Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi
⚡️Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston yoshlar va talabalar forumida taʼlim krediti berish tizimi haqida fikr bildirdi. ✅ Jumladan: “Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida oʻqish imkoniyati boʻlmagan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratamiz. Maʼlumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda oʻqitish uchun 22-28 foiz stavkada taʼlim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar. Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga ogʻirlik qilayotgani ham bor gap. Shuni hisobga olib, yangi oʻquv yilidan barcha uchun taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaʼni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi oʻqishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan toʻlab berish tartibi joriy etiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi
DO`STLARGA ULASHING:
Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi !