Energiyani o‘g‘irlaydigan odatlar

Energiyani o‘g‘irlaydigan odatlar
energiyani ogirlaydigan odatlar 66dc57460d4d0

Energiyani ogirlaydigan odatlar

Energiyani o‘g‘irlaydigan odatlar

DO`STLARGA ULASHING:

📌Energiyangizni o‘g‘irlaydigan 5 odat

1. Bittada ko‘p narsalarni reja qilish

Kunlik reja tuzayotganingizda qilinishi kerak bo‘lgan yumushlar 2tadan 6tagacha bo‘lishi kerak. 6 tadan ko‘proq bo‘lsa, diqqatingiz bo‘linadi. Ishlaringiz bajarilmay qoladi.

2. Hamma ishni oxirgi daqiqada qilish

Bu odat insonni shoshilishga undaydi. Shoshilgan inson ko‘proq xato qilishga moil bo‘ladi. Bundan tashqari, shoshilish — insonni stressga tushirib qo‘yadi.

3. Boshingizdagi salbiy senariylarni o‘ylash

Salbiy narsalar haqida o‘ylash insonni tushkun holga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida samaradorlikni tushuradi.

4. O‘zingizni boshqalar bilan solishtirish

O‘zingizni boshqalar bilan solishtirish — o‘zingizga bo‘lgan ishonchni tushurib yuborishi mumkin.

Yodda saqlang, hammaning sharoiti har xil. O‘zingizning sharoitingizdan kelib chiqib, qo‘lingizdan kelgani barcha ishni qiling. Shuni o‘zi kifoya.

5. Ijtimoiy tarmoqlarni tekshirib turish

Hozirgi vaqtda diqqatni chalg‘ituvchi eng katta omillardan biri — bu ijtimoiy tarmoqlar. Kun mobaynida ularni tekshirib turish — vaqtingiz suvga oqizish bilan barobar.

Energiyani o‘g‘irlaydigan odatlar