Emizikli ayol ovqatlanish tartibi
Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga aylanadi. Keling, bugun ushbu maqolamizda siz bilan emizikli ayollar uchun isteʼmol qilish mumkin va mumkin boʻlmagan mahsulotar haqida qisqacha qilib aytganda toʻgʻri ovqatlanish ratsioni haqida gaplashamiz. Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi shart emas, albatta diyeta agar shifokor tomonidan patologik holat sababli buyurilmagan boʻlsagina. Laktatsiya jarayoni – “och qolish” uchun koʻrsatma boʻla olmaydi, aksincha emizikli davrda ayol ratsionida odatiy holatdagidan koʻra 400-500 kaloriya koʻproq energiya boʻlishi zarur. Isteʼmol qilinayotgan suyuqlik hajmiga ham eʼtibor qarating. Gazli, kofeinga boy boʻlgan energetik ichimliklar ichishni chegaralang. Maʼlum bir mahsulotlar isteʼmol qilganda bolakayda allergik reaksiyalar kuzatiladigan boʻlsa, shu mahsulot isteʼmolini toʻxtatish lozim. Tugʻruqdan keyin ayol kishi homiladorlik va tugʻruq vaqtida yoʻqotilgan “kuch”ni qayta tiklash uchun vovqatlanish tartibi va sifatiga jiddiy eʼtibor qaratishi lozim. Bunday vaqtda onalar quyidagi mahsulotlarni isteʼmol qilishlari kerak: Tugʻruqdan keyin bir oy davomida emizikli ayollar isteʼmol qilishlari men etiladigan mahsulotlar: Muhim! Oʻta yogʻli va shirin mahsulotlar isteʼmol qilish natijasida ona suti bilan oziqlanadigan bolakay oshqozon ichak tizimida gaz toʻplanishi va qorin dam boʻlishi kuzatiladi. Chunki bolakayda ferment tizimi hali toʻliq shakllanmagan ayniqsa, amilaza fermenti funksiyasi toʻliq tiklanmagan boʻladi. Natijada uglevodlar parchalanishi qiyinlashadi va bolakaylarda ichak xuruji (kolika) kelib chiqadi. Goʻsht mahsulotlari isteʼmol qilishda uning yogʻlilik darajasiga eʼtibor qarating. Kam yogʻli mol va tovuq goʻshtini isteʼmol qilish maqsadga muvofiq. Goʻshtni qaynatilgan va bugʻda pishirilgan holatda tanovul qilish tavsiya etiladi. Dudlangan goʻsht mahsulotlari isteʼmolini cheklang. Chunki ular tarkibida turli xil kimyoviy qoʻshimchalar mavjud. Tuxum – tovuq va bedana tuxumi oqsilga boy mahsulot hisoblanadi. Ammo, tuxum isteʼmol qilganda bolada allergik reaksiyalar yuzaga chiqishi mumkin. Emizikli ayollar mevalar isteʼmol qilishlar muhim hisoblanadi. Mevalar tarkibida kletchatka koʻp saqlanadi. Kletchatka esa hazm qilish jarayonini ragʻbatlaydi, ich kelishini normallashtiradi. Mevalardan faqatgina mahalliy ravishda yetishtirilgan navlarini isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Sitrus mevalarini isteʼmol qilish bolada allergik jarayonlar rivojlanishiga sabab boʻladi. Kunlik isteʼmol qilinishi lozim boʻlgan meva miqdori – 300-400 gr.ni tashkil etadi. Laktatsiya davrida olma isteʼmol qilish oshqozon ichak tizimida gaz toʻplanishi va qorin dam boʻlishiga sabab boʻladi. Ammo, homiladorlik vaqtida olma isteʼmol qilish natijasida hech qanday muammolar kuzatilmagan boʻlsa, tugʻruqdan keyin ham olma isteʼmol qilish mumkin. Agar qandaydir muammo kelib chiqsa olmani poʻstidan ajratgan holda isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Banan isteʼmol qilish tugʻruqxonalarda tavsiya etilmaydi. Ammo, onalar uyga kelgach banan isteʼmol qilsalar boʻladi, eng foydalisi – banandan uy sharoitida tayyorlangan yogurtdir. Tarvuz va qovunlarga kelsak emizikli davrda ularni isteʼmol qilishni cheklash kerak. Chunki hozirgi kunda poliz ekinlarini yetishtirishda kimyoviy moddalardan foydalanilishi hech kimga sir emas. Rezavor mevalar (qulupnay, gilos) kabi mevalarni esa yaxshilab yuvib isteʼmol qilish lozim. Yongʻoqlar juda yogʻli boʻlganligi sababli koʻp isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi. Koʻpchilik dengiz mahsulotlari oʻzida simob moddasini koʻp saqlaydi. Simob esa bolakay uchun zararli modda hisoblanadi. Shu sababli laktatsiya davrida baliqlarning koʻpgina turlarini isteʼmol qilmagan maʼqul. Isteʼmol qilish mumkin boʻlgan baliq turlari quyidagilar: Baliq mahsulotlarining miqdori bir haftada 300 gr.dan oshmasligi zarur. Emizikli ayol har kuni 400 gr. yangi uzilgan sabzavot mahsulotlarini qaynatilgan va dimlanib pishgan holda isteʼmol qilishlari lozim. Kabachki, bodring, qovoq, karam (bolada qorin dam bo’lishiga sabab boʻlishi mumkin), pomidor kabi mahsulotlar isteʼmol qilish mumkin. Barcha sabzavot mahsulotlarini isteʼmol qilganda bolakay ahvoliga eʼtibor qaratish lozim, agar allergik reaksiyalar kuzatiladigan boʻlsa, ularni cheklash lozim. Ammo, sabzavotlar tarkibidagi C vitamin, foli kislotasi va boshqa muhim mikroelementlar bolakayga ona suti orqali oʻtishini ham unutmaslik zarur. Kakao. Kakao mahsuloti bolada allergik reaksiylar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli laktatsiya davrida bunday mahsulotlar isteʼmol qilmagan maʼqul. Sharbatlar. Turli xil sunʼiy ravishda ishlab chiqarilgan meva sharbatlarida koʻplab kimyoviy qoʻshimchalar, boʻyovchi moddalar hamda shakar saqlanadi. Bular esa ona uchun ham bolakay uchun ham zararlidir. Yangi tayyorlangan tabiiy sharbatlar ayniqsa sabzi, anor va olma sharbati juda foydali boʻlib, oʻzida koʻplab vitaminlar saqlaydi. Kompot. Yangi quruq mevalardan tayyorlangan kompot ichish emizikli ayollarga ham foydali ham muhim hisoblanadi. Kompot tarkibiga qoʻshiladigan shakar miqdoriga eʼtibor qarating, iloji boricha shakarsiz tayyorlangan kompot iching. Choy. Achchiq choy ichish natijasida bolakay uyqusida muammolar kelib chiqishi mumkin, hamda choy vitamin va minerallar soʻrilishiga ham taʼsir etadi. Sutni faqatgina qaynatib ichish tavsiya etiladi. Yogʻlilik darajasi esa 2,5 % dan oshmasligi zarur. Sutni choyga qoʻshib shirchoy koʻrinishida ichish ham mumkin. Bunda mol suti tarkibidagi oqsillar bolakayda allergik reksiyalar keltirib chiqarmasligiga eʼtibor qaratish lozim. Sut mahsulotlaridan esa ryajenka, kefir, yogurt isteʼmol qilish mumkin. Ularni xarid qilayotganda ishlab chiqarilgan sanasi, sifati va tarkibidagi yogʻ foiziga eʼtibor qaratish kerak. Emizikli ayollarda allergiya chaqiruvchi mahsulotlar: Bunday mahsulotlarni homiladorlik va emizikli davrda koʻp isteʼmol qilish keyinchalik bolakayda allergik jarayonlar shakllanishiga sabab boʻladi. Koʻkrak bezlarida ajraladigan sut hajmi nasliy omilga bogʻliq. Ammo, sut ajralishiga nasliy omildan tashqari isteʼmol qilinayotgan suyuqlik hajmi ham oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Emizikli ayol sutkalik isteʼmol qilish kerak boʻlgan suyuqlik hajmi odatiy holatdagidan koʻra 1 litrga koʻproq boʻlishi lozim. Suyuqlik turli xil koʻrinishida – oddiy suv, choy, sharbat va kompot koʻrinishida qabul qilinadi. Sutkalik suyuqlik hajmi 1,5-2 litrdan kam boʻlmasligi kerak. Tugʻruqdan soʻng suyuqlik hajmini asta-sekinlik bilan koʻpaytirib borish lozim. Tugʻruqdan soʻng ilk kunlarda sut bezlarida moloziva ajraladi. Agar ona suyuqlik ichishni koʻpaytirsa, bu sut hajmi oshishiga ham olib keladi. Moloziva ajralishi va sut koʻp ajralishi natijasida koʻkrak bezlarida sut ortiqcha miqdorda toʻplanadi va laktostaz jarayoni kelib chiqishi mumkin. Laktatsiya jarayonini ragʻbatlash uchun maxsus mahsulotlar mavjud. Ular tarkibidagi mikroelementlar va vitaminlar (temir, foli kislotasi, yod, vitaminlar, kalsiy) organizm tomonidan oson qabul qilinadi. Bundan tashqari sut ajralishini tabiiy oʻsimliklardan tayyorlangan shifobaxsh choylar ham ragʻbatlaydi. Emizikli ayol uchun ich kelishi juda katta ahamiyatga ega. Onaning ichi har kuni yumshoq konsistensiyaga ega holda kelishi lozim. Ich qotishini oldini olish uchun ovqat ratsioni tarkibida sut mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, kasha boʻlishi hamda sutkalik suyuqlik hajmi ham normal boʻlishi kerak; Ona suti tarkibida quyidagilar mavjud:Emizikli ayol ovqatlanish tartibi
DO`STLARGA ULASHING:
Laktatsiya davrida ovqatlanish tartibining asosiy tamoyillari
Emizikli ayollar qanday mahsulotlarni isteʼmol qilishi mumkin?
Emizikli ayol ovqatlanish ratsionida goʻsht va tuxum
Mevalar va rezavorlar – emizikli ayol ratsionida
Emizikli davrda baliq isteʼmol qilish
Emizikli davrda isteʼmol qilish mumkin boʻlgan sabzavotlar
Ichimliklar – emizikli davrda
Emizikli onalar sut mahsulotlari isteʼmol qilishlari mumkinmi?
Laktatsiyani ragʻbatlovchi mahsulotlar
Emizikli ayol ovqatlanish tartibi