Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi to’liq malumot oling
⚡️Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston yoshlar va talabalar forumida taʼlim krediti berish tizimi haqida fikr bildirdi.
✅ Jumladan:
“Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida oʻqish imkoniyati boʻlmagan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratamiz.
Maʼlumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda oʻqitish uchun 22-28 foiz stavkada taʼlim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar.
Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga ogʻirlik qilayotgani ham bor gap.
Shuni hisobga olib, yangi oʻquv yilidan barcha uchun taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaʼni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi oʻqishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan toʻlab berish tartibi joriy etiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Talaba
Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi !