Emizish davomida ko’kraklarim har xil bo’lib qoldi to’liq malumot oling
Emizish davomida ko’kraklarim har xil bo’lib qoldi
Emizish davrida ayol ko’kragi razmeri kattalashishi tabiiy holat.
Bolaning ehtiyojlarini qondirish uchun ko’kraklar muntazam ravishda sut bilan to’lib turadi.
Bir necha oy o’tgach, ba’zida ikki ko’krak razmeri har xil bo’lib qolishi mumkin.
Bunga sabab:
1. Bola faqat bir ko’krakni emizishga odatlanib qolgan;
2. Onaning o’ziga qulay bo’lgani uchun yoki boshqa ko’kragida og’riq borligi uchun faqat bir ko’krak bilan emizadi;
3. Emizishda bolaga ikkala ko’krak bir maromda berilmaydi.
4. Bir ko’krak uchi kichikligi yoki noqulayligi tufayli bola bu ko’krakdan bosh tortadi.
5. Bir ko’krak uchi yorilgan bo’lib, bolaga berilmaydi.
Uzoq davr mobaynida yuqoridagi holatlar davom etaversa, ko’kraklarning razmeri har xil bo’lib ketadi. Eng muhimi buni emizish davom etayotgan payti to’g’rilab olish kerak.
Aks holda, bola emishdan chiqgach, ko’krakdan sut qaytganda ko’kraklar razmeri turlicha bo’lib qolib ketadi.
Nima qilish kerak?
1. Kichik ko’rinayotgan ko’krakni ko’proq va muhimi uzoqroq emizdirish kerak. Odatda ayollar katta ko’krakni kichkaytirish maqsadida tez-tez bera boshlaydilar, buning natijasida bu ko’krakka sut qayta to’laverib u kattaligicha qolaveradi.
Kichik ko’krakni tez-tez emizizdirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shunda u to’liq bo’shab, sutga qayta-qayta to’lib kattalashishni boshlaydi.
2. Kichik ko’krakni bola uyquga ketayotganida va uyqusida emizdiring. Hatto uyqusida ham bola kichik ko’krakni emib yotsin. Shunda bu ko’krakka sut kelish hajmi ko’payib uning razmeri kattalashadi.
3. Emizishni boshlaganingizda katta ko’krakdan boshlab, sal o’tib kichik ko’krakka almashtirib oling. Orqa(yog’liq) sutni kichik ko’krakdan olsin. Shunda u boshab, ko’p miqdorda to’la boshlaydi.
4. Yorilgan ko’krakni ayamasdan, aksincha undan tez-tez emizsangiz, ham yorilish tuzaladi ham ko’krak sutga to’lib razmeri kattalashadi.
5. Bir necha kun davomida katta ko’krak bilan u o’ta to’lib ketganidagina emizing. Lekin laktostazdan ehtiyot bo’ling. Ko’kraklar razmerini to’g’irlash davr mobaynida asosan kichik ko’krakni ishlating.
6. Agar kichik ko’krakni bola og’ziga ololmayotgan bo’lsa, u holda uni bu ko’krak uchiga o’rgatishingiz lozim, bunga sabr va mahorat bilan yondashing.
7. Agar biron sabab bilan ko’krakni sog’ayotgan bo’lsangiz, u holda kattalashgan ko’krakni imkon qadar sog’may turing, kichigini ko’p stimulyasiya qilsangiz u hadeb sutga to’laverib kattalashib oladi.
Ko’krak razmerlarini bir maromga keltirish 2 kunda bo’ladigan ish emas. Sabr va muntazamlik bilan bunga yondashing.
Ko’krak razmeri har xil bo’lib qolishini oldini olish:
1. Bolani ikkala ko’krak bilan bir hil darajada emizing.
2. Bolani ko’krakka to’g’ri tutqazing;
3. Tunda bola emib yotishga o’rgangan bo’lsa, ko’kraklarni almashtirib turishni unutmang.
4. Ko’krakni sog’ib turayotgan bo’lsangiz, bir xil hajmda sog’ing.
Bir narsani yodda tutish lozim: kichik ko’krak qancha ko’p qo’zg’atilsa, u shuncha tez kattalashadi.
Ayollar uchun
Emizish davomida ko’kraklarim har xil bo’lib qoldi