «Ёш китобхон» танлови ташкил этилган бўлиб, мазкур танлов ёшларнинг барча ёш тоифаларида ўтказилиб келинмоқда.

Мазкур танлов ёшлар ўртасида китобхонликка иштиёқини ошириб, уларга ўзига хос мотивация бермоқда.

Ички ишлар вазирлиги Касбий тайёргарлик бошқармаси Ўқув дала марказида Вазирлик Малака ошириш институти ўқув курси тингловчилари ўртасида китобхонликни тарғиб қилиш мақсадида «Энг яхши китобхон» кўрик танлови ўтказилди.

Танловда ҳар бир гуруҳдан икки нафардан тингловчилар иштирок этди. Беллашув иштирокчилари «Бадиий асарлар билимдони», «Мен севган адиб» ва «Шеърият» номли учта шарт бўйича синовдан ўтдилар.

Биринчи шарт бўйича иштирокчилар Ички ишлар органлари ходимлари ўқиши тавсия этилган 39 та турдаги ўзбек ва жаҳон адабиёти дурдоналари орасидан ўзлари севиб ўқиган асарларнинг мазмун моҳияти тўғрисида ҳикоя қилиб бердилар.

Мазкур шартда тингловчилар Теодор Драйзернинг «Америка фожиаси, Саид Аҳмаднинг «Уфқ», Ўткир Хошимовнинг «Дунёнинг ишлари», «Икки эшик ораси», Лермонтовнинг «Замонамиз қаҳрамонлари» ва Алишер Навоийнинг «Хамса» асарларини севимли асарлар сифатида танлаб олдилар.

Иккинчи шартда эса беллашув иштирокчилари ўзларининг севимли адибларининг ҳаёти ва ижод йўли тўғрисидаги билимларини яна бир бор ёдга олдилар.

«Шеърият» деб аталувчи сўнгги шартда эса иштирокчилар адабиётнинг наср йўналиши билан биргаликда назмда ҳам ўз имкониятларини намойиш этдилар.

Беллашув натижасига кўра, барча қатнашчилардан кўра кўпроқ билимга эга эканлигини кўрсата олган, юқори натижага эришган 2 отряд тингловчиси лейтенант Рашидов Жасур Абдурасул ўғли фахрли биринчи ўринни, 1-отряд тингловчиси катта сержант Холмирзоев Захридин Зайнилобидинович фахрли иккинчи ўринни ҳамда 3-отряд тингловчиси лейтенант Толибоев Олимжон Хайруллаевич эса фахрли учинчи ўринни эгаллашдилар.

Кўрик танловда ёш ички ишлар ходимлари китобга қанчалик ошно эканликларини намоён этдилар.

Бу каби китобхонлик кечалари тингловчилар орасида китобга муҳаббат ҳиссини ошириб, уларнинг ҳаётга қарашларини, фикрлаш қобилиятини ўстиришга хизмат қилади.

ИИВ Малака ошириш институти

“ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 29-yanvardagi 05-1-201-son topshiriq xati hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektorining 2022-yil 30-apreldagi U-99-sonli buyrug‘iga asosan, institut yoshlari o’rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning dastlabki fakultet bosqichida 3 ta fakultetdan 42 nafar talaba ishtirok etdi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarining samarasi sifatida fakultet bosqichi, talabalar o‘rtasida qizgin bellashuvlar tarzida bo‘lib o‘tdi. Fakultet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘rin sohiblari 30-may kuni institut bosqichida bellashdilar. Talabalardagi bilimga chanqoqlik, shijoat, maqsadi yo‘lidagi kurashuvchanlik hissining yuqoriligi sabab kitobxonlik tanlovining institut bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Urаqov Shamshod faxrli 1-o’rinni, Amaliy san’at va dizayn fakulteti 2-bosqich talabasi Xojimamatov Erkinjon 2-o‘rinni, San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi Ergasheva Sojidaxon esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
“Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Urаqov Shamshod tanlovning hududiy bosqichiga tavsiya etildi. G‘oliblar institut tomonidan munosib sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Manzil: Toshkent shahar, Mironshox ko’chasi 123-uy.

Pochta indeksi: 100084.

Telefon: (8-371) 255 18 92.

Faks: (8-371) 255 18 92.

E-mail: info@mrdi.uz

QIDIRUV

SO`NGI YANGILIK VA E’LONLAR

  • E’LON! Mart 4, 2023
  • NAVBATDAGI “TALABALAR OQSHOMI” Mart 3, 2023
  • BAHOR VALSI GALA KONSERTI Mart 3, 2023
  • ⚡️BIZNING FAXRLI YOSHLAR!⚡️ Mart 3, 2023
  • IPAK YO‘LI JOZIBASI Mart 2, 2023

Ish vaqti: 9:00-17:00

Qabul bo’yicha yangiliklarni shu yerda kuzatib boring

Kamoliddin Behzod nomidagi

Milliy rassomlik va dizayn instituti

«Eng yaxshi kitobxon o’quvchi» ko’rik-tanlovining tuman bosqichi

Muhtaram Prezidentimiz “Men shunga aminman – kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q” deb bejizga ta’kidlamagan. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning kitobxonlik saviyasini oshirishga mutolaa madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berilayotgani barchamizga ma’lum.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, o‘quvchilar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, “Men savgan adabiy qahramon”, “Men o‘qigan kitob”, “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovlari shular jumlasidandir. O‘quvchilarimiz “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusidagi insholar ko‘rik-tanlovida o‘zlarining sevimli qahramoni haqida fikr yuritib ularning ijobiy xislatlarini o‘zlarida jo qilgan bo‘lsa, “Men o‘qigan kitob” mavzusidagi insholar ko‘rik-tanlovida esa o‘qigan asarlari va uning mazmun-mohiyati, asar qahramonlariga nisbatan fikrlarini yoritib berdilar.

25 aprel kuni umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda barcha maktablardan o‘quvchilar ishtirok etib 4 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

1-shartda o‘quvchilar 3 daqiqa mobaynida o‘zlarini tanishtirdi, maktab va kutubxona haqida ma’lumot berdi.

2-shartda 5 daqiqa oralig‘ida ishtirokchilar hakamlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. O‘quvchilar adabiyotimiz vakillarining hayoti va ijodi, uning asarlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

3-shartda esa o‘quvchilar o‘qigan asarlari ro‘yxatini hakamlar hay’atiga taqdim etishdi va ular saylanma tarzda asarning mazmun-mohiyatini ochib berdilar. Asardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirib o‘tdi. Asar qahramonlari haqida ma’lumot berish bilan birga ularga ta’rif berib ijobiy va salbiy xislatlarini sanab o‘tishdi.

4-shartda o‘quvchilar tomonidan kitobxonlik targ‘ib qilindi. Tengdoshlarini kitobga qiziqtirish maqsadida amalga oshirayotgan ishlari, maktab kutubxonachisi bilan hamkorlikda tashkil etgan tanlovlari haqida ma’lumot berishdi. Ishtirokchilarning bugungi kunda o‘quvchilarni kitobga qiziqtirish bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra 20-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Ahmadova Iroda g‘oliblikni qo‘lga kiritib “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” deb topildi. G‘olib o‘quvchimiz joriy yilning tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti Nasiba Tojieva Tel: 93-315-16-83

Qiziqarli malumotlar
ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI