ENDOKRINOLOGIYA INSTITUTI

ENDOKRINOLOGIYA INSTITUTI

ENDOKRINOLOGIYA INSTITUTI, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Endokrinologiya ilmiytadqiqot instituti — ilmiy tekshirish muassasasi. 1957 yil Oʻlka tibbiyoti ilmiy tekshirish instituti nomi bilan Toshkentda tashkil etilgan. 1989-yildan hoz. nomda. Endokrin bez kasalliklarini eksperimental va klinik usullar yordamida oʻrganadi va davolaydi. Intning asosiy ilmiy yoʻnalishi Oʻzbekistonda yod yetishmovchiligi holatini bartaraf etish, qandli diabet kasalligi, uni oldini olish va davolash, asoratlarini bartaraf etishning samarali usullarini ishlab chiqish, bolalar va oʻsmirlarda kuzatiladigan endokrin xastaliklarni oʻrganish va amaliyotga tadbiq etish (pakanalik, qandli diabet, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar), gipofiz, birlamchi giperparatireoz, qalqonsimon bez xastaliklari, jinsiy rivojlanishdan orqada qolishning zamonaviy diagnostikasi, shuningdek, respublikada endokrinologik xizmatni tashkil qilish masalalari va h. k. ga oid.

Ensiklopediya.uz
ENDOKRINOLOGIYA INSTITUTI