EMIZIKLI AYOLLAR UCHUN FOYDALI NONUSHTA to’liq malumot oling

EMIZIKLI AYOLLAR UCHUN FOYDALI NONUSHTA to’liq malumot oling

EMIZIKLI AYOLLAR UCHUN FOYDALI NONUSHTA

SULI YORMASI + SUT❗️

Sut va suli qorinni to’q tutadi. Eng muhimi, organizmda yog’ paydo qilmaydi. Shu bilan birga tug’ruqdan so’ng teri ko’rinishini ham yaxshilaydi.

TVOROG + MAYIZ ❗️

Yog’siz tvorogga ozroq shakar aralashtirib, 1 osh qoshiq mayiz qo’shing. Istasangiz, non ustiga surtib yoki o’zini qoshiqlab yeyishingiz mumkin. Qaymoq yoki smetana aralashtirish tavsiya etilmaydi. Bu kichkintoyning qorinchasini og’ritib qo’yadi.

PISHLOQ + SARYOG’ ❗️

Ikki bo’lak non ustiga yupqa qilib sariyog’ surting-da, pishloq qo’ying. So’ng 2 daqiqa mikroto’lqinlik pechda eritib olasiz. Yumshoqqina nonushta engil hazm bo’lib, oqsil zahirasin to’ldiradi.

QORA CHOY + SUT❗️

1 choy qoshiq qora choyni yarim piyola suv bilan qaynatib, 250 gr sutni qo’shing. Ta’bga ko’ra tuz va sariyoğ solsangiz ham bõladi. Issiqqina mazali sut-choyni yumshoq bulochka bilan tanovul qilishingiz mumkin.

NA’MATAK + SHAKAR❗️

Emizikli ayol suyuqlikka ko’proq ehtiyoj sezadi. Bu talabni esa shunchaki suv emas, balki foydali ichimliklar bilan qoplaganingiz ma’qul. Masalan, na’matak damlamasiga ozgina shakar qo’shib, ichishingiz mumkin. Yoki olma sharbati, suyuq qatiq ham foydadan xoli bo’lmaydi. Limon, maymunjon yoki qorag’at jemi qo’shilgan choylar esa tavsiya etilmaydi.

Ayollar uchun
EMIZIKLI AYOLLAR UCHUN FOYDALI NONUSHTA