Emizishdagi bezovtalik haqida to’liq ma’lumot oling

Emizishdagi bezovtalik haqida to’liq ma’lumot oling

Emizishdagi bezovtalik

Bola har doim ham emayotgan paytda oʻzini hotirjam tutmaydi. Bazida bolangizni emizayotganizda bolangiz nimadandir bezovta boʻlayotganini shu sabab yaxshi emmayotganini koʻrishingiz mumkin. Bunday paytda bola yegʻlab emadi. Yoki nimadandir norozi boʻlib emasligi ham mumkin.

Tanish holatmi?

Bugungi mavzu bola emayotgan paytda nimadan bezovta boʻlishi va shunday paytlarda nima qilish kerakligi haqida.

Qoʻlingizdagi jajji farzandingiz sizga hamma narsani tushuntirishga qodir. Ahir siz va kichkintoyingiz oʻrtasida uzilmas aloqa mavjud ku. 😊😊

🤷 Bola emayotgan paytda nimadan bezovta boʻlishi mumkin? Onaga bu vaqtda bolasi nimadan bezovtalanyotganini bilishi zarur. Bolalar emayotgan vaqtda asosan:
👉 Sutning kam kelishiga
👉 Sutning koʻp, quyilib kelishiga
👉Oshqozoniga havo toʻlib qolishidan
👉Haddan tashqari charchab, uyqusi kelgan paytda…

Roʻyxatni yana davom ettirish mumkin.
Bola yoshiga qarab bezovtaliklar ham turlicha boʻladi.

Birinchi oylarida koʻp hollarda bolaga koʻkrakni notoʻgʻri tutilganlik uchun bezovtalik vujudga keladi. Bunda ona ham bola ham oʻziga qulay boʻlgan holatni topib emizishni davom etish mumkin. Agar bezovtalik davom etsa bolani yoʼrgaklasangiz ham ancha foyda beradi. Bunda buvijonlar yoʻrgaklagandek «tekis taxtadek» emas balki erkin yoʻrgaklash kerak. Bu bolani ona qornidagi holatini esiga soladi va bola tinchlanadi. Gap shundaki ona qornidagi 9 oylik homila kattalashgani uchun bachadonda bola harakati ancha cheklanadi. Tugʻulgandan keyingi erkin yoʻrgaklash esa unga shu holatini eslatadi. Bola oʻziga qadrli boʻlib qolgan tana holatida tinchlanishi oson boʻladi.

Manba© @pediatronline

Malumotlar
Emizishdagi bezovtalik