Eng foydali baliq turi to’liq malumot oling
Eng foydali baliq turi
Baliq inson organizmi uchun toʻyingan yogʻlar, D va B vitaminlarining eng yaxshi va foydali manbasi hisoblanadi. Ammo, parhezshunoslar baliq turlarining barchasi ham birdek foydali emasligini aytishadi. Nyu-York universiteti olimi Lurdes Kastroning aytishicha, odam organizmi baliq turlari orasidan lososni osonroq singdiradi.
“Ushbu baliq turi omega-3 va yogʻ kislotalariga boy, ular organizmning hujayralar tarkibi uchun javob beradi va yurak-qontomir kasalliklari bor insonlarga koʻmaklashadi”, deydi shifokor.
Men shtati universiteti olimi, professor Meri Ellen Kamir ham ushbu fikrni tasdiqlagan. Uning taʼkidlashicha, aynan losos baligʻi goʻshti inson organizmi uchun kerakli vitaminlarga boy.
Boshqa mavzular
Eng foydali baliq turi