Emizikli onalarga maslahatlar to’liq malumot oling
Emizikli onalarga maslahatlar
🌟Bolani emizish vaqtida toʻgʻri ushlash lozim;
🌟Koʻkrak bezi soʻrgʻichlari yalligʻlanishining oldini olish uchun davriy ravishda bolaga taʼsir qilmaydigan maxsus krem va losyon surtish kerak;
🌟Bolani tez-tez, qisqa muddatga emizish koʻkrak bezlaridagi ogʻriqlarni kamaytiradi;
🌟Bolani emizish oldidan iliq dush qabul qilish ham ogʻriqlarni bartaraf qilishda yordam beradi;
🌟Bolani emizib boʻlganingizdan soʻng, koʻkrak bezlariga sovuq kompresslar qoʻysangiz ogʻriq qoladi;
🌟Emizikli onalarga iloji boricha koʻproq suyuqlik ichish va dam olish tavsiya etiladi;
🌟Koʻkrak bezi soʻrgʻichlarida yorilishlar kelib chiqsa, lanolin, solkoseril malhamlari yoki chakanda moyini surtish tavsiya etiladi;
🌟Koʻkrak bezi terisiga tarkibida spirt saqlovchi eritmalar (zelenka yoki yod) surtish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, bu sohaga sovun ishlatish ham mumkin emas.
Manba©
@Yosh_onalarga_maslahatlar
Davlatlar
Emizikli onalarga maslahatlar